Itlar uchun love-dog classic quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani tasdiqlash toʻgʻrisida (35-son)
19.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “Itlar uchun Love-Dog Classic quruq ozuqasini koʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 24-dekabrda tasdiqlangan “Itlar uchun Love-Dog Classic quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
35-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 35-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
Itlar uchun Love-Dog Classic quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha
QOʻLLANMA
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Love-Dog Classic — istalgan zotli faol itlar uchun meʼyorlashtirilgan quruq ozuqa. Komponentlari: vitaminlar, mikroelementlar va minerallar bilan boyitilgan uy parrandalarining yanchilgan ozuqa submahsulotlari, yirik tortilgan donli un (bugʻdoy, makkajoʻxori, guruch gʻallasi), don yelimshagi, soyali protein, pivo achitqisi, uy parrandalari yogʻlari (VNT antioksidantlari bilan), isteʼmol tuzi, tabiiy xushboʻy qoʻshimchalar.
Shuningdek Love-Dog Classic tarkibida ozuqa toʻgʻri hazm qilinishi va sogʻliqni mustahkamlash uchun probiotik tolalar mavjud.
Tarkibida konservantlar yoʻq.
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra shakli va teksturasi itlarning tishlari va milklarini sogʻlomlashtirish uchun moslangan jigarrangli quruq granulalar.
3. Love-Dog Classic netto ogʻirligi 125 g., 400 g., 3 kg va 12 kg boʻlgan folga qogʻozli paketlarga va laminatsiyalangan karton qutilarga qadoqlanadi.
4. Ozuqa yopiq oʻramlarda quruq, salqin joyda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 12 oy.
Odamlar isteʼmol qilishi uchun belgilanmagan.
II. Biologik xususiyatlari
5. Love-Dog Classic — isteʼmolga tayyor boʻlgan ozuqa boʻlib, oson chaynaladi va hazm boʻladi, nozik va yoqimli mazaga ega. Tarkibida itlarning meʼyorda va sogʻlom rivojlanishi uchun itlar organizmining talablariga mos keluvchi, miqdoriy va foiz hisobida meʼyorlashtirilgan, zarur boʻlgan barcha toʻyimli moddalar mavjud.
6. Kafolatlangan analitik tarkibi: oqsil 20 %, yogʻ 15,5 %, namligi 10 % dan ortiq emas, tolalar 2 %, kul 6 %, kalsiy 1,1 %, fosfor 0,8 %, tuz 1,1 %, vitamin A 10000 HB/kg, vitamin D3 1200 HB/kg, vitamin E 70 HB/kg. Koʻrsatilgan tarkibdan yoʻl qoʻyilgan farqlar 3% dan ortmasligi kerak.
Metabolik energiya 3600 kkal/kg.
III. Qoʻllash tartibi
7. Ozuqa itlarning taʼbiga koʻra quruq yoki suv qoʻshilgan holda, kuniga bir yoki ikki marta beriladi. Itlarni hech qachon intensiv jismoniy faolligi oldidan boqilmaydi.
Itlarni Love-Dog Classic bilan ozroq miqdorlarda, 7—10 kun davomida asta-sekin ratsionda uning miqdorini koʻpaytirgan holda boqish tavsiya etiladi. Keyinchalik Love-Dog Classic dan ozuqaning yagona turi sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.
8. Boʻgʻoz va emizikli itlar uchun qoʻshimcha ozuqa talab etiladi. Ularning xoʻraklarini quruq ozuqa bilan doimiy ravishda toʻldirib borish va ularning toʻygunicha ovqatlanishiga imkoniyat yaratish tavsiya etiladi.
9. Itlarni quruq Love-Dog Classic bilan boqilganda, hayvonlarning toza chuchuk suv bilan doimo bemalol taʼminlanishlarini kuzatib borish zarur.
IV. Noroziliklarni bayon etish tartibi
10. Ozuqa ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: [email protected]. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga ozuqaning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va ozuqaning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.
