Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (01-son)
05.01.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal - maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 19-yanvardagi 20-15-15/12-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi № 323 sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur Umumiy qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Inspeksiya boshligʻi I. HOLMATOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-yanvar,
01-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi bilan “TASDIQLANGAN”
PORTLASh-YoNISh XAVFI BOR KIMYo, NEFT-KIMYo VA NEFT-GAZNI QAYTA IShLASh KORXONALARI UChUN PORTLASh XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARI
Ushbu Umumiy Qoidalar, Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Qoidalar “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostida va sanoat xavfsizligi sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan, ularning tashkiliy-huquqiy va mulkiy shaklidan qatʼiy nazar, korxonalar, tashkilotlar va jamiyatlarda qoʻllanishi uchun moʻljallangan.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu “Portlash-yonish xavfi bor, kimyo', neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash korxonalari uchun portlash xavfsizligining umumiy qoidalari” PXUQ (keyinchalik — Qoidalar) sanoat xavfsizligini taʼminlashga, avariyalarni, kimyo, neftkimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoatining xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holatlarini oldini olish (ogohlantirish)ga qaratilgan, shuningdek bugʻ-, gaz- va chang-havo portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil boʻladigan moddalar foydalanishidagi boshqa xavfli ishlab chiqarish obyektlariga nisbatan talablarni oʻrnatadi.
2. Qoidalar quyidagi holatlarda qoʻllash uchun moʻljallangan:
a) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirishda, qurilishida, foydalanishida, quvvatini oshirishda, qayta taʼmirlashda, texnikaviy qayta taʼmirlashda, konservatsiya qilishda va tugatishda;
zaharlovchi va oksidlovchi moddalarni, shuningdek bugʻ-, gaz- va chang-havo portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil qilish xossasiga ega moddalarni saqlash va ular bilan muomala qilish bilan bogʻliq neft va gazni qayta ishlash, kimyo va neftkimyo sanoatida va boshqa korxonalarda;
neft mahsulotlari bilan taʼminlashda;
portlash xavfi bor moddalarni, shu jumladan vodorod, ammiak, suyultirilgan uglevodorod gazi va tez alangalanuvchi suyuqliklarni kiritgan holda, ularni qabul qilishda, saqlashda (toʻkish-quyish) va foydalanishda;
b) “a” bandida koʻrsatilgan obyektlarda foydalanilayotgan texnik qurilmalarni tayyorlashda, montaj qilishda, sozlashda, xizmat koʻrsatishda va taʼmirlashda;
v) “a” bandida koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida bino va inshootlarni loyihalashtirishda, foydalanishda, konservatsiya qilishda va tugatishda;
g) “a” bandida koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasini olib borishda.
3. Avariyalarni va ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni oldini olish boʻyicha ishlarni tashkil qilish maqsadida, oʻz tarkibida portlash-yonish xavfi bor obyektlarga ega tashkilotlar sanoat xavfsizligini boshqarish boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqadilar va ularning samarali ishlatilishga va talablariga rioya qilinishini taʼminlaydilar,
4. Loyihalash faoliyatini, hamda montaj qilish, asbob-uskunalarni va inshootlarni taʼmirlash, xodimlarni oʻqitish boʻyicha faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ishlarni xavfsiz olib borilishini taʼminlash boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqadilar va samarali ishlatilishini taʼminlaydilar.
II bob. Umumiy talablar.
5. Asoslangan texnologik maqsadga muvofiqlikda texnologik jarayonini ishlab chiqish, texnologik chizmalarni alohida texnologik bloklarga boʻlish, ularning apparaturali jihozlash, oʻchiruvchi uskunalarning turini va ularni oʻrnatish joylarini, nazorat, boshqarish va avariyaga qarshi himoya vositalarini tanlash, texnologik tizimga kiruvchi texnologik bloklarning portlash xavfliligi minimal darajasini taʼminlashi kerak.
6. Loyiha tashkiloti tomonidan har bir texnologik blokning energetik darajasini baholash amalga oshiriladi va uning portlash xavfligining toifasi hisoblash bilan aniqlanadi (Ushbu qoida 1-ilovasi), tadbirlarning va texnik himoya vositalarining samaradorligiga va mustahkamligiga, ushbu blokning va umuman toʻliq barcha texnologik tizimning portlash xavfsizligini taʼminlashda ularning layoqatliligini asoslab beradi.
7. Hisoblash bilan aniqlanadigan portlash xavfi bor bloklarning toifasini, agarda texnologik blokda ishlatilayotgan moddalar (xom-ashyo, yarim mahsulot, tayyor mahsulot)ni davlat standarti GOST 12.1.007 “Zaharli moddalar. Xavfsizlik tasniflanishi va umumiy talablar” boʻyicha 1 yoki 2-sinf xavfliligiga tegishli boʻlsa yoki oʻtkir yoʻnaltirilgan harakat mexanizmiga ega boʻlsa, bir pogʻona yuqori deb qabul qilish kerak.
8. Texnologik apparaturada zararli moddalar yoki ularning hosil boʻlish imkoniyati mavjud boʻlsa, portlashda, yongʻin va boshqa halokat sodir boʻlgan holatlarida xodimlarni bu moddalar taʼsiridan zarur himoya qilish choralari tashkilot tomonidan ishlab chiqiladi.
9. Portlash-yonish xavfi bor texnologik jarayonlarni olib borilishi mahsulotlar ishlab chiqarilishida texnologik reglamentlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va kelishish hamda ularga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Texnologik chizmaga, apparaturali jihozlashga, nazorat, aloqa, xabar berish va halokat sodir boʻlishiga qarshi avtomatik himoya AQAH (Avariyaga Qarshi Avtomatik Himoya) tizimlariga oʻzgartirish kiritish, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari boʻyicha sanoat xavfsizligida ekspertizaning ijobiy xulosasi bor boʻlsa, loyiha ishlab beruvchilar yoki shunday obyektlarni loyihalashtirishga ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan holda, loyiha va texnik hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, amalga oshirilishi mumkin. Kiritilgan oʻzgartirishlar toʻliq barcha texnologik tizimning ishchanligiga va xavfsizligiga salbiy taʼsir qilmasligi kerak.
10. Suyuq yoki qattiq holdagi suyultirilgan PM (portlovchi moddalarni) olish, qayta ishlash va ishlatilishi bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar va alohida texnologik jarayonlar uchun meʼyoriy hujjatlarga muvofiq portlashda himoyalash va portlashni ogohlantiruvchi choralar ishlab chiqiladi.
11. Texnologik bloklarning I toifali portlash xavfliligini oʻz tarkibiga ega boʻlgan korxonalarda, yangi texnologik jarayonlar yoki ularning alohida bosqichlarini ishlab chiqish boʻyicha tajriba ishlarini, yangi ishlab chiqilayotgan asbob-uskunalarning asosiy namunalarini sinashni (tajriba qilish), avtomatizatsiya vositalari va tizimini sinab koʻrishni belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
12. Texnologik va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir portlash-yonish xavfi bor obyektlar uchun korxona tomonidan halokat sodir boʻlish holatlariga yoʻl qoʻymaslik rejalari ishlab chiqiladi, unda halokat sodir boʻlish holatlarini bartaraf qilish va halokat haqida ogohlantirish boʻyicha xodimlarning harakatlari nazarda tutiladi, agar ular kelib chiqqanida ogʻir oqibatlarini yoʻq qilish va maksimal kamaytirish, hamda bu sharoitda ishlatiladigan texnik tizim va vositalar nazarda tutiladi.
Halokat sodir boʻlish holatlarini yoʻq qilish rejalari “OʼZKIMYOSANOAT” DAK va “OʼZBEKNEFTGAZ” MXK(RPA) korxonalarining portlash-yonish xavfi bor obyektlarida halokat sodir boʻlish holatlarini yoʻq qilish rejasini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalari”ga muvofiq tayyorlanadi.
13. Portlash-yonish xavfi bor korxonalarda noxush voqealarni taftish qilish, meʼyoriy texnologik tartibdan xavfli chekinish sabablarini tahlil qilish va bu meʼyorlarga rioya etishni nazorat qilinishi Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasining qoʻllanadigan hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
14. “Sanoatkontexnazorat”ning nazorati ostidagi obyektlarda ishlab chiqarishdagi jarohatlanish, halokat hodisalari sodir boʻlsa, belgilangan tartibda tekshirish (surishtiruv) va hisobga olish ishlari amalga oshiriladi.
15. Sanoat xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy-texnikaviy hujjatlardagi talablar boʻyicha xodimlarni oʻqitish, yoʻriqnoma (koʻrsatma) berish va attestatsiyadan oʻtkazish va mustaqil ishga qoʻyish tartibi “OʼZKIMYOSANOAT” DAK korxonalarida ishlovchilarning texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma berish, oʻqitish va bilimlarini sinash tartibi haqidagi Nizom RX-003-06(RD-003-06) bilan aniqlanadi.
16. Ishlarni bajarishda xavfsizlik amaliy koʻnikmalarini olish, portlash xavfi I va II toifali bloklari bor texnologik obyektlarda avariyalar haqida ogohlantirish va ularning oqibatini yoʻq qilish uchun bu obyektlarda texnologik jarayonni olib borish va asbob-uskunalardan foydalanish bilan bevosita band boʻlgan barcha ishchilar va muhandis-texnik xodimlar zamonaviy oʻqitish texnika vositalaridan foydalangan xolda tayyorgarlik kursini oʻtadilar va koʻnikmalarini oʻzlashtiradilar (trenajyorlar, oʻquv mashgʻulot poligonlari va boshqalar). Ushbu maqsadda belgilangan tashkilotlar haqiqiy dinamik modeli maksimal yaqinlashtirilgan jarayonini va haqiqiy boshqaruv vositalarini oʻz ichiga olgan kompyuter trenajyorlariga ega boʻlishi kerak (funksional klaviaturalar, jadval ekran shakllari va boshqalar). Kompyuter trenajyorlarda oʻqitish va amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirishda texnologik jarayon va boshqaruv tizimi namunaviy va shtatsiz kutilmagan va avariya vaziyatlarida ishga tushirish, rejali va avariyali toʻxtatishni oʻzlashtirilishini taʼminlashi kerak.
Xodimlarni mustaqil ishga tushishiga ruxsat berish, olib borilgan oʻqitish va treninglar natijalarini hujjatlarda rasmiylashtirilishiga muvofiq amalga oshiriladi.
Boshlangʻich trening xizmat koʻrsatilayotgan qurilmalarni (obyektlarni) ishga tushirish, meʼyorida ishlash, kutilmagan va avariya vaziyatlarida rejali va avariyali toʻxtashlaridagi harakatlari boʻyicha bilimlarini va koʻnikmalarini oʻzlashtirilishini oʻz ichiga olishi kerak. Boshlangʻich treningdan ushbu qurilma obyektga yangidan qabul qilinayotgan barcha xodimlar ishga tushishga ruxsat berilishidan oldin ushbu qurilmada kamida ikki yil mustaqil ishlash staji bor barcha ishchilar oʻtishi kerak.
Takroriy trening boshlangʻich trening kabi xuddi oʻsha dastur boʻyicha koʻnikmalarni oʻzlashtirilishini oʻz ichiga olishi kerak va undan bir oydan koʻproq ishda boʻlmagan barcha xodimlar oʻtishi kerak.
Davriy trening xizmat koʻrsatilayotgan qurilma obyektini ishga tushirish, kutilmagan va halokat sodir boʻlish vaziyatlarida, rejali va halokatli toʻxtatishdagi harakatlari koʻnikmalarini oʻzlashtirilishini oʻz ichiga olishi kerak. Davriy treningdan yarim yilda bir marotaba barcha xodimlar oʻtadilar.
Korxona obyektlarni ishga tushirish, meʼyorda ishlash, rejali va avariyali toʻxtatishda koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun dasturlar texnologik reglamentlar va boshqa texnologik meʼyorlar asosida ishlab chiqiladi.
Kutilmagan va avariyali vaziyatlarda koʻnikmalarni oʻzlashtirish uchun dasturlar ssenariylar asosida ishlab chiqiladi. Yangi yaratilayotgan va qayta taʼmirlanayotgan obyektlar uchun ssenariylar, loyiha ishlab (chizib) beruvchi loyiha tashkiloti ishlab berishi kerak, ishlayotgan korxonalar uchun loyihani ishlab beruvchi — loyiha tashkiloti bilan yoki ushbu texnologik jarayonni loyihalashtirishga ixtisoslashgan loyiha tashkiloti bilan kelishilganligi boʻyicha xavfli korxona obyektlardan foydalanayotgan tashkilot tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin.
17. Texnologik va yordamchi asbob-uskunalardan, quvurlardan va armaturalardan, nazorat tizimidan, halokatga qarshi himoyasidan, aloqa va xabar berish, energiya taʼminoti, vositalaridan hamda bino va inshootlardan: foydalanish va taʼmirlashni ishonchli va xavfsiz darajada olib borish boʻyicha ishlarni tashkil; texnik xizmatlar orasida texnika xavfsizligi talablarini taʼminlash uchun (texnologiya, mexanika, energetika, nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatika va boshqalar) vazifalarni javobgarlik chegaralarini taqsimlash, hamda foydalanish, taʼmirlash va boshqa texnika hujjatlarining roʻyxati va hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining qoidalari, meʼyorlari, qarorlari va boshqa rahbarlik hujjatlariga, davlat standartlariga va boshqa meʼyorlarga asoslangan holda sanoat xavfsizligini taʼminlovchi talablarni belgilaydigan tashkilotning buyruqlari yoki boshqa farmoyish hujjatlari bilan belgilanadi.
III bob. Texnologik jarayonlarda portlash xavfsizligini taʼminlashga talablar.
18. Har bir texnologik tizimlar uchun texnologik bloklarda portlash xavfsizligining maksimal kamaytirish boʻyicha choralar nazarda tutilishi kerak, unga quyidagilar kiradi:
texnologik asbob-uskunalar ichida portlash va yongʻinlarning oldini olish;
texnologik asbob-uskunalarni buzilishlardan himoya qilish va avariya holatlaridagi germetiklikni buzilishida undan atmosferaga yonuvchi moddalarni maksimal darajada otilib chiqishini cheklash;
korxona (ishlab chiqarish) binolari, inshootlar va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yongʻinlar sodir boʻlish imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaslik;
ishlab chiqarish binolari, va tashqi qurilmalar hajmida portlash va yongʻinlarning ogʻir oqibatlarni kamaytirish.
19. Texnologik jarayonlar shunday tashkil etilishi kerakki, undagi parametrlarning reglamentlangan qiymatlarida tizimda portlash imkoniyatlariga yoʻl qoʻymaslik kerak. Portlash xavfliligini aniqlovchi jarayon parametrlarning reglamentlangan qiymatlari, ularning oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladigan diapazon, jarayonni oʻtkazishni tashkil etish (apparaturali jihozlash va texnologik apparatlar konstruksiyalari, ishlatilayotgan moddalarning fazoviy holati, gidrodinamik rejimlar va boshqalar) jarayonni (tayyorlovchi) ishlab chiquvchi tomonidan parametrlarning kritik qiymatlari yoki jarayonda ishtirok etayotgan moddalar majmui haqidagi maʼlumotlar asosida jarayonni ishlab chiquvchi tomonidan oʻrnatiladi.
20. Xar bir texnologik jarayon uchun parametrlarning kritik qiymatlarining majmui aniqlanadi. Parametrlarning oʻzgarishga ruxsat etilgan diapazoni texnologik jarayonning tavsifini hisobga olgan holda belgilanadi.
21. Boshqaruv tizimining texnologik tavsifi va Avariyaga Qarshi Avtomatik Himoya talab etilgan diapazonda (asboblarning aniqlik toifasi, oʻlchash tizimi inertliligi, oʻlchash diapazoni va boshqalar) jarayon parametrlari qiymatining oʻzgarishligiga mos kelishi kerak.
22. Parametrlarning belgilangan chegaradan tashqariga chiqish usul va vositalari, ishlab chiqarish (korxona)dagi loyiha hujjatlari va texnologik reglamentlarda keltiriladi;
a) Alohida texnologik jarayon yoki uning bosqichlarini portlash-yonish xavfsizligi sharoitida olib borish quyidagicha taʼminlanadi:
portlash-yonish xavfi bor aralashmalar eki mahsulotlar hosil boʻlishini maksimal kamaytirish yoki yoʻl qoʻymaslik sharoitlaridan kelib chiqqan holda oʻzaro taʼsirdagi komponentlarni ratsional tanlash;
komponentlarni dozalashni ratsional rejimini tanlash, reglamentlangan qiymatlardan ularning oʻzaro nisbatining ogʻishi imkoniyatlaridan saqlash (oldini olish) va tizimda portlash xavfi bor konsentratsiyalar hosil boʻlishini oldini olish;
fizikaviy-kimyoviy jarayondan kelib chiqqan holda, ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilangan, zarur boʻlgan vaqtda texnologik muhitga qoʻshimcha moddalarni inert suyultirgich — flegmatizatorlar, inert suyultirish hosil boʻlishiga olib keluvchi moddalar yoki portlash-yonish xavfi bor aralashmalarni hosil qilinishiga toʻsqinlik qiluvchi moddalar olib kirish bilan;
jarayonining gidrodinamik tavsifini (muhitning hamda komponentlarning aralashtirish, harakatlanish usullari va rejimi, oqimning bosimi va tezligi) va issiqlik almashish tavsifini (issiqlik bosimi, issiqlik uzatish koeffitsiyenti, issiqlik almashish yuzasi va shu kabilar), apparatlarning geometrik parametrlarini va boshqalarni ratsional tanlash bilan;
portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlishini kamaytiruvchi yoki yoʻl qoʻymaydigan fazo holatidagi komponentlarni ishlatish bilan;
portlash-yonish xavfini kamaytiruvchi texnologik muhit holatining parametrlari qiymatini (tarkib, bosim, harorat);
ishonchli energiya taʼminotini tanlash bilan.
b) Texnologik tizimning portlash-yonish xavfsizligi quyidagi optimal sharoitlar bilan taʼminlanadi:
loyihalash bosqichida aniqlanadigan minimal imkoniyatlarga ega nisbiy energetik potensiali (Qv) bilan unga kiruvchi texnologik bloklar texnologik tizimni ratsional tanlash bilan;
portlash xavfsizligi darajasini kamaytirishga imkon berilishi bilan alohida texnologik operatsiyalarni jarayonlar yoki bosqichlar qatoriga taqsimlash (boʻlish) (bir nechta bosqichga komponentlarni aralashtirish, jarayonlarni reaksion va massa almashishga boʻlish va boshqalar) yoki bir nechta jarayonlarni bitta texnologik operatsiyaga jamlash (birlashtirish) (reaksion reaksion bilan, reaksion massa almashish bilan va boshqalar) bilan;
keyingi operatsiyalarda portlash-yonish xavfi bor muhit kelib chiqishini oldini olish maqsadida texnologik tizimga qoʻshimcha jarayon yoki bosqich kiritish (portlash-yonish xavfi bor aralashma hosil boʻlish imkonini beruvchi aralashmalardan tozalash yoki keyingi bosqichlarda xavfsizlik (muhitini) darajasini oshirish va boshqalar) bilan.
23. Tarkibiga, davriy harakatdagi, alohida apparatga kiruvchi, uzluksiz harakatdagi texnologik tizim uchun uzluksiz texnologik liniyalardan davriy harakatdagi apparatlarni oʻchirish (yoqish)da reglamentli operatsiyalar olib borishda portlash xavfsizligini taʼminlovchi choralar hamda oʻchirishdan soʻng ularda olib boriladigan operatsiyalar nazarda tutiladi.
24. Texnologik jarayon olib borilishida reglamentlangan rejimdan ogʻishda portlash-yonish xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishi texnologik qurilmalar (asbob-uskunalar, quvurlar, apparatlar, texnologik ehtimoli bor liniyalar va boshqalar) inert gazlar, flegmalashtiruvchi qoʻshimchalarni uzatish tizimlari bilan yoki portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishini yoki yongʻin chiqish manbai bor boʻlganda, ularda portlash imkoniyatlarini oldini oluvchi boshqa texnika vositalar bilan taʼminlanadilar. Inert gazlari va flegmalashtiruvchi qoʻshimchalarni uzatish tizimini boshqarishda texnologik jarayonni olib borishdagi oʻziga xos xususiyatlariga qarab masofadan boshqarish amalga oshiriladi (qoʻlda yoki avtomatik ravishda). Oʻz tarkibida I va II toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega ishlab chiqarishlar uchun inert muhitlar uzatishni avtomatik boshqarish III toifa texnologik blokli ishlab chiqarishlar uchun avtomatik emas, masofadan boshqarish nazarda tutiladi, QB < 10 da joyi boʻyicha qoʻlda boshqarishga ruxsat beriladi.
25. Asbob-uskunalarni (apparatlar, quvur qismlari va boshqalar) ishga tushirish yoki toʻxtatishda texnologik tizimlarini portlash xavfsizligini taʼminlash uchun portlash xavfi bor aralashmalar tizimda hosil boʻlishini oldini olishga maxsus choralar (shu jumladan inert gazlar bilan puflash) nazarda tutiladi.
Loyiha hujjatlarida texnologik oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va harakatsiz zonalar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni inert gazlari bilan puflash usullari, asbob-uskunalarni ishga tushirish va toʻxtatish rejim va tartibi reglamentlanadi.
Puflash samarasini nazorat qilish, chiqib ketayotgan gazlarda kislorod va (yoki) yonuvchi moddalar miqdori boʻyicha avtomatik rejimda yoki namunalarni davriy olish usuli bilan, puflash jarayonini oʻtkazishning aniq shartlarini hisobga olgan holda, amalga oshiriladi.
26. Har bir texnologik obyekt uchun inert gazlarning va ularni transportda tashish usuli texnologik tizimning ishlash xususiyatlari, bir paytda yuklashni hisobga olgan holda tanlanadi va loyiha bilan aniqlanadi. Inert muhitlarining parametrlari texnologik jarayonni xavfsizligini taʼminlash sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
27. Texnologik tizimlar koʻrsatkichlarni va halokat sodir boʻlish oldi (zarur boʻlganda — ogohlantiruvchi) signalizatsiyalarni roʻyxatga olish orqali jarayonni portlash xavfsizligini aniqlovchi parametrlarini nazorat qilish vositalari bilan, hamda avtomatik boshqarish va avariya sodir boʻlishiga qarshi himoya vositalari bilan taʼminlanadilar.
Avtomatizatsiya tizimlariga va vositalariga talablar ushbu qoidaning VI-bobi bilan belgilanadi.
Agarda u yoki bu parametrlar boʻyicha avtomatik nazorat va berilgan diapazonda boshqarish mumkin boʻlmasa, unda jarayonni portlash xavfsizligini taʼminlovchi usullar va vositalar, jarayonni olib borish sharoitlarini hisobga holda, har bir aniq holat uchun belgilanadi.
28. Portlash xavfi bor texnologik jarayonlar uchun, ishlashning barcha rejimlarida reglamentlar nazarda tutilgan jarayonning ruxsat etilgan parametrlarining oxirgi darajadagi parametr qiymatidan ogʻishida avariya holatlarini ogohlantiruvchi va xavfsiz toʻxtatish yoki berilgan dastur boʻyicha jarayonni xavfsiz holatga oʻtkazishni taʼminlovchi avariyaga qarshi avtomatik himoyaning tizimlari nazarda tutiladi.
29. Avariya sodir boʻlishiga qarshi avtomatik himoya tizimlari, qoidaga koʻra, texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga kiritiladi. Signallarning ishlab ketishi uchun shakllantirish ishlatilayotgan moddalar xossalari va jarayon xususiyatlari bilan aniqlanadigan parametrlarning yoʻl qoʻyiladigan reglamentlangan qiymatlariga asoslanishi kerak.
30. Oʻz tarkibida portlash xavfi bor (xavfliligi boʻyicha) I va II toifali texnologik bloklarga ega, obyektlarning avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlar uchun, mikroprotsessor va hisoblash texnikasini ishlatish koʻzda tutiladi, portlash xavfi bor III toifali blokli obyektlar uchun esa avtomatizatsiya vositalaridan foydalanish yetarli.
31. Oʻz tarkibida portlash xavfi bor I toifali texnologik bloklarga ega davriy jarayonli texnologik obyektlar reglamentlangan ish rejimiga chiqish va toʻxtatish, nazoratni va falokatga qarshi himoyani ishga tushirish va toʻxtatish tizimlari bilan taʼminlanadi.
32. Texnologik tizimning energetik barqarorligi, unga kiruvchi bloklar portlash xavfi bor toifasini hisobga olgan holda, texnologik jarayonlarning xususiyatlari, energiya taʼminotining tanlash ratsional sxemasi, elektr taʼminoti (asosiy va zaxira) manbaining sopi, ularning ishonchliligi bilan taʼminlanadi, quyidagilarning kelib chiqishiga imkon berilmasligi kerak:
tizimning germetikligini buzilishiga (harakatlanuvchi birikmalar zichligining germetizatsiyasizlanishi, bosim oshirilishidan asbob-uskunalarning buzilishi va boshqalar);
tizimda portlash xavfi bor muhitni paydo boʻlishi (reaksion zonada mahsulotlarning boʻlish vaqtini uzayishi hisobiga, ularga mahsulotlarning kelib tushish mutanosibligi buzilishi boshqarilmaydigan jarayonlar rivojlanishi va boshqalar).
Texnologik jarayonning energetik barqarorligini belgilovchi parametrlar, bu barqarorlikni taʼminlovchi vositalar va usullar, jarayonni ishlab chiqishda aniqlanadi va reglamentga kiritiladi.
33. Texnologik jarayonlar parametrlarning kritik qiymatlarida amalga oshirilmasligi kerak, shu jumladan portlash mintaqalarida ham. Kritik qiymatlar doirasida (portlash qiymatlari doirasida) jarayonni oʻtkazishga asoslangan zaruriyat boʻlganda, jarayonda ishtirok etayotgan mahsulotlar uchun oʻt oldirishning minimal energiyasidan yoki haroratidan yuqori energiyali va haroratli, asbob-uskuna ichida portlash keltirib chiqaradigan manbaalarning borligicha yoki paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar va vositalar koʻzda tutilishi kerak.
Bu oʻt olish manbalari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan yoki ularni energiyasi kamayishini taʼminlaydigan, har bir aniq holatlarda usul va vositalarni tanlash, portlash xavfi bor toifalarini texnologik xususiyatini va ushbu Qoida talablarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
34. Xavfli oʻt olish manbaalarini yoʻqotilishini imkoni yoʻq, portlash xavfi bor muhitli texnologik tizimlar, portlashdan ogohlantirish va asbob-uskunalar va quvurlarni buzilishlardan himoya qilish vositalari bilan taʼminlanishi kerak (membranalik saqlash moslamalari, portlash klapanlari, inert gaz bilan flegmatizatsiyalash tizimlari, alangani cheklovchi vositalar va boshqalar).
35. Havo bilan portlash xavfi bor aralashmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega yonuvchi mahsulotlarni (gazsimon, suyuq, qattiq) ishlatadigan texnologik tizimlar germetik boʻlishi kerak va hamma ish rejimlarida bu moddalarning atrof muhitdagi xavfli konsentratsiyasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Xavflilik omillarini hisobga olgan holda germetizatsiya talablari ushbu Qoidaning IV-bobda keltiriladi.
36. Asbob-uskunalarda portlash va yongʻinni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar jarayonning ish parametrlarida ishlatilayotgan moddalarni portlash-yonish xavfi koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
37. Bino va ichida portlash va yongʻinni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganda, yongʻin xavfsizligi talablari hisobga olinishi kerak.
38. Qattiq changlanuvchi va dispers moddalar ishlatilishi bilan bogʻliq bosqichlardagi texnologik tizimlar uchun tashqi uskunalar, xonalar atmosferasida (ish zonasida) yonuvchi chang kirishini va ularni asbob-uskunalarda va qurilish konstruksiyalarda toʻplanishi maksimal kamaytiruvchi tadbirlar va vositalar, hamda chang tozalash, uning davriyligi va havoning changchiligining nazorati koʻzda tutiladi.
Qattiq dispers yonuvchi moddalar, qoidaga koʻra asosan, eritma, pasta yoki namlangan holatda apparaturaga kiritiladi va ishlov beriladi.
39. Har bir texnologik blok uchun uning energetik potensialini hisobga olgan holda loyiha tashkiloti tomonidan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va atrof muhitga yonuvchi mahsulotlarning chiqishini olishga qaratilgan yoki ularning miqdorini maksimal cheklanishiga qaratilgan vositalar koʻzda tutiladi, hamda portlash haqida ogohlantirish va ishlab chiqarishdagi xodimlarni jarohatlanishini oldini olish koʻzda tutiladi.
Har bir aniq holatlarda tanlangan tadbirlar va vositalar yetarlicha asoslanadi.
a) Oʻz tarkibida portlash xavfi bor I va II toifali texnologik bloklariga ega ishlab chiqarishlar uchun quyidagi maxsus tadbirlar ishlab chiqiladi;
texnologik asbob-uskunalarni maxsus portlashdan himoyalovchi konstruksiyalarga joylashtirish;
maxsus ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi va jarayonni avtomatik tartibga solishni taʼminlovchi mikroprotsessor texnikasidan foydalanish orqali avariyaga qarshi himoya bilan jihozlashlarda, avariyali otilib chiqishda oʻchirish operatsiyasini bajarish ketma-ketligini va vaqtini aniqlovchi maxsus dasturlar boʻyicha korxonani avariyasiz toʻxtatish, hamda jarayonni olib borishda, ishlab chiqarishni ishga tushirishda va toʻxtatishda ishlab chiqarish xodimlarining nojoʻya harakatlari imkoniyatlarini kamaytirish yoki yoʻl qoʻyilmaslik kerak.
b) Oʻz tarkibida portlash xavfi bor III toifali texnologik bloklariga ega korxonalar, avtomatik (hisoblash texnikasini ishlatilishi bilan) tartibga solish tizimlari, qiymatlari jarayonda portlash xavfi borligi bilan aniqlanadigan parametrlarni nazorat vositalari, texnologik parametrlarni reglamentdagi qiymatlariga yoki jarayonni toʻxtatishiga olib kelishni taʼminlovchi samarali tezkor tizimlar bilan jihozlanadilar.
QB <10 ga ega texnologik bloklar uchun qiymati portlash xavfi bor jarayonni aniqlaydigan parametrlarning avtomatik nazoratini qoʻl bilan tartibga solishga yoʻl qoʻyiladi.
v) Tizimlarning halokatli germetikligining buzilishida yonuvchi va portlash-yonish xavfi bor moddalarni atrof muhitga otilib chiqishini maksimal kamaytirish uchun quyidagilar nazarda tutiladi:
I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun — ishlab ketishi vaqti 12 soniyadan ortiq boʻlmagan avtomatik tez harakatlanadigan birkituvchi va (yoki) ajratuvchi qurilmalarni oʻrnatish;
II va III toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun — masofadan boshqariladigan va ishlab ketish vaqti 120 soniyadan ortiq boʻlmagan birkituvchi va (yoki) ajratuvchi qurilmalarni oʻrnatish;
energetik potensiali nisbiy qiymati Qv < 10 ga ega bloklar uchun dastakli birkituvchi qurilma oʻrnatishga ruxsat beriladi, unda ratsional joylashtirish (operatorni ish joyiga ruxsat berilgan maksimal yaqinlashuvi) hisobiga ularni harakatga keltirishning 300 soniyadan ortiq boʻlmagan minimal vaqti nazarda tutiladi.
Bunda oqimlarning xavfsiz toʻxtatilishi va gidravlik zarbalar boʻlmasligi shartlari taʼminlanishi kerak.
g) Barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar uchun va (yoki) portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar ishlatadigan alohida apparatlar uchun avariyali boʻshatish tizimlari nazarda tutiladi, ular tez harakatlanadigan birkituvchi qurilmalar bilan butlanadi.
I va II darajali toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning avariyali boʻshatish tizimlari avtomatik boshqariladigan uzatmalarga ega berkitish qurilmalari taʼminlanadi, III toifali bloklar uchun xavfsiz joyga joylashtirilgan va minimal reglamentlangan ishlab ketish vaqtiga ega dastakli vositalarni ishlatilishiga ruxsat beriladi.
40. Texnologik bloklarni ishlatilayotgan mahsulotlardan avariya holatida boʻshatish uchun texnologik qurilmalarning asbob-uskunalari yoki boʻshatishning maxsus avariya tizimlari ishlatilishi mumkin. Boʻshatishning maxsus avariya tizimlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
doimo tayyorgarlik holatida boʻlishi;
tizimning oʻzida va ularning atrofidagi atmosferada portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishiga, hamda avariya holatini rivojlanishiga yoʻl qoʻymasligi;
boʻshatishning imkon boʻlgan minimal vaqtini taʼminlashi;
nazorat va boshqaruv vositalari bilan taʼminlanganligi avariya sodir boʻlish holatida boʻshatish maxsus tizimlari boshqa maqsadlar uchun ishlatilmasligi kerak.
41. Avariya sodir boʻlish holatida boʻshatish maxsus tizimlarining sigʻimi texnologik jarayonni xavfsiz toʻxtatish sharoitlari bilan aniqlaydigan qabul qilinadigan mahsulotlar miqdorida hisoblab chiqiladi.
42. Chiqarib yuboriladigan yonuvchi gazlar va mayda dispersli materiallar kelajakda foydalanish uchun berk tizimlarga yoki tartibli yoqish tizimlariga yuborilishi kerak. Toza vodorod bundan istisno boʻlishi.
43. Aralashtirilganda portlash xavfi bor aralashmalarni yoki beqaror birikmalarni hosil qiluvchi moddalari bor gaz chiqindilarini birlashtirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
Turli bosimli apparatlardan bugʻ-gaz muhiti chiqindilarining gaz liniyalari birlashishida yuqori bosimli apparatdan past bosimli apparatlarga muhitning oqib oʻtishini oldini olish choralari nazarda tutilishi kerak.
44. Gazlarni chiqarish liniyalarida gaz oqimida suyuq faza boʻlganda uning chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan qurilma oʻrnatish nazarda tutiladi.
45. Berilgan texnologik rejimdan chetga chiqilgandagi jarayonlarda inert gazlar berish liniyalariga portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar kelib tushishi mumkin boʻlganligi sababli liniyaga qaytarma klapan oʻrnatiladi.
IV bob. Ayrim (namunaviy) texnologik jarayonlarga oʻziga xos talablar,
§ 1. Yonuvchi bugʻ-gazlar muhitlarni, suyuqliklarni va mayda dispersli qattiq mahsulotlarning uzatilishi (joylarini oʻzgartirilishi).
46. Uzatilayotgan yonuvchi mahsulotlarning ruxsat berilgan tezlik, bosim, harorat qiymatlari, uzatilayotgan moddalarning portlash xavfi bor xususiyatlarini (tavsifini) fizikaviy-kimyoviy xossalarini hisobga holda, jarayonni tayyorlovchi tomonidan belgilanadi.
47. Yonuvchi mahsulotlarni uzatuvchi nasoslar va kompressorlar uchun (nasoslar va kompressorlar guruhi), ularni masofadan oʻchirish, qoidadagidek masofadan boshqaruvchi soʻrish va haydash liniyalarida yoki ajratuvchi qurilmalar oʻrnatish nazarda tugilishi kerak.
Portlash xavfi bor mahsulotli, armatura turidagi, quvurlar uchastkalarini masofadan oʻchirish va ularni oʻrnatish joylari haqidagi qaror, quvurlarning uzunligidan va diametrlaridan kelib chiqqan holda, tashish (transportda) muhitning xususiyatiga bogʻliq holda har bir aniq vaziyatlarning loyihalashtirilishida qabul qilinadi.
48. Quvurlar orqali yonuvchi gazlarning va bugʻlarning uzatilishida, uzatiluvchi muhitni kondensatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik choralari yoki transport tizimidan suyuqlikni ishonchli va xavfsiz chiqib ketishini taʼminlovchi choralari, hamda quvurlar va apparatlarda yonuvchi mahsulotlarning kristallanish holatiga yoʻl qoʻymaslik choralari nazarda tutiladi.
49. Kristallangan mahsulotlarni qizdirish (eritish) uchun ochiq olovdan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Qizdirishdan oldin qizdirilayotgan uchastkani bosim manbaidan (manbalaridan) va u bilan oʻzaro bogʻliq transport tizimining (quvurlar, apparatlar) texnologik uchastkalaridan oldindan ishonchli oʻchirish, hamda qizdirilayotgan muhitni oʻzaro bogʻliq obyektlarga dinamik (gidravlik va boshqalar) taʼsir qilish va ularning buzilish imkoniyatlariga yoʻl bermaslik boʻyicha boshqa choralarni qabul qilish majburiydir.
50. Yonuvchi gazlarni kompressorlar yordamida siqish va uzatish qoidadagidek markazdan qochirma kompressorlar yordamida amalga oshiriladi.
51. Nasoslar va kompressorlar uchun konstruksiyalar va konstruksion materiallar, zichlovchi uskunalarni tanlash uzatiluvchi muhitning xususiyatidan va amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
52. Nasoslar va kompressorlar uchun zichlovchi uskunalar germetikligi nazoratining usullari va vositalari, hamda ulardagi zichlovchi suyuqlik bosimi belgilanadi.
53. Uzatiluvchi gaz muhitidan suyuq fazani ajratib olish uchun kompressorning soʻrish liniyasiga separator oʻrnatiladi.
Separator nasoslar bilan blokirovkalanadi va sathni nazorat qiluvchi asboblar, maksimal sath boʻyicha signalizatsiya va reglamentlangan sathga etilganda undan suyuqlikni chiqarishni taʼminlovchi avtomatizatsiya vositalari bilan taʼminlanadi.
54. Kompressorlarning soʻruvchi liniyalari, odatda, ortiqcha bosim ostida boʻlishi kerak. Bu liniyalarning past bosimli vakuumi ostida ishlashida gazda kislorod nazoratini amalga oshirish kerak; namuna olgichlarni oʻrnatilgan joylari va nazorat usullari loyiha tashkilotlari tomonidan aniqlanadi; yonuvchi gazda kislorod oshgan holatda, yaʼni ruxsat berilgan oxirgi qiymatdan baland boʻlsa, bu liniyalarga kompressor uzatmasini yoki inert gaz berishni oʻchirilishini taʼminlovchi toʻsiqlar (blokirovka) nazarda tutiladi.
55. Yonuvchi moddalarni transportda tashish tizimlari uchun quvurlar va apparatlarning ichki yuzalarida smolalanish, polimerizatsiyalanish, polikondensatsiyalanish va shu kabilar, mahsulotlarni qotib qolishi mumkin boʻlganda, bu qatlamlardan samarali va xavfsiz tozalash uslublari va vositalari nazarda tutiladi, hamda bu vazifa (operatsiya) oʻtkazilishining davriyligi oʻrnatiladi.
56. Quvurlarda pnevmotransport bilan mayda dispersli qattiq yonuvchi mahsulotlarning uzatilishi, hamda tarkibida yonuvchi moddalar boʻlgan emulsiya va suspenziya uzatish liniyalarida mahsulotlarning harakatini nazorat qilish usullari nazarda tutiladi va quvurlarning tiqilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik choralari ishlab chiqiladi.
57. Suyultirilgan yonuvchi gazlarni, tezda alanga oluvchi va yonuvchi suyuqliklarni haydash uchun ishlatiladigan nasoslar quyidagilar bilan taʼminlanishi kerak:
nasos korpusida uzatiluvchi suyuqlik yoʻqligida yoki qabul qiluvchi va sarflovchi sigʻimlarda uning sathlari ruxsat berilgan oxirgi qiymatlardan ogʻishida nasosning ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan yoki ishini toʻxtatadigan toʻsiqlar (blokirovkalar) bilan;
qabul qiluvchi va sarflovchi sigʻimlarda parametrlar xavfli qiymatlariga etganida ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari bilan.
58. Choʻktirma nasoslar uchun elektrodvigatelni tok bilan ortiqcha yuklanishida ishlashiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkaning qoʻshimcha vositalari, shuningdek nasoslarni ishlatish (ekspluatatsiya) harorati boʻyicha inert gazini uzatish (berish) zarur boʻlsa, nasoslar oʻrnatilgan apparatlarga inert gazi berish toʻxtatilganda ularni ishga tushirish va ishlatishga yoʻl qoʻyilmasligi.
59. Nasos (nasoslar)ni toʻxtatilishidan kelib chiqadigan texnologik jarayonning xavfli ogʻishiga (oldini olish) yoʻl qoʻymaslik uchun yonuvchi suyuqliklarni boshqa usullarda berish tizimlarining ishonchliligini oshirish boʻyicha choralar ishlab chiqiladi.
60. Muayyan joydagi hajmda bugʻ-gaz aralashmalarining hosil boʻlishi mumkin boʻlgan suyuq mahsulotlarning transport tizimlarida, zaruriyat boʻlganda yopiq tizimlarga yigʻilib qolgan gaz va bugʻlarni chiqarib tashlash uchun uskunalar nazarda tutiladi.
61. Bosim usuli bilan suyultirilgan yonuvchi gazlarni, tez alanga oluvchi suyuqliklarni uzatish inert gazlar yordamida amalga oshiriladi; SG (suyultirilgan gazlar) uchun ularni oʻzlarining gaz fazasi bosimi yordamida uzatishga ruxsat beriladi, TAS (tez alangalanuvchi suyuqliklar) va YoS (yonuvchi suyuqliklar) uchun esa, tegishli asoslanganda - yonuvchi gazlar bilan uzatishga ruxsat etiladi.
62. Qattiq yonuvchi materiallarni uzatilishi, asbob-uskunalar va kommunikatsiyalar ichida portlash xavfi bor aralashmalarning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Transportda tashish yoki flegmatizatsiya uchun inert gazlaridan foydalanishda, tizimda kislorod miqdorini (tarkibini) nazorat qilish usullari va vositalari nazarda tutiladi, shuningdek kislorodning oxirgi ruxsat berilgan konsentratsiyasiga etganda uzatilishni toʻxtatish choralari nazarda tutiladi.
63. Portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlish imkonini beruvchi mayda dispersli yonuvchi materiallarni uzatilishida asoslangan zaruriyat boʻlganda, alangani tizimda kengayishini (tarqalishini) oldini olish choralari ishlab chiqiladi.
64. Mayda dispersli qattiq yonuvchi materiallarni uzatilish tizimlari, qabul qiluvchi apparatlarda bu materiallarni eng yuqorigi sathga (darajaga) etganda, ularga mahsulotlarni berishni toʻxtatuvchi yoki ulardan chiqarib tashlash jarayoni (toʻxtatuvchi) tugaganda toʻsiqlar (blokirovkalar) bilan taʼminlanadi.
65. Yuzadan yonuvchi changni olib tashlashni, siqilgan havo yoki boshqa siqilgan gaz yordamida amalga oshirilishi mumkin emas, shuningdek portlash xavfi bor chang-havo aralashmasini hosil qiluvchi boshqa usullarni ham qoʻllash kerak emas.
§ 2. Moddiy muhitlarning ajratish jarayonlari.
66. Kimyoviy mahsulotlarni ajratish texnologik jarayonlari, portlash mintaqasidan tashqarida amalga oshirilishi kerak. Bunda jarayonning barcha bosqichlarida portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishini oldini olish choralari nazarda tutiladi. Muhitning ajratish darajasi va portlash xavfsizligi choralari, texnologik jarayonni ishlab chiqishda aniqlanadi va reglamentlanadi.
67. Yonuvchi bugʻlarni (gazlarni) va suyuqliklarni ajratishda, avtomatik nazorat vositalari va fazalarni ajratish sathini (darajasini) tartibga solish vositalari nazarda tutiladi. Fazalarni ajratish sathini nazorat qilish vositalarini ishlatish zaruriyati, jarayonni ishlab chiqarish va korxonani (ishlab chiqarishni) loyihalashtirish bosqichlarida aniqlanadi.
68. Yonuvchi va yonmaydigan suyuq mahsulotlarni ajratish sigʻimli apparaturasi, atrof muhitga yonuvchi bugʻlarni chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan yopiq drenaj tizimlar bilan taʼminlanishi kerak.
69. Kanalizatsiyaga tashlanishi kerak boʻlgan yonmaydigan suyuqliklarda erigan yonuvchi gazlar bor boʻlsa, ularni ajratib olish choralari ishlab chiqiladi. Yonmaydigan suyuqliklardagi erigan yonuvchi gazlarning qolgan miqdori nazorat qilinishi kerak, nazoratning davriyligi va gazlarning ruxsat berilgan reglamentlanishi kerak.
70. Gaz-suyuqlik aralashmalarning ajratish tizimlari, gaz fazasini suyuqlikka tushishini va bugʻ-gaz fazasidan suyuqlikni chiqib ketishini oldini oluvchi faza ajratgich bilan taʼminlanadi.
71. Suspenziyalarni ajratish uchun asbob-uskunalar inert muhitlar parametrlarining yoʻl qoʻyilmaydigan ogʻishlarida ishga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan, suspenziyalar berilishini oʻchirishni va toʻxtatishni taʼminlaydigan toʻsiqlar (blokirovkalar) jihozlanadilar.
72. Markazdan qochirma apparatlarda (tsentrofugalarda) suspenziyalarni ajratish jarayonlarini ishlab chiqish va olib borish, markazdan qochirma apparatlarning oʻzida xam, xonaning ish mintaqasi (zonasi) atmosferasida ham portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
73. Yonuvchi aerozollarni (gaz - qattiq fazasi) filtrlarda (elektr filtrlarda) va siklonlarda ajratish texnologik jarayonlari uchun, ularni oʻtkazishda portlash xavfsizligini taʼminlovchi choralar nazarda tutiladi. Shu bilan birga, bu apparatlarda siyraklanishni avtomatik nazorati, zaruriyat boʻlganda esa - boshlangʻich aerozolda yoki chiqib ketuvchi gaz fazasida kislorodning miqdorini avtomatik nazorati, shuningdek elektr statistik maydon kuchlanishining xavfli qiymatlari paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar nazarda tugiladi.
74. Aerozollarni ajratish apparatlari uchun, bu apparatlarni ichki yuzasida qattiq faza qatlamlarini hosil boʻlishini oldini olish boʻyicha yoki ularni yoʻqotish (olib tashlash) (antiadgezion qoplama, mexanik silkituvchi, vibratorlar, qoʻshimchalar kiritish va shu kabilar) boʻyicha ishonchli va samarali choralar nazarda tugiladi. Choʻkindi qatlamlarni yoʻqotish (olib tashlash) (changsizlantirish) boʻyicha operatsiyalarni olib borish davriyligi va xavfsiz usullari reglamentlanadi.
§ 3. Massa almashish jarayonlari.
75. Reglamentlangan qiymatlardan texnologik parametrlarning ogʻishi natijasida massa almashtirish jarayonlarini ishlab chiqishda va olib borishda portlash xavfi bor beqaror birikmalar hosil boʻlishi mumkin boʻlgan, portlash xavfi bor I va II toifali texnologik bloklardagi obyektlar uchun bu parametrlarni avtomatik tartibga solish vositalari tutilishi kerak.
Portlash xavfi bor III toifali texnologik bloklardagi obyektlar uchun, jarayonning koʻrsatilgan parametrlarini avtomatik nazorati va ularning ruxsat berilgan qiymatlari oshganligi haqidagi signalizatsiya bilan taʼminlangan qoʻlda (qoʻl kuchi bilan) (ishlab chiqarish xodimlari tomonidan) tartibga solish operatsiyasini bajarishga ruxsat beriladi.
76. Havodagi kislorod portlash xavfi bor aralashmalar hosil qilish xususiyatiga ega moddalar ishlatiladigan, siyraklashish ostida ishlaydigan kolonnalarda bugʻ-gaz fazasida kislorodning miqdorini avtomatik nazorati nazarda tutiladi. Portlash xavfi bor III-toifali texnologik blokli obyektlar uchun, davriy nazorat usullari va vositalari nazarda tugilishiga ruxsat beriladi; nazorat davriyligi va usullari reglamentlanadi.
77. Yonuvchi suyuqliklarni rektifikatsiyalash kolonnalari, kub qismidagi suyuqlikning sathini va haroratini, ajratishga kelayotgan mahsulot va flegmaning haroratini nazorat qiluvchi va avtomatik ravishda tartibga soluvchi vositalar bilan taʼminlanadi, shuningdek portlash xavfsizligi jarayonlarini aniqlaydigan, parametrlar qiymatlarining xavfli ogʻishlari va zaruriyat boʻlganda kolonnaning pastki va yuqorigi qismlarida bosim oʻzgarishi haqida signal vositalari bilan taʼminlanadi.
78. Rektifikatsiya kolonnasiga kelayotgan flegmalar kelish toʻxtasa sodir va jarayon parametrlarining xavfli ogʻishiga olib kelish holati boʻlsa, flegmalarni uzluksiz berilishini taʼminlovchi choralar nazarda tutiladi.
79. Adsorbsiya va desorbsiya jarayonlarini oʻtkazishda, yutqichlarni oʻz-oʻzidan yonib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari tutiladi, shuningdek adsorberlarni oʻz-oʻzidan yonish oʻchoqlarini avtomatik nazorat qilish vositalari va ularni oʻchirish moslamalari bilan taʼminlash boʻyicha choralar nazarda tutiladi.
§ 4. Aralashtirish jarayonlari.
80. Yonuvchi mahsulotlarni aralashtirish usullari va tartiblari, asbob-uskunalarning va aralashtiruvchi moslamalarning konstruksiyalari, bu mahsulotlarni samarali aralashishini taʼminlashi va harakatsiz zonalar hosil boʻlishiga imkon bermasligi kerak.
81. Moddalarni uzluksiz aralashtirish jarayonlari uchun, ularning oʻzaro taʼsiri, boshqarib boʻlmaydigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishiga olib kelsa, bu moddalarning xavfsiz hajmli kiritish dozasi, issiqlikni olib ketishning samarali usullari ishlab chiqiladi, avtomatik nazorat qilish vositalari, jarayonlarni tartibga solish, avariyadan himoya qilish va signalizatsiya vositalari nazarda tutiladi.
Davriy aralashtirish jarayonlarida oʻz-oʻzidan tezlashadigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishi mumkin boʻlganda, ularni boshqarib boʻlmaydigan holatiga yoʻl qoʻymaslik uchun, moddalarning apparaturaga ruxsat etiladigan miqdorda solinishi va ketma-ketligi, reagentlarning solinish (kirib kelish) tezligi reglamentlanadi.
82. Mahsulotlarni, shuningdek oksidlovchilar bilan yonuvchi mahsulotlarni, aralashtirish texnologik jarayonlarida, komponentlar oʻzaro nisbatini aralashtirgichlar oldida avtomatik tartibga solish, bugʻ-gaz muhit uchun esa — qoʻshimcha ravishda bosimni tartibga solish nazarda tutiladi.
83. Bugʻ-gaz muhitni oksidlovchilar bilan aralashtirishda, zaruriy hollarda aralashtirgichdan chiqishdagi material oqimlarda oksidlovchining reglamentlangan miqdorining nazorati nazarda tutiladi yoki tizimda komponentlarning oʻzaro nisbatini aniqlovchi texnologik jarayonning boshqa parametrlarining nazorati, va reglamentlangan qiymatlardan oksidlovchining konsentratsiyasi ogʻishida aralashtirishga keluvchi komponentlarni toʻxtatuvchi, avariyaga qarshi himoya vositalari nazarda tutiladi.
84. Portlash xavfi bor I toifali texnologik bloklarda aralashma tarkibi va oksidlovchilar bilan yonuvchi moddalarning oʻzaro nisbatini tartibga solishni nazorat qilish, shuningdek aralashtirishdan keyin material oqimlarda oksidlovchilarning miqdorini nazorat qilish, avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak.
85. Aralashtirgichlarga olib keluvchi kommunikatsiyalar, bu kommunikatsiyalarga aralashtirishga berilayotgan yonuvchi moddalarni, oksidlovchilarni yoki ularning aralashmalarini qaytishiga yoʻl qoʻymaydigan qaytarma klapanlar va boshqa moslamalar bilan taʼminlanadilar (jarayonning reglamentlangan parametrlari ogʻishida).
Agarda, keluvchi kommunikatsiyalarga reaksion aralashmaning kelib tushushiga jarayonni oʻtkazish sharoitlari yoʻl qoʻymasa, unda yuqorida koʻrsatilgan moslamalarni oʻrnatish shart emas.
86. Portlash xavfi bor aralashmalarni tizimda hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, maydalangan qattiq yonuvchi mahsulotlarni maydalash, aralashtirish inert gaz muhitida amalga oshiriladi.
Maydalash va aralashtirish uchun asbob-uskunalar, berilayotgan inert gazining bosimini nazorat qilish vositalari bilan, qiymatdan uning bosimini, ogʻish haqida signal beruvchi vositalar bilan (signalizatsiya) va inert gazini oldindan berishda asbob-uskunalarni ishga tushirishga yoʻl qoʻymaydigan yoki unga inert gazini kelishini toʻxtatganda, bu asbob-uskunalarni toʻxtatilishini taʼminlaydigan avtomatik toʻsiqlar (blokirovkalar) bilan taʼminlanadi.
§ 5. Issiqlik almashish jarayonlari.
87. Issiqlik almashishni tashkil qilish, issiqlikni tashuvchilarni (sovuqlik agentlari) va uning parametrlarini tanlash, isitilayotgai (sovutilayotgan) materiallarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, mahsulotning ortiqcha qizib ketmasligiga va emirilishiga (parchalanishiga, maydalanishiga) imkon bermagan holda, zarur issiqlik uzatilishi maqsadida amalga oshiriladi.
88. Issiqlik almashish jarayonlarida texnologik muhit bilan kimyoviy oʻzaro taʼsirda portlash xavfi bor mahsulotlar hosil qiladigan issiqlik tashuvchilarni ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Issiqlikni devor orqali beriladigan jarayonlarni ishlab chiqishda, agarda issiqlik tashuvchi va texnologik mahsulotlarning oʻzaro toʻqnashishi natijasida portlash xavfi bor muhit hosil boʻlishiga olib keladigan boʻlsa, bu haqda xabar beruvchi va nazorat qiluvchi usullar, hamda vositalar nazarda tutiladi.
90. Apparatda isitilayotgan yonuvchi suyuqlikning sathi pasaygan vaziyatda va issiqlik almashtirish yuzasi ochilib (yalangʻoch) qolgan vaziyatda, yonuvchi mahsulot ortiqcha qizib ketishiga, qurib qolishiga va parchalanishiga (emirilishiga). boshqarib boʻlmaydigan jarayonlarni rivojlanishiga olib kelsa, jarayonlarni nazorat qilish va tartibga solish vositalari, shuningdek yonuvchi isitilayotgai mahsulotlar sathi ruxsat berilgan qiymatlardan pasayganda, isitilayotgan agentni berilishini toʻxtatuvchi toʻsiqlar (blokirovkalar) nazarda tugiladi.
91. Yuzali issiqlik almashish apparatlarida yonmaydigan issiqlik tashuvchilarning (sovuqlik agenti) bosimi odatda, isitilayotgan yonuvchi moddalarning bosimidan yuqori boʻlishi kerak. Bu talablarni bajarish imkoniyati boʻlmagan vaziyatlarda, yonmaydigan issiqlik tashuvchilar tarkibida yonuvchi moddalarning miqdorini qilib turish tutilishi kerak.
92. Issiqlik almashish, shu jumladan reaksiya oʻtkaziladigan apparatlarda reglamentlangan texnologik parametrlardan ogʻish, boshqarib boʻlmaydigan, oʻz-oʻzidan tezlashadigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishi mumkin (imkon) boʻlsa, ularning rivojlanishini olish vositalari nazarda tutiladi.
93. Issiqlik almashish jarayonlarida, ularni olib borishda (boshqarishda), mahsulotlarning kristallashishi va kristallgidrantlar hosil boʻlishi mumkin boʻlganda, bu mahsulotlarning hosil boʻlishini oldini oluvchi reagentlar kiritiladi va texnologik jarayonlarni olib borilishining uzluksizligi, ishonchliligi va ularning portlash xavfsizligini taʼminlovchi boshqa choralar qoʻllaniladi.
94. Olov bilan isitiladigan issiqlik almashish jarayonlarini tashkil qilishda isitiladigan elementlarda, oʻtxona boʻshligʻida va pechning ishchi mintaqasida (zonasida) portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlish imkonini bermaydigan choralar va vositalar nazarda tutilishi kerak.
a) Isitadigan pechlarning oʻtxona boʻshligʻidagi avariyaga qarshi avtomatik himoya quyidagilar bilan taʼminlanadi:
yonilgʻi, havo va suv bugʻlarining berilgan nisbatini tartibga solish tizimlari bilan;
gazsimon yoqilgʻi va havoning, ularning bosimi belgilangan parametrlardan pasayganda kelishini, toʻxtatuvchi, shuningdek nazorat oʻlchash asboblari va avtomatika elektr (havo) kelishi toʻxtashi bilan;
oʻtxona boʻshligʻiga yoqilgʻini-havoni majburiy berishda, ularning kelishini toʻxtagani haqidagi xabar berish (signalizatsiya) vositalari bilan;
pechdagi tutun soʻruvchi toʻxtaganida yoki siyraklashuv ruxsat etilmagan darajada pasayganda, yonish zonasiga yoqilgʻi gazi berilishini avtomatik ravishda toʻxtatishni va tutun tortish darajasini nazorat qilish vositalari bilan, pech agregatlarini qayta ishlatish qozonlari bilan joylashtirganda, agregatlarni tutun soʻrgʻichsiz ishga oʻtkazish boʻyicha tizimlar bilan;
quvurlar oʻta qiziganda suv bugʻlarini oʻtxona boʻshligʻiga va burama naychalarga avtomatik berish vositalari bilan taʼminlanadi.
b) Isituvchi pechlarining isitilayotgan elementlari (zmeyevik-burama naychalar), avariyaga qarshi avtomatik ravishda himoyasi qoʻyidagilar bilan taʼminlanadi:
quvurlar shikastlanganda yoki sirkulatsiya toʻxtaganida, pechlar naychalarini isitilayotgan suyuq mahsulotlardan burama avariyali boʻshatish bilan;
xom-ashyo berilishi toʻxtaganida yoqilgʻi berilishini toʻxtatuvchi toʻsiqlar (blokirovkalar) bilan;
zmeyeviklar tizimidagi avariya vaziyatlarida xom-ashyo va yoqilgʻi berishni masofadan oʻchirish vositalari bilan;
xom-ashyo berish tizimida bosim tushib ketganligi haqida xabar berish vositalari bilan.
v) Tashqi qurilmada yoki binolarida avariyalar sodir boʻlganda ochiq olov jarayonlari bilan ishlovchi pechlarni gaz muhitidan izolatsiya qilish uchun, avtomatik yoki masofadan yoqiladigan (oʻchiriladigan) bugʻ pardalari bilan jihozlanishi kerak. Parda hosil qilinganda signalizatsiya ishlab ketishi kerak.
95. Isituvchi pechlar uchun yoqilgʻi gaz - undagi suyuq fazalar, namlik va mexanik aralashmalar miqdori boʻyicha reglamentlangan talablarga mos boʻlishi kerak. Goryelkaga keladigan yoqilgʻi gazda suyuqlik va mexanik aralashmalar boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan vositalar nazarda tutiladi.
96. YuHOIT (yuqori haroratli organik tashuvchilar) — aromatli yogʻlarni va boshqalarni ishlatish (qoʻllash) bilan issiqlik almashish jarayonlarni tashkil qilishda, ularning qisman parchalanishi natijasida hosil boʻluvchi uchuvchi chiqarib tashlovchi tizimlar nazarda tutiladi.
YuHOIT ishlatilishining ruxsat berilgan yuqori nuqtasi (chegarasi) yaqinida jarayon olib borilganda, issiqlik tashuvchining tarkibi oʻzgarishi ustidan nazorat oʻrnatiladi. YuHOIT tarkibi koʻrsatkichlarining ruxsat etilgan qiymatlari reglamentlanadi.
97. Qurituvchi agent va quritish rejimlari (tartiblari), quritilayotgan materialning, issiqlik tashuvchining portlash-yonish xavfi bor xususiyatlarini va blokning portlash xavfini kamaytirish imkonini hisobga olgan holda, tanlanadi.
a) Inert gaz atmosferasida quritish jarayonini olib borishda, quritgichga kirishda va (yoki) chiqishda (jarayonni oʻziga xosligini inobatga olgan holda) inert gazda kislorod miqdorini avtomatik nazorat qilishni tutish zarur.
Kislorodning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshishi mumkin boʻlgan vaziyatda, quritish jarayonini toʻxtatish boʻyicha avtomatik toʻsiqlar (blokirovkalar) nazarda tutiladi, va apparaturada portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlish imkonini yoʻqotishning boshqa choralari ishlab chiqiladi.
b) Quritgich agregatlarda, quritgichdan orqaga qaytish yoʻliga ega isitish uskunalariga portlash xavfi bor aralashmalarini kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralari tutiladi.
v) Gaz-havo muhitida quritish jarayonini olib borishning asoslangan zaruriyatida jarayonda portlashni ogohlantirish choralari va portlashda himoyalaydigan asbob-uskunalar nazarda tutiladi:
friksion (zarba berish, ishqalanish) va elektr tokidan kelib chiqadigan uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan uskunalar bilan taʼminlanadilar;
mahalliy oʻta qizib ketishga, harakatsiz zonalarning hosil boʻlishiga, quritilayotgan materialni yuqori haroratli joyda boʻlish vaqtining uzayishiga va quritish kameralari devorlarida mahsulotlarning qatlamlari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan quritish rejimini ushlab turli taʼminlanadi;
purkovchi quritgichlarni, quritiluvchi material va quritadigan agentlardan birining kelishi toʻxtaganida, ularning berilishini avtomatik toʻxtatish vositalari bilan taʼminlash;
termodestruksiyaning va (yoki) — yonuvchi oʻt olib ketishining oldini olish uchun quritish agregatlari quritiladigan material va quritadigan agentning haroratini avtomatik tartibga solish vositalari bilan taʼminlanadi, shuningdek bu haroratlarni ruxsat berilgan qiymatlaridan ortishiga imkon bermaydigan toʻsiqlar (blokirovkalar) bilan taʼminlanadi (quritiladigan agent berilishini toʻxtatish, sovuq agent berilishini ulash va shu kabilar);
quritiladigan material harorati ruxsat berilgan qiymatdan yuqori nuqtaga etganda sovuq agent (sovuq gaz, suv va shu kabilar) berilishini avtomatik amalga oshirish.
98. Vakuum ostida yonuvchi moddalarni quritish jarayonlarini olib borishda, odatda, quritgichni ishga tushirishdan oldin, shuningdek uni toʻxtatganda ishchi boʻshliqqa inert gazini berish (inert gazi bilan puflash) nazarda tutiladi. Inert gazini berish davomiyligi texnologik jarayonni olib borilishining aniq sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi va reglamentlanadi. Bundan tashqari, quritish agregatlari, ishchi boʻshligʻida vakuum yoʻqligida, yoki pastki ruxsat berilgan qiymatdan pasayganda, ularni yoqilishiga imkon bermaydigan avtomatizatsiya tizimlari bilan taʼminlanadi.
99. Yonuvchi moddalarni quritish uchun qurituvchi agregatlar, oʻt oʻchiruvchi vositalar bilan taʼminlanadi. Oʻt oʻchirish usullari, chang hosil boʻlishga, atrof muhitga yonuvchi mahsulotlarni otilib chiqishiga va apparaturada, hamda ishchi zonadagi uskunada xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishiga yoʻl bermasligi zarur.
100. Quritiladigan mahsulotni quritish agenti bilan bevosita aloqasi bor quritish uskunalari, ishlatilgan quritish agentini quritilayotgan mahsulot changidan tozalovchi uskunalar bilan va tozalashni qiluvchi vositalari bilan taʼminlanishi kerak. Tozalash usullari va nazorat davomiyligi reglamentlanadi.
§ 6. Kimyoviy reaksion jarayonlar.
101. Bir nechta jarayonlarni oʻz ichiga olgan tizimlar (gidrodinamik, almashish, reaksion) reglamentlangan parametrlarni nazorat qilish asboblari bilan taʼminlanadi. Boshqarish, tartibga solish va avariyaga qarshi himoya vositalari, jarayonning barqarorligini va portlash xavfsizligini taʼminlashi kerak.
102. Har qanday toifali portlash xavfi bor bloklar uchun reaksion jarayonlarning texnologik apparaturasi, avtomatik nazorat qilish, tartibga solish vositalari bilan va portlash xavfi bor jarayonni (kelayotgan birlamchi-dastlabki va nisbati, material oqimdagi komponentlar miqdori, ularning reaksion apparaturada kritik qiymatiga, bosimiga va muhitdagi haroratiga etishi mumkin boʻlgan konsentratsiyasi, sarf-xarajati va tashuvchining parametrlari va boshqalar) bir yoki guruhlar parametrlarining himoya toʻsiqlari bilan taʼminlanadi. Bunda, 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar bilan qurilmalar (uskunalar) tarkibiga kiruvchi texnologik asbob-uskunalar, har bir xavfli parametrga kamida ikkitadan kam boʻlmagan datchiklar tartibga solish va avariyaga qarshi avtomatik himoya vositalari bilan taʼminlanadi, zaruriyat boʻlganda - boshqarishni va himoya qilishni takrorlash tizimlari bilan taʼminlanadi.
103. Avariyaga qarshi himoya qilish avtomatik tizimning ishlab ketishi berilgan dasturlar (algoritm) boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
104. Qv ≤10 ega boʻlgan texnologik bloklardagi reaksion jarayonlarni boshqarish tizimlarida, xavfli parametrlarni avtomatik nazorat qilish sharoitida qoʻlda (dastakli) tartibga solish vositalaridan va ular ruxsat etilgan qiymatlaridan chiqib ketganida ishlab ketadigan signalizatsiya vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
105. Oraliq peroksid birikmalar, qoʻshimcha portlash xavfi bor smolalanish va zichlanish mahsulotlarining (polimerizatsiya, polikondensatsiya) va boshqa beqaror moddalarning, hosil boʻlishi imkoniyati boʻlgan, ularni apparaturada va quvurlarda qatlamlar hosil qilishi mumkin boʻlgan reaksion jarayonlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
portlash xavfi bor moddalar hosil boʻlishiga yordam beruvchi aralashmalar xom-ashyoga tushishining miqdorini, shuningdek beqaror birikmalarning oraliq mahsulotlarda mavjudligini nazorat qilish va berilgan rejimni taʼminlash;
apparaturada beqaror moddalarning xavfli konsentratsiyalari hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ingibatorlarni kiritilishi; qoʻllanilayotgan konstruksion materiallarning sifatiga va jarayonda mahsulotlar bilan kontaktda boʻladigan apparatlar, quvurlar, armaturalar, datchik priborlari yuzasiga ishlov berilishini benuqsonligiga qoʻyiladigan alohida talablarning bajarilishi;
portlash xavfi bor qattiq beqaror mahsulotlarni toʻplanib qolishiga imkon olish yoki kamaytirish uchun sigʻimli apparaturadagi mahsulotlar, xom-ashyolarning uzluksiz sirkulatsiyasi;
apparaturadan xavfli komponentlar bilan toʻyingan reaksion massani chiqarilishi;
polimerizatsiyalanish yoki smolalanish xususiyatiga ega boʻlgan mahsulotlarni saqlash rejimi va vaqtini, shu jumladan ularni tashish muddatini taʼminlash.
Jarayonni tashkil qilishning zaruriy va yetarli sharoitlarini tanlash, jarayon ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
Xom-ashyodagi aralashmalar miqdorlarini nazorat qilish davriyligi va usullari, oraliq va eng oxirgi mahsulotlarning reaksion massasidagi beqaror birikmalari, xavfli qoʻshimcha moddalarni oʻz ichiga olgan reaksion massani chiqarib tashlash tartibi, mahsulotlarni saqlash rejimi va vaqti ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi, bular loyiha hujjatlarida va ishlab chiqarishning texnologik reglamentida aks ettiriladi.
106. Asbob-uskunalar va quvurlarning ichki yuzalaridagi qattiq mahsulotlarning toʻplanishi, ularni, shu jumladan texnologik tizimlardan avariya holatida toʻkish moslamalari ham tiqilib qolishi mumkin boʻlgan holatlarda, bu toʻplanib qolgan qatlamlarni mavjudligini qilish va ularni xavfsiz yoʻqotish choralari, zaruriy xollarda — asbob-uskunalar nazarda tutiladi.
107. Havo kislorodi bilan va (yoki) suv bilan oʻzaro taʼsirda oʻz-oʻzidan yonib ketishi va (yoki) portlab ketishi mumkin boʻlgan katalizatorlarni, shu jumladan metalloorganik kislotalarni qoʻllashda, tizimga xom-ashyo, material va inert gazning tarkibidagi kislorod va (yoki) namlikning chegaraviy ruxsat etilgan qiymatlaridan oshadigan miqdorlarda berilishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar nazarda tutiladi. Kislorod va damlikning ruxsat etilgan konsentratsiyasi, ularning dastlabki mahsulotdagi miqdorini nazorat qilish usullari va davriyligi qoʻllaniladigan katalizatorlarni fizik-kimyoviy xususiyatlari, texnologik blokning portlash xavfliligi toifasini hisobga olgan holda aniqlanadi va reglamentlanadi.
108. Reaksion jarayonlarda komponentlarni dozalash asosan avtomatik holda bajarilishi va apparaturalar ichida portlaydigan aralashmalar hosil boʻlish yoki reaksiyalarni boshqarib boʻlmaydigan tarzda oʻtishiga yoʻl qoʻymaydigan ketma-ketlikda amalga oshirilishi kerak, bu jarayon ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
109. Jarayonda qatnashayotgan moddalarning qizib ketishiga, ularni oʻz-oʻzidan alangalanishiga yoki apparaturaning qizigan elementlari bilan kontakti natijasida portlash- xavfi bor mahsulotlarni hosil boʻlishi bilan termik emirilishga yoʻl qoʻymaslik uchun harorat rejimlari, mahsulot uzatilishining optimal tezliklari, ularni yuqori harorat zonasida boʻlishining chegaraviy ruxsat etilgan vaqti va reglamentlanadi.
110. Jarayonni boshqarib boʻlmaydigan xavfli rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, jarayonni barqarorlashtirish, avariyaning tarqalishini cheklash yoki apparatlarni boʻshatish choralari koʻrilishi kerak.
111. Reaksion massani boshqa apparatga bosim ostida oʻtkazish uchun davriy ishlovchi reaktordagi muhitning qoldiq bosimidan foydalanishga ayrim (alohida), -asoslangan hollarda ruxsat beriladi.
112. Suyuq fazali jarayonlar apparaturasi, undagi suyuqlik sathini tartibga solish va qilish tizimlari, bu suyuqlikni apparaturaga berilishida berilgan sathdan oshganda avtomatik oʻchirish vositalari, yoki toshib ketishiga imkon bermaydigan boshqa vositalar bilan taʼminlanadi.
113. Portlash xavfi bor texnologik jarayonlarning aralashtiruvchi moslamali reaksion apparatlari odatda, aralashtirgich vallari zichlagichlarining ishonchli ishlashini va germetikligini avtomatik nazorat qilish vositalari, shuningdek aralashtiruvchi moslamalar ishlamaganda, shuningdek bu jarayonni olib borish sharoitlari va xavfsizligini taʼminlash talab etilgan hollarda, apparaturaga mahsulotlarni yuklash imkoniyatini oldini oladigan blokirovkalar bilan taʼminlanadi.
114. Sovutuvchi (suyuq agent) bugʻlanishi hisobiga reaksiyaning ortiqcha issiqligini devor orqali issiqlik uzatish bilan olib ketilishi amalga oshiriladigan reaksion apparatura va issiqlik almashinish elementlarida sovuq agent sathini avtomatik nazorat, tartibga solish va signalizatsiya vositalari taʼminlanadi.
115. Reaksion apparaturalarni suyultirilgan gazlar bilan sovitish tizimlarida:
sovuq agent harorati (suyultirilgan gazning qaynash harorati), qiymati avtomatik tartibga solinadigan bosim muvozanatini ushlab turish bilan taʼminlanadi;
reaksion apparaturalarning issiqlik almashinish elementlaridan agentini avtomatik boʻshatish choralari, shuningdek u toʻsatdan oʻchib qolganda sovitish tizimlarida bosimning ruxsat etilgan qiymatdan oshishiga yoʻl qoʻymaydigan choralar, nazarda tutiladi.
116. Yuqori portlash xavfi borligi bilan tavsiflanadigan (atsetilin, yuqori parametrlarda etilen, peroksidli, metalloorganikli birikmalar va boshqalar), termik emirilishga yoki ixtiyoriy ravishda oʻz-oʻzidan polimerizatsiyalanish, oʻz-oʻzidan qizib ketishiga moyil, shuningdek oʻz-oʻzidan alangalanadigan yoki suv va havo bilan oʻzaro taʼsirida portlaydigan mahsulotlarni olishda yoki ishlatishda reaksion jarayonlarni ishlab chiqish va olib borish, bu xossalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi va qoʻshimcha maxsus xavfsizlik choralari nazarda tutilishi kerak.
§ 7. Suyultirilgan gazlar, tezda alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklarni saqlash va quyish-toʻkish jarayonlari.
117. SG, TAS va YoSni saqlash omborxonalari, shuningdek quyish-toʻkish estakadalari (punktlari), SG, TAS va YoSni saqlash va transportda tashish uchun rezervuarlarning (sigʻim-idishlarning) tuzilishi ushbu obyektlarga tegishli meʼyoriy talablarga va ushbu Qoidalarga mos kelishi kerak.
118. Yonuvchi suyuq moddalarni (SG, TAS va YoS) saqlash va uzatish, koʻchma va statsionar rezervuar-saqlagichlarni toʻldirish va boʻshatish boʻyicha texnologik operatsiyalarni bajarish tartibi, bu operatsiyalarning (bosim, uzatish tezligi, chegaraviy ruxsat etilgan maksimal va minimal sathlar, vakuumni yoʻqotish usullari va shu kabilar) portlash xavfsizligini aniqlaydigan jarayon parametrlarini tanlash mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi va reglamentlanadi.
119. Saqlash uchun rezervuarlar va SG, TAS va YoSni quyish-toʻkish estakadalari jarayonni xavfli parametrlarini nazorat qilish va boshqarish vositalari bilan jihozlanadi.
120. SG, TAS va YoSni saqlashda va quyish-toʻkish operatsiyalarini oʻtkazishda statsionar va koʻchma rezervuarlarni (idishlarni) va quyish-toʻkish moslamalarini, faqat ularni moʻljallangan mahsulotlar uchun ishlatish kerak. Bunda quyish-toʻkish operatsiyalari bajarilishining barcha bosqichlarida tasodifan mahsulotlarning aralashib ketishi mumkinligiga yoʻl qoʻymaydigan zaruriy choralar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Zaruriy xollarda, maxsus tayyorlangan boʻsh sigʻimlarni, fizikaviy-kimyoviy tavsifi va koʻrsatkichlari boʻyicha ular uchun moʻljallangan suyuq yonuvchi mahsulotlarga oʻxshash boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan toʻldirishga ruxsat beriladi. Bunda sigʻim uchun ruxsat berilgan bosimdan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Sigʻimlarni toʻldirishga tayyorlash tartibi (sigʻimlarni undagi mahsulotlar qoldiqlaridan boʻshatish, yuvish, tozalash, zararsizlantirish va shu kabilar) va quvurlarni, armaturalarni qayta ulash boʻyicha ishlarni olib borish.
121. Saqlash sharoitlarida qoʻshimcha (tashqi) beqaror birikmalar hosil boʻlishi, aralashmalarning toʻplanishi, asosiy mahsulotlarning portlash xavfini oshiradigan xossalari boʻlgan moddalar bilan quyish-toʻkish operatsiyalarini olib borishda va saqlashda aralashma va qoʻshimcha birikmalarni hosil boʻlishi va toʻplanish tezligini pasaytiradigan yoki hosil boʻlish mumkinligiga yoʻl qoʻymaydigan choralar, shuningdek statsionar, koʻchma rezervuarlarda va boshqa asbob-uskunalarda ularning miqdorini nazorati va oʻz vaqtida ularni yoʻqotish usullari nazarda tutiladi.
122. Montaj qilishdan, taʼmirlashdan, tozalashdan va shunga oʻxshash ishlarni bajarishdan keyin statsionar va (yoki) koʻchma rezervuarlarni SG va TASni bilan toʻldirishga tayyorgarlik koʻrishda, bu asbob-uskunalarda portlash mumkinligiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻzda tutiladi. Kuyishga tayyorgarlik koʻrish tartibi, asbob-uskunada kislorod konsentratsiyasining nazorati, shuningdek portlash xavfini aniqlaydigan boshqa parametrlarining nazorati reglamentlanadi.
123. Bosim ostida saqlanayotgan suyultirilgan yonuvchi gazlarning statsionar rezervuarlari sigʻimi portlash xavfining energetik koʻrsatkichlarini va aniq sharoitlarini hisobga olgan holda tegishli meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
124. SG, TAS va ESni rezervuarlari, avariya holatlarida yonuvchi mahsulotlardan boʻshatish uchun, odatda, avariya sharoitlarida xizmat koʻrsatishga qulay boʻlgan joyda, masofadan boshqariladigan tez ishlovchi oʻchiruvchi armatura bilan taʼminlanadi. Oʻchiruvchi armaturaning ishlab ketish vaqti ushbu Qoidaning 39(v)-bandi talablariga muvofiq belgilanadi.
125. Qalqib turuvchi tomli (ponton) rezervuarlar konstruksiyasi, ularni toʻldirish, boʻshatish boʻyicha operatsiyalarni bajarish tartibi va mahsulotni olish tizimi, mahalliy qizib ketishlarga, harakatlanuvchi detallarning ishqalanishi hisobiga uchqun hosil boʻlishiga va ularni mumkin boʻlgan oʻzaro toʻqnashishiga yoʻl qoʻymasligi, tomlarning (ponton) nosozligida ularning emirilishi va rezervuarlarda mumkin boʻlgan portlashlarning olishi kerak.
126. SG, TAS va YoSlarni quyish va temir yoʻlda tashish uchun moʻljallangan sisternalar, tashiladigan mahsulotning fizik-kimyoviy xossalari, davlat va tarmoq meʼyoriy hujjatlari talablarini hisobga holda, temir yoʻl transportida xavfli yuklarni tashishning xavfsizlik Qoidalariga muvofiq armatura, nazorat vositalari, quyish-toʻkish, himoya va boshqa moslamalar bilan taʼminlanadi.
127. Yonuvchi mahsulotlarni quyish-toʻkish uchun temir yoʻl sisternalarini qoʻyish tartibi, bu operatsiyalarni xavfsiz oʻtkazishni taʼminlashi va maxsus tarmoq meʼyoriy-texnik hujjatlari bilan belgilanishi kerak. Temir yoʻl sisternalariga quyish-toʻkishda quyish ostidagi sisternaning oʻz-oʻzidan harakatlanishi imkoniyatini, quyish moslamalarining germetikligini yoʻqolishi va atmosferaga yonuvchi mahsulotlarning otilib chiqishini oldini oladigan, shuningdek gazlanishi mumkin boʻlgan zonada doimiy yoki tasodifiy (mexanik, elektr va boshqa kelib chiqishlari oqibatida) oʻt oldirgich manbalari mavjudligiga yoʻl qoʻymaydigan choralar nazarda tutiladi.
128. Temir yoʻllarda turgan SG, TAS va YoSLI temir yoʻl sisternalarini statsionar, omborxona sigʻimlari (tarqatish-xarajat) sifatida foydalanishga ruxsat berilmaydi.
129. SG, TAS va YoSlarni sisternadan toʻkish va unga quyish maxsus quyish-toʻkish shaxobchalarida amalga oshirilishi kerak. Quyiladigan mahsulotning har bir turi uchun, agarda uni boshqa mahsulotlar bilan aralashtirishga yoʻl quyib boʻlmaganda, mustaqil quyish-toʻkish shoxobchalari yoki bu shaxobchalarda alohida quyish moslamalari nazarda tutiladi. Quyish shaxobchalaridan oʻzaro bir-biriga mos (toʻgʻri) kelmaydigan mahsulotlarni navbatma-navbat quyishga ruxsat berilmaydi.
130. Quyish-toʻkish nosoz sisternalarni avariya holatida boʻshatish boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun usullar va vositalar, shuningdek maxsus jihozlangan joylar nazarda tutilishi kerak. Bu operatsiyalarni bajarishdagi xavfsizlik choralari yoʻriqnomalar bilan belgilanishi kerak.
131. SG, TAS va YoSni quyish-toʻkish tizimining sisternalari, rezervuarlari, quvurlari va boshqa asbob-uskunalari foydalanish uchun ishonchli, oddiy va qulay boʻlishi kerak. Ularning tuzilishi quyish-toʻkish operatsiyalarini olib borishda toʻkilib ketish hamda yonuvchi bugʻ va gazlarning atmosferaga chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
132. Quyish-toʻkish tizimlarida haydaladigan muhitga chidamsiz boʻlgan materiallardan tayyorlangan moslamalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
133. SG, TAS va YoSni quyish-toʻkish sisternaning toshib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan ishonchli, asosan avtomatik moslamalar bilan jihozlanadi.
134. SG, TAS va YoSni quyish operatsiyalarini nasoslar bilan olib borishda ularni masofadan turib oʻchirish vositalari nazarda tutiladi. Oʻchiruvchi moslamalar xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablarni hisobga olgan holda, ekspluatatsiya qilish va xizmat koʻrsatilishi yengil va qulay joylarda oʻrnatilishi kerak.
135. Estakadaga SG, TAS va YoS kelayotgan quvurlarda, estakadada avariyalar yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarda, bu quvurlarni oʻchirish uchun tez ishlovchi moslamalar yoki masofadan boshqariladigan zulfinlar oʻrnatiladi.
Bu moslamalarni boshqarish — joyida va masofadan (xavfsiz joydan) boʻlishi kerak.
136. Sisternalarga (sisternalardan) suyultirilgan gazlarni va past haroratda qaynaydigan yonuvchi suyuqliklarni (qaynash harorati atrof muhit haroratidan past) quyish-toʻkish operatsiyalarini xavfsiz olib borish uchun quvurlarda bugʻ hosil boʻlishini minimumga olib, kavitatsiya, gidravlik zarbalar va boshqa quyish-toʻkish tizimlari elementlarini mexanik buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan hodisalarga yoʻl qoʻymaydigan choralarni nazarda tutish kerak.
137. Quyish-toʻkish operatsiyalarini olib borishda atmosfera va statik elektrdan himoyalanish choralarini nazarda tutish kerak.
138. Quyish-toʻkish estakadalarda, tizimni bu mahsulotlardan zarur boʻlganda boʻshatishda quyish-toʻkish tizimlarining bugʻ-gaz fazalarini tartibli yigʻish va qayta foydalanish qurilmalariga ulash imkoniyati taʼminlanishi kerak va quyish-toʻkish kollektorlari tizimlarida portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularga inert gazi va bugʻ berilishi, shuningdek bu tizimda yonuvchi moddani ishonchli ravishda yoʻqotish imkoniyatini nazarda tutish kerak.
V bob. Texnologik jarayonlarni apparaturalar bilan jihozlash.
§ 1. Umumiy talablar.
139. Asbob-uskunalarni tanlash, loyihalashning dastlabki maʼlumotlari, amaldagi meʼyoriy hujjatlar va mazkur Qoidaning talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Texnologik tizimga kiradigan texnologik bloklarning portlash xavfi toifasidan kelib chiqib, asbob-uskunalarni ishonchlilik koʻrsatkichlari boʻyicha tanlash amalga oshiriladi.
140. Texnologik asbob-uskunalar va quvurli armaturalar uchun ekspluatatsiyaning aniq sharoitlarini hisobga olgan holda, ishlatishning yoʻl qoʻyiladigan muddati belgilanadi. Ishlash muddati haqidagi maʼlumotlar asbob-uskunalar va quvurli armaturalarning pasportlarida tayyorlovchi tomonidan keltirilishi kerak. Quvurlar uchun loyihalash tashkiloti tomonidan hisoblab aniqlangan ekspluatatsiya muddati belgilanadi, bu loyiha hujjatida aks ettirilishi va quvur pasportiga kiritilishi kerak.
Belgilangan ishlash muddatini oʻtab boʻlgan texnologik asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi va quvurlarning xavfsiz ekspluatatsiya muddatini uzaytirish, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
141. Portlash xavfi bor muhitni hosil boʻlishi va oʻlchami, jarayonda qatnashayotgan moddalar yonishining minimal energiyasidan oshadigan energiya manbalarini yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik mumkin boʻlmagan asbob-uskunalar (apparatlar va quvurlar) uchun portlashdan himoya va alangani kuchayishiga yoʻl qoʻymaydigan usullar va vositalar, asoslangan holatlarda - portlashning toʻliq bosimini hisobga olib, mexanik chidamlilikni oshirish nazarda tutiladi.
Portlashdan himoya, alanganing kuchayishiga yoʻl qoʻymaydigan vositalar va boshqa avariyaga qarshi moslamalarniig samaradorligi va ishonchliligi - asbob-uskunalarning sanoat nusxalarini portlashdan himoyalashga sinash bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
142. Asbob-uskunalarni avariyaga qarshi moslamalar bilan taʼminlanishi, unda yonish manbalari hosil boʻlishini olishga qaratilgan choralar ishlab chiqish zaruriyatini inkor etmaydi.
143. Asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash uchun ishchi muhit bilan oʻzaro taʼsir beqaror birikmalar — qayta ishlash mahsulotlarining portlash sababchisini, hosil qiladigan materiallarni qoʻllanishiga ruxsat berilmaydi.
144. Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarni tayyorlash sifati, ushbu asbob-uskunalar va quvurlarning meʼyoriy hujjatlari va texnik hujjatlari talablariga mos boʻlishi kerak.
Ortiqcha bosim ostida ishlaydigan apparatlarning tuzilishi bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar (idishlar) uchun meʼyoriy hujjatlar va ushbu Qoidaning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
145. Texnologik asbob-uskunalarni va quvurlarni montaj qilish loyihaga muvofiq, qurilish meʼyorlari va qoidalari, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
0,07 megapaskal (0,7 kg kuch / sm2)dan yuqori ortiqcha bosim ostida ishlaydigan va texnologik jarayonlarda qatnashadigan, shuningdek kimyoviy moddalarni saqlash va tashishga moʻljallangan apparatlar, agregatlar va sigʻimlar (idishlar) ishga tushirishdan oldin “Bosim ostida ishlaydigan sigʻimlarning tuzilishi va ulardan xavfsiz foydalanish Qoidalari”ga asosan “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasida roʻyxatga olinadi.
Asbob-uskunalar, materiallar va komplektlovchi (butlovchi) ashyolarning tayyorlanish sifati va meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻq boʻlsa, ularni montaj qilishga ruxsat berilmaydi.
146. Asbob-uskunalar, quvurlar armaturasi, himoya vositalari va asboblar nazorati pasportlarida Davlat standartlari tomonidan nazarda tutilgan ishonchlilik koʻrsatkichlari koʻrsatilishi kerak.
147. 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar qurilmalarida portlash-yonish xavfi bor va zaharli mahsulotlarni uzatuvchi 1-toifali quvurlarning payvandlangan birikmalari buzmaydigan usullar bilan (ultratovushli defektoskopiya, sirgib kiruvchi nurlanish bilan yoritib tekshirish yoki boshqa shunga oʻxshash usullar) 100 foizli nazoratdan oʻtkaziladi.
Nazoratni buzmaydigan usullarni tanlash va boshqa toifadagi quvurlarni nazorat hajmi loyiha hujjatlarida belgilanishi va ularni xavfsiz ekspluatatsiyasini taʼminlash uchun yetarlicha boʻlishi kerak.
148. Texnologik tizimlar germetik boʻlishi kerak. Asoslangan vaziyatlarda, pasport maʼlumotlari boʻyicha yonuvchi moddalarni reglamentlangan oqib (sizib) chiqishlari (ish rejimida bu oqib chiqishlarning ruxsat etilgan oʻlchamlarini koʻrsatilishi bilan) mumkin boʻlgan asbob-uskunalarni qoʻllashga ruxsat beriladi. Loyiha hujjatlarida ularni yigʻish va olib ketish tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
149. TAS va SG bilan kontaktda ishlaydigan texnologik asbob-uskunalarning qoʻzgʻaladigan birikmalarini germetiklash uchun asosan gʻoʻla turidagi zichlagichlar qoʻllaniladi.
150. Texnologik apparatlar va quvurlarni tashqi issiqlikdan izolatsiyalash zarur boʻlganda, unga yonuvchi mahsulotlar tushishini himoyalaydigan choralar nazarda tutiladi.
Asbob-uskunalarning tashqi yuzasi va (yoki) issiqlik izolatsiyalash qoplamalari haroratlari portlash-yonish xavfi eng koʻp boʻlgan mahsulotlarning oʻz-oʻzidan alangalanish haroratidan oshmasligi, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻladigan joylarda esa, bino ichkarisida 40° S dan va tashqi qurilmalarda 60° S dan oshmasligi kerak.
151. Texnologik asbob-uskunalarning almashish elementlari konstruksiyasi tashuvchi va texnologik muhitni oʻzaro bir biriga oʻtib ketishi imkoniyatiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Issiqlik almashish elementlarining tuzilishi, tayyorlanishi va ishonchliligiga talablar ekspluatatsiyasi va holatining nazorati, sinov tartibi tegishli meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
152. Texnologik jarayonlarni olib borish sharoitlari boʻyicha bugʻ kondensatsiyasi boʻlgan gaz-faza jarayonli apparaturalar uchun quvurlari uchun, zarur boʻlganda suyuq fazani yigʻish va olib ketish uchun moslamalar nazarda tutilishi kerak.
153. Texnologik asbob-uskunani tozalash boʻyicha davriy reglamentda belgilangan ishlarni olib borish uchun, odatda, uskunalar ichida odamlarning boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan gidravlik, mexanik yoki tozalash vositalari nazarda tutiladi.
154. Portlash-yonish xavfi bor mahsulotli apparatlar suv, bugʻ, inert gazi liniyalarini ulash uchun moslamalar bilan jihozlanadi. Apparatlar shamollatish uchun moslamalar bilan taʼminlanishi mumkin.
155. Ish turi boʻyicha eksgoguatatsiya jarayonida vibratsiyaga uchraydigan portlash-yonish xavfi bor texnologik tizimlar, asbob-uskunalar va quvurlar uchun, vibratsiyaning — ularning zichlovchi elementlariga taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik va texnologik tizimlar va qurilish konstruksiyalarning oʻzaro bogʻliq elementlariga taʼsirini kamaytirish boʻyicha choralar va vositalar nazarda tutiladi.
Ayrim turdagi asbob-uskunalar va ularning elementlari (uzellari va detallari) uchun vibratsiyaning ruxsat etilgan darajasi, bu oʻlchamlarni nazorat qilish usullari va vositalari, hamda ularning qiymatlarini pasaytirish usullari davlat standartlari, meʼyoriy hujjatlar talablariga mos boʻlishi va asbob-uskunalarning texnik hujjatlarida aks etishi kerak.
§ 2. Asbob-uskunalarni joylashtirish.
156. Ishlab chiqarish binolari va ochiq maydonlarda texnologik asbob-uskunalar, quvur oʻtkazgich armaturalar va boshqalarni joylashtirishda - ulardan foydalanishda xavfsizlik va qulaylik, taʼmir ishlarini olib borish va avariya vaziyatlarini oldini olish yoki avariyani rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun operativ choralarni qabul qilish mumkinligi taʼminlanishi kerak.
157. Binolarda, tashqi qurilmalarda texnologik asbob-uskunalarni va quvurlarni, shuningdek, estakadalardagi quvurlarni joylashtirish, ularning holatini koʻz bilan tekshiruvdan oʻtkazish, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va almashtirish boʻyicha ishlarni bajarish mumkinligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
158. Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarda texnologik asbob-uskunalarni quyidagi hollarda joylashtirishga ruxsat etilmaydi: — yordamchi binolar ostida va ustida:
yonuvchi, oʻyuvchi va portlash bor mahsulotli texnologik estakadalari ostida;
ochiq nasos va kompressor qurilmalari maydonchalari ustida, germetik salniksiz nasoslar ishlatilgan, asbob-uskunalarga portlash-yonish xavfi bor moddalarni tushishiga yoʻl koʻymaydigan maxsus xavfsizlik choralari amalga oshirilgan hollardan tashqari.
159. Amaldagi texnologik tizimdan chiqarilgan asbob-uskunalar, agar u portlash xavfi bor va (yoki) II-toifali texnologik bloklar bilan bitta binoda joylashgan boʻlsa, demontaj qilinishi kerak, qolgan barcha hollarda u amaldagi tizimdan izolatsiyalanishi kerak.
§ 3. Apparatura va quvur oʻtkazgichlarni korroziyadan qarshi himoyalash choralari.
160. Zanglashda-faol moddalar qatnashadigan portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarning texnologik asbob va quvurlaridan foydalanishda, qoʻllaniladigan konstruksion materiallarni korrozion emirilish tezligini hisobga olib ularni himoya usullari nazarda tutiladi.
161. Zanglashdagi moddalar bilan kontaktda boʻladigan texnologik asbob-uskunalar va quvurlar, asosan korroziyaga chidamli metall konstruksion materiallardan tayyorlanadi.
Asoslangan hollarda, asbob-uskunalar va quvurlarni himoyalash uchun korroziyaga chidamli nometall (metall emas) qoplamalar (ftoroplast, polietelen va shu kabilar) qoʻllash, tadqiqot natijalari bilan tasdiqlangan va seysmikligini hisobga olgan holda, xavfsizlik choralari ishlab chiqilgan holda portlash xavfi bor III-toifali texnologik blokli qurilmalarda esa nometall korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlangan asbob-uskunalar va quvurlardan (shisha, chinni, ftoroplast, polietilen va hokazolar) foydalanishga ruxsat beriladi.
162. Asbob-uskunalar va quvurlarning, emirilmaydigan usullardan foydalangan holda korroziya natijasida emirilish darajasi ustidan nazorat tartibi, nazorat oʻlchovi usullari, davriyligi va uni oʻtkazish joylari aniq ishlatilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda (yangi ishlab chiqarishlar uchun maxsus tekshirishlar natijasi boʻyicha) ishlab chiqarish yoʻriqnomasida aniqlanadi va meʼyoriy talablarga muvofiq bajariladi.
§ 4. Nasoslar va kompressorlar.
163. Kompressorlarning va nasoslarning tuzilishi va ishlatilishi amaldagi meʼyoriy hujjatlar va ushbu Qoidalar talablariga javob berishi kerak. Yonuvchi, qisilgan va suyultirilgan gazlarni, tez (yengil) alangalanadigan va yonadigan suyuqliklarni uzatish uchun ishlatiladigan nasoslar va kompressorlar, ishonchliligi, hamda konstruktiv xususiyati boʻyicha, kritik parametrlarini, uzatilayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va texnologik jarayon parametrlarini hisobga olgan holda, tanlab olinadi. Bunda nasoslar va kompressorlarning soni texnologik jarayonlarning uzluksizligini taʼminlaydigan sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; asoslangan hollarda (ishonchlilikni taʼminlanishi hisobi bilan tasdiqlangan) ularning zaxiralari ham nazarda tutiladi.
164. Nasoslar va kompressorlar blokirovka tizimlarining ishlab ketish tartibi texnologik qurilmaning avariyaga qarshi avtomatik himoyalash tizimining ishlab ketish dasturi (algoritm) bilan aniqlanadi.
165. Nasos yoki kompressor haydash va soʻrish quvurlarida oʻrnatiladigan berkitish armaturasi unga maksimal yaqinlashtirilgan va xizmat koʻrsatish uchun qulay boʻlgan zonada boʻlishi kerak.
Agarda tashilayotgan moddalarni orqaga qaytishining oldini oluvchi boshqa qurilma boʻlmasa, haydash quvurlarida qaytma klapan oʻrnatilishi nazarda tutiladi.
166. Amaldagi meʼyoriy-texnikaviy hujjatlar va ushbu Qoida talablariga muvofiq qurilma konstruksiyasida nazarda tutilgan va tayyorlovchi — zavod pasportida koʻrsatilgan avtomatlashtirilgan nazorat vositalari va blokirovka tizimlari holati nosoz yoki yoʻq boʻlganda, kompressor qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
167. TAS (tez alangalanuvchi suyuqlikni) haydash uchun, odatda, ikkita toretsli, asoslangan hollarda esa bitta toretsli qoʻshimcha zichlagichli markazdan qochirma (salniksiz) nasoslar qoʻllaniladi. Suyultirilgan uglevodorodli gazlar uchun, odatda, markazdan qochirma germetik (salniksiz) nasoslar qoʻllaniladi. Ikkita toretsli zichlagichli, tandem turidagi markazdan qochirma nasoslar qoʻllanishiga ruxsat beriladi. Zichlovchi suyuqlik sifatida, odatda, haydaladigan muhitda yonmaydigan va (yoki) neytral ishlatilishi kerak. YoS (yonadigan) uchun nasoslar tarmoq meʼyorlari talablariga muvofiq tanlab olinadi.
Ayrim hollarda TAS va YoSni haydash uchun uzatishning kichik hajmiy tezligida, shu jumladan dozalash tizimlarida, porshenli nasoslarni ishlatishga ruxsat beriladi.
168. Ikkita toretsli zichlagichli markazdan qochirma nasoslar zichlovchi suyuqliklarni sirqishini (sizib chiqishi) nazorat qilish va tizimlari bilan taʼminlanishi kerak. Nasoslarni toʻxtatish, zaxiraga oʻtkazish boʻyicha operatsiyalar ketma-ketligi va AQAH tizimiga blokirovka zaruriyati, loyihani ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
169. Nasoslarning va kompressorlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari himoyalanish toʻsiqlari va gʻiloflari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
170. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli qurilmalarda torets zichlagichli markazdan qochirma kompressorlar va nasoslar oxirgi qiymatga erishganda ishlab ketadigan signalizatsiya va bu qiymatlardan oshib ketganda ishlab ketishi kerak boʻlgan AQAH tizimiga blokirovkalar bilan, harorat boʻyicha podshipniklar holati ustidan nazorat qilish tizimlari bilan taʼminlanishi kerak. Nasosni toʻxtatish va qayta ulash boʻyicha operatsiyalarning ketma-ketligi loyihani ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi. Kompressorlarning va nasoslarning konstruksiyalari podshipnik harorati datchiklarini oʻrnatilishini tutadi.
Vibratsiya darajasi ustidan davriy nazorat oʻrnatilishi kerak.
§ 5. Quvurlar va armaturalar.
171. Yonuvchi va portlash xavfi bor mahsulotlar uchun quvurlarni va armaturalarni tayyorlash, montaj qilish va ishlatish, tashilayotgan muhitning kimyoviy xususiyati va texnologik parametrlaridan, hamda amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlarning talablaridan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.
172. Portlash xavfi bor texnologik tizimlarda suyultirilgan yonuvchi gazlar, bugʻ-gaz holatidagi moddalar, tez alangalanadigan suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklarni tashish uchun statsionar quvurlar sifatida egiluvchan shlangalarni (rezinali, plastmassali va shu kabilar) qoʻllash tavsiya etilmaydi. Temir yoʻl va boshqa nostatsionar asbob-uskunalarga quyish va toʻkish operatsiyalarini olib borish uchun, yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun (quvur, nasos uchastkalarini puflash, puflanuvchi gaz va bugʻlarni olib ketish, quvurlarni SG, TAS, YoS va x.k. qoldiqlaridan boʻshatish) egiluvchan shlangalar qoʻllanishi mumkin. Yordamchi operatsiyalarni bajarish uchun egiluvchan shlangalarni ulash faqat bu ishlarni olib borilish davrigagina ruxsat beriladi. Shlangalarni quvurlarga biriktirish standart boʻlinmalar yordamida amalga oshiriladi.
Shlangalarni tanlash, tashilayotgan mahsulot xususiyati va jarayonni oʻtkazish parametrlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi; shlangalarni ishlatish muddati amaldagi davlat standartlari va meʼyoriy hujjatlar bilan belgilanadi va uzaytirilmaydi.
173. Reglamentlangan parametrlardan ogʻishlarda quvurlarda detonatsion portlashlar yuz berishi mumkin boʻlgan portlash xavfi bor texnologik tizimlarda, detonatsion portlashlarni va bu quvurlar bilan bogʻliq boʻlgan apparatlarga portlashlar oʻtishini oldini olish boʻyicha choralar koʻrilishi kerak.
174. Quvurlarni yotqizishda, kommunikatsiyalar uzunligining eng kam qiymati taʼminlanishi, osilib qolishi va turgʻin zonalarni hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
175. Binolarning qurilish konstruksiyalari va boshqa toʻsiqlar orqali quvurlarni yotqizishda, quvurlarga qoʻshimcha yuklanish tushishi imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan choralar koʻriladi.
176. Quvurlarda, odatda, flanetsli yoki boshqa qismlarga ajraladigan birikmalari boʻlmasligi kerak.
Flanetsli birikmalarga armaturalar oʻrnatiladigan yoki quvurlar apparatlarga biriktiriladigan joylarda, hamda texnologiya shartlari boʻyicha quvurlarni tozalash va taʼmirlash uchun davriy ishlab chiqish talab etiladigan uchastkalarda ruxsat beriladi.
177. Flanetsli birikmalar koʻz bilan kuzatish, xizmat koʻrsatish, ishlab chiqish, taʼmirlash va montaj qilish uchun ochiq va qulay joylarga joylashtiriladi. Portlash xavfi bor, zaharli va oʻyuvchi moddalari boʻlgan quvurlarning flanets birikmalarini odamlar doimo oʻtadigan joylarga va ish maydonchalari ustiga joylashtirishga ruxsat berilmaydi (xodimlarning doimo boʻladigan joylarga).
Flanetslar materiali, zichlash konstruksiyasi ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, tegishli meʼyor va standartlar boʻyicha qabul qilinadi. Quvurlarning flanets birikmalarni tanlab olishda, bu hujjatlarda koʻrsatilmagan sharoitlarda moddalarni tashish uchun flanetslar materiali va zichlash konstruksiyasi loyiha, konstruktor yoki ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tavsiyasi boʻyicha qabul qilinadi.
Oʻz tarkibida I-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega boʻlgan obyektlarda portlash xavfi bor mahsulotli texnologik quvurlar uchun silliq yuzali zichlovchi flanets birikmalarni qoʻllashga ruxsat berilmaydi, spiral shaklidagi oʻrama qistirma(prokladka)larni qoʻllash bundan istisno.
178. Zichlash konstruksiyasi, qistirma materiali va flanets birikmalar montaji texnologik tizimni ishlatish, taʼmirlash orasidagi davr ichida boʻlaklarga ajratish, birikmalarning zarur boʻlgan germetik darajasini taʼminlashi kerak.
179. Yonuvchi mahsulotli quvurlarni kollektorga biriktirgan joylarda ularni davriy uzish uchun armatura oʻrnatish nazarda tutiladi.
I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarni quvur kollektorlariga ulashda, asoslangan hollarda ishonchliligini oshirish uchun takrorlovchi oʻchirish moslamalarini oʻrnatish nazarda tutiladi.
180. Yonuvchi va portlash xavfi bor muhitlarning bloklar orasi quvurlarida har bir alohida texnologik blokni avariya holatida oʻchirish uchun moʻljallangan masofadan boshqariladigan berkitish armaturasi oʻrnatiladi. Armatura, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash, hamda uning holatini koʻz bilan nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joylarda oʻrnatiladi. Qv < 10 ga ega boʻlgan texnologik bloklar quvurlaridagi dastakli uzatmali armatura, uni minimal vaqtda harakatga keltirishni taʼminlashni hisobga olgan holda oʻrnatiladi.
I-toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda poʻlat berkitish va berkitish-tartibga solish (rostlash) armaturasi qoʻllanishi kerak.
181. II va III toifali portlash xavfi bor blokli texnologik tizimlarda, odatda, ishlatilish sharoitlarida va meʼyoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga, sanoat xavfsizligi, hamda ushbu Qoida boʻyicha javob beruvchi, ishchi muhit korroziyasi taʼsiriga chidamli poʻlat armatura qoʻllaniladi.
Qv ≤ 10 ga ega boʻlgan texnologik bloklarda, asoslangan holda (maxsus tadqiqot natijalari boʻyicha), ishlatish sharoitlarida qoʻshimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqishda choʻyanli va nometall konstruksion materialli (plastik massalar, shisha va boshqalar) armaturalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi xavfsizlik choralari sanoat xavfsizligi sohasida amalda boʻlgan meʼyoriy-texnikaviy hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqiladi.
182. Portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar quvurlarida oʻrnatish uchun qoʻllaniladigan, zatvorida metall zichlagich ishlatiladigan armatura Davlat Standarti (DST) 9544 “quvurli armatura. Zatvorlarning germetik meʼyorlari.” boʻyicha zichlilikning “V” sinfiga mos boʻlishi kerak.
183. Bosimi R >2,5 MPa ga teng boʻlgan, reglamentlangan bosimda qaynash haroratiga teng haroratga ega muhitli va birikmalari ishonchliligi va zichligi boʻyicha yuqori talablar qoʻyilgan 1-toifali portlash xavfi bor texnologik bloklar quvurlarida payvandlab ulanadigan armatura qoʻllanishi kerak.
§ 6. Avariyaga qarshi moslamalar.
184. Texnologik tizimlarda avariyadan ogohlantirish, ularning rivojlanishini oldini olish uchun avariyaga qarshi quyidagi moslamalar qoʻllanishi zarur: armatura, klapanlar, ajratuvchi va boshqa uzuvchi moslamalar, bosim oshib ketishidan saqlovchi moslamalar, alangani soʻndirish va uning kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik vositalari, portlashni soʻndirish avtomatik tizimi.
185. Usullarni va vositalarni tanlashni, himoya tizimi elementlarining ishlab ketish ketma-ketligi, avariya kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik va uning rivojlanib ketishini oldini olish texnologik jarayon xususiyatlarini hisobga olgan holda, bu avariyalar rivojlanib ketishi mumkinligi, sxemalar (ssenariylar) tahliliy natijalari va obyektga kiruvchi texnologik bloklarning portlash xavfliligi toifasi boʻyicha loyiha hujjatlarida va texnologik reglamentda aks ettiriladi.
186. Portlash xavfi bor barcha toifali texnologik bloklarda va ajratuvchi moslamalar sifatida avariya holatida oʻchirish uchun yonuvchi muhitlarni oksidlovchi moddalarning nisbatini barcha tizimlarida tartibga solishda (rostlashda) tez taʼsir etish va ishonchliligi boʻyicha talablarga mos boʻlgan berkitish-rostlash armaturasini qoʻllashga ruxsat beriladi.
187. Blokni avariya holatida oʻchirishga moʻljallangan berkitish armaturasi, klapanlari, ajratgich boshqa moslamalar tez ishga tushishi boʻyicha quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yonuvchi suyuqlikni bugʻlanishi uchun ishlatiladigan issiqlik tashuvchi quvurlarda oʻrnatiladigan oʻchiruvchi tez ishga tushishi loyiha bilan oʻrnatiladi;
I va II toifali texnologik blokli qurilmalar bosimi manbalari, tez ishga tushishi loyiha bilan aniqlanadigan, haydash liniyalaridagi ajratuvchi armaturani ishlab ketishi bilan bir vaqtda oʻchirilishi kerak;
asbob-uskunani avariya holatida germetikligi buzilganda, oʻchirish moslamalarini ishlab ketish vaqti ushbu Qoidaning 39.3-bandi talablariga mos boʻlishi kerak.
188. Ingibator va inert moddalarni texnologik apparaturaga berish tizimlarida ishlatiladigan armatura, klapanlar va boshqa moslamalar oʻzining tez ishga tushishi va unumdorligi boʻyicha:
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga inert gazini berish tizimlarida, reglamentlangan qiymatlardan jarayonni ogʻishi mumkin boʻlgan barcha hollarda, portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan inert gazni kiritish hajmiy tezligini taʼminlashi kerak;
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning ingibator moddalarni kiritish tizimlarida boshqarib boʻlmaydigan ekzotermik reaksiyalarni soʻndirish uchun ingibatorlar yuborishning kerakli hajmiy tezligini taʼminlashi kerak;
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning yonuvchi bugʻ-gaz va suyuq muhitni tartibli chiqarib yuborish kommunikatsiyalarida bu muhitlarni atmosferaga chiqarib yuborish mumkinligiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
189. Asbob-uskunalarga oʻrnatilgan himoya vositalari ishlab ketganda, xizmat koʻrsatayotgan xodimlarni jarohatlanishi mumkinligini, portlash xavfi bor mahsulotlarni ish joylariga va atrof-muhitga chiqarib yuborilishining oldi olinishi kerak.
190. Texnologik tizimlarni portlashdan himoyalash uchun qoʻllanadigan armatura, saqlash moslamalari, alangani kengayib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan vositalar bu moslamalarni tayyorlash, sinash va montaj qilish amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq tayyorlanishi kerak.
Sinovdan oʻtgan va tayyorlovchi-zavod pasportiga ega moslamalarni ishlatishga ruxsat beriladi.
191. Bosim oshishidan apparatlarni va kommunikatsiyalarni himoyalash vositalari tanlash, hisoblash va ishlatish, amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Portlash xavfi bor mahsulotli texnologik apparatlarda (quvurlarda) saqlash moslamalarini oʻrnatishda, ular ishlab ketishining minimal chastotasini taʼminlovchi tadbir va vositalar (shu jumladan, jarayonni avtomatik ravishda tartibga solish-rostlash) nazarda tutiladi.
192. Alangani tarqalib ketishiga qarshi himoya vositalari (olov toʻsqich, alanga ajratkich, suyuqlikka uchun va boshqalar) TAS va apparat va rezervuarlarning, oluvchi va chiqaruvchi liniyalarda, hamda alanga tarqalishi mumkin boʻlgan TAS va quvurlarda, shu bilan birga davriy yoki quvurning toʻlmagan kesimida qizdirilgan katalizator, alangali yonuvchi va boshqa manbai asbob-uskunalarning quvurlarida oʻrnatilishi kerak.
Alanga tarqalishiga qarshi himoya vositalari, bu liniyalarga ularda portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan inert gazlarni berish xollarida, oʻrnatilmasligi mumkin. Inert gazlarini berish tartibi reglamentlangan.
Olov va suyuqlikka oid berkituvchilarining konstruksiyalari, ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, alangani kengayib ketishining ishonchli oldini olinishini taʼminlashi kerak.
193. Olov va suyuqlikka oid berkituvchilar uchun ekspluatatsiya sharoitlarida, shu jumladan kristallanish, polimerizatsiyalanish va moddalarning muzlash holatlariga imkon boʻlganda, ularni ishonchli ishlatishini taʼminlovchi choralar nazarda tutiladi.
194. Bosim ostida ishlayotgan va portlash xavfi bor I toifali bloklarga kiruvchi TASli rezervuarlarda vakuum paydo boʻlishi imkoniyatida, uni soʻndirish va portlash xavfi bor muhit hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, rezervuar muhitida boʻlayotganlarga nisbatan inertli gaz berilishi nazarda tutiladi.
Bosimsiz ishlayotgan, portlash xavfi I toifali bloklarda, TASli rezervuarlarda, portlash xavfi bor aralashmalar hosil boʻlishini oldini olish choralari yoki alangalanish manbalariga yoʻl qoʻymaslik choralari nazarda tutiladi.
195. Portlash-yonish xavfi bor texnologik qurilmalarning nosoz yoki oʻchirilgan avariyaga qarshi moslamalari va oʻchirilgan inert va ingibitor moddalarni berish tizimlari bilan ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilmaydi.
Avariyaga qarshi himoya vositalarining, inert va ingibitor moddalarni berish tizimlarining holati davriy ravishda nazorat qilinishi kerak.
Nazoratning davriyligi va uslublari loyiha bilan aniqlanadi va reglamentlanadi.
VI bob. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomatik himoya qilish tizimlari.
§ 1. Umumiy talablar.
196. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, avtomatik va masofadan boshqarish tizimlari, avariyaga qarshi avtomatik himoya (AQAH) tizimlari, shuningdek avariya vaziyatlari toʻgʻrisida aloqa va xabar berish (aloqa va xabar berish) tizimlari, shu jumladan asbob-uskunalar bilan komplekt yetkazib beriladiganlar ushbu Qoida, amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar, loyiha, reglamentlar talablariga javob berishi va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turishni, texnologik jarayonlarni ishonchli va xavfsiz olib borishni taʼminlashi kerak.
197. Ishonchlilik, tez ishga tushuvchanligi, oʻlchash tizimlarini ruxsat berilgan xatoligi va boshqa texnik tavsifi boʻyicha nazorat, boshqarish va AQAH, shuningdek A va XB (SiO) tizimlarini tanlash texnologik jarayonning xususiyatlari hisobi va obyektlarga kiradigan texnologik bloklarning portlash xavfliligi toifasiga bogʻliq holda tanlanadi.
198. Avariyaga qarshi optimal avtomatik himoya vositalari va uslublari, texnologik obyektlarining xavfliligi, boʻlishi mumkin boʻlgan avariya vaziyatlarini yuz berishi va rivojlanish sharoitlari, texnologik jarayonlar va apparaturalar bilan taʼminlanishi tahlil asosida tanlanadi. AQAH tizimlari uchun vositalarni ratsional tanlash ularni ishonchliligi, tez ishga tushuvchanligi va shu kabilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
199. Ishlab chiqarish binolari va tashqi qurilmalarining portlash xavfi bor joylarda nazorat, boshqarish va AQAH, shuningdek aloqa va xabar berish tizimlari elementlarini va elektr vositalarini joylashtirish, portlashdan himoya darajasi elektr moslamalarni tuzilishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga mos boʻlishi kerak.
200. Portlash xavfi bor binolarda, ularga kirish eshiklari oldidan tashqarida havo muhitining gazlanganligi toʻgʻrisidagi yorugʻlik va tovushli signalizatsiya vositalari nazarda tutiladi.
201. Avariya vaziyatlarini toʻxtatish rejasi boʻyicha foydalaniladigan avtomatik vositalar texnologik reglamentga muvofiq belgilanishi kerak.
202. Nazorat, boshqarish va AQAH, shuningdek aloqa va xabar berish tizimlari, ularning funksional vazifasi, himoyaning oʻrnatma oʻlchamlari (kattaliklari), nazorat qilinadigan parametrlarning kritik qiymatlari aniq aks ettirilgan tegishli yozuvlarni yozish bilan markalanadi.
203. Nazorat, boshqarish va AQAH, shuningdek aloqa va xabar berish tizimlarini joylashtirish, xizmat koʻrsatish uchun xavfsiz va qulay joylarda amalga oshiriladi. Bu joylarda tizimning aniq, ishonchli va tez ishlashiga taʼsir etadigan vibratsiya, texnologik mahsulotlari bilan ifloslanish, mexanik va boshqa zararli taʼsirlarga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Bunda asbob-uskunalarni va quvurlarni germetikligini buzmasdan tizim va ularning elementlarini demontaj qilish vositalari va choralari nazarda tutiladi.
§ 2. Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari.
204. Oʻz tarkibida portlash xavfi I toifali texnologik bloklari bor texnologik jarayonlar, odatda, nazorat va avtomatikaning elektron vositalari, shu jumladan hisoblash texnikasi vositalari bazasida boshqarishning avtomatik tizimlari bilan taʼminlanadi.
205. Hisoblash texnikasi vositalari bazasida texnologik jarayonlarni boshqarilishining avtomatlashtirilgan tizimi (TJBAT) texnik topshiriq talablariga muvofiq boʻlishi va quyidagilarni taʼminlashi kerak:
jarayon parametrlarini va rejimni boshqarishni, ularning reglamentlangan qiymatlarini ushlab turishi uchun doimiy nazorat qilishni;
AQAH vositalarining ishlab ketishini qayd qilish va ishchan holatini nazorat qilishni;
obyekt chegarasida havo muhiti holatini doimo nazorat qilishni;
parametrlarni kritik qiymatlar tomoniga oʻzgarishini doimiy tahlili va boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni oldindan bilishni;
xavfli vaziyatlarni rivojlanishini toʻxtatadigan boshqarish va AQAH vositalarining ishlashini;
avariya vaziyatlarini rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydigan vositalarni ishlashi, optimal boshqaruvchi taʼsirlarini tanlashi va tatbiq etishni;
avariyasiz ishga tushirish, toʻxtatish va bu qayta ulashlar uchun zarur boʻlgan barcha operatsiyalarni bajarishni;
obyektdagi xavfsizlik holati toʻgʻrisida boshqarishning yuqori tizimiga axborot berishni.
206. Boshqarish xonalarida jarayonni portlash xavfini belgilaydigan, jarayon parametrlari ogohlantiruvchi qiymatlarga etganda ishlab ketadigan yorugʻlik va tovushli signalizatsiya nazarda tutilishi kerak.
§ 3. Avariyaga qarshi avtomatik himoya vositalari.
207. Avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlarining ishonchliligi va ishlab ketish vaqti loyihaning texnologik qismi talablarini hisobga olgan holda AQAH tizimlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan belgilanadi. Bunda obyektga kiradigan texnologik bloklarni portlash xavfliligi toifasi va mumkin boʻladigan avariyaning rivojlanish vaqti hisobga olinadi.
Himoya tizimlarining ishlab ketish vaqti shunday boʻlishi kerakki, jarayonni xavfli rivojlanishiga imkon boʻlmasligi lozim.
AQAH tizimlarida jarayonni portlash xavfliligini aniqlaydigan parametrlarni nazorat qiladigan koʻp nuqtali asboblarni qoʻllashga ruxsat berilmaydi.
208. Portlash xavfi bor texnologik obyektlar uchun nazorat, boshqarish va AQAH tizimlari maxsus dasturlar boʻyicha kompleks sinovdan oʻtkazilishlari kerak. Seriyali ishlab chiqariladigan asboblar - asboblarni tayyorlaydigan korxonalar stendlarida qoʻshimcha sinash natijalari boʻyicha (pasportlarda tegishli belgi qoʻyish bilan) brakni maxsus tekshirish sinovidan oʻtkaziladi; ular ishonchlilik boʻyicha quyidagi talablarga javob berishi lozim:
toʻxtab qolish ehtimolligini taqsimlash qonuni normal (gaussovskiy boʻyicha) boʻlishi kerak;
toʻxtab qolishlarning oʻrtacha kvadrat ogʻishlari (X) — matematik kutilgan natija taxmin (MX) kattaligining (oʻlchamining) 0,2 ulushidan ortiq emas;
asboblarning ishga moslashish davri — uzluksiz ishlashda 360 s. dan kam boʻlmasligi, bu tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak;
elementlarning va asboblarning ekspluatatsiyasi ishga moslashish tugagan vaqtidan 0,3 matematik kutilgan natija kattaligigacha M(X) davrda amalga oshiriladi.
209. Texnologik obyektlar va uning elementlari AQAH tizimlarini tanlash himoyalanadigan obyektni barcha taʼmirlari ishlash vaqti davomida ekspluatatsiya, xizmat koʻrsatish va taʼmir boʻyicha talablarni bajarishda, uni ishlashini taʼminlash shartlaridan kelib chiqqan holda, amalga oshiriladi.
Boshqarish tizimi ishlashining buzilishi AQAH tizimlari ishlashiga taʼsir qilmasligi kerak.
210. AQAH va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarida, texnologik jarayonni meʼyoriy olib borilishi, buzilishining tasodifiy va qisqa muddatli signallaridan, shu jumladan elektr taʼminotining yoki avariyada ishlatadigan manbaiga qayta ulash hollarida, ularni ishlab ketishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
211. AQAH tizimlarini boshqarish va nazorat tizimlarini taʼminlash uchun siqilgan havo berilishi toʻxtaganda yoki elektr energiya oʻchib qolgan hollarda texnologik obyektni xavfsiz holatga oʻtkazishni taʼminlash kerak. Taʼminotni tiklashda bu tizimlarda mumkin boʻlgan ixtiyoriy qayta ulashlarga yoʻl qoʻymaslik zarur.
AQAH ishlab ketishidan soʻng texnologik obyektni ishchi holatga qaytarish yoʻriqnoma boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi xodim tomonidan bajariladi.
212. Portlash xavfi bor barcha toifadagi texnologik blokli obyektlarning loyiha hujjatlari, texnologik reglamentlari va AQAH tizimlari roʻyxatlarida xavfli parametrlar boʻyicha himoya qurilmalari bilan bir qatorda parametrlarning kritik qiymatlari koʻrsatiladi.
213. Himoya tizimlarining raqam qiymatlari (ustavok), oʻlchash vositalarining signal moslamalarini ishlab ketish xatoligi, tizimlarning tez ishlashi, parametrlar oʻzgarishi mumkin boʻlgan tezligi va texnologik blokning portlash xavfi bor toifasini hisobga olish bilan aniqlanadi. Bunda himoya tizimlarini ishlab ketish vaqti, parametrlarni ogohlantiruvchi qiymatidan chegaraviy ruxsat berilgan qiymatigacha oʻtishi uchun zarur boʻlgan vaqtdan kam boʻlishi kerak.
Raqam qiymatlari (ustavok) loyihada va texnologik reglamentda keltiriladi.
214. Har qanday toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun, obyektlarda portlash xavfini aniqlaydigan parametrlarining ogohlantiruvchi qiymatlari boʻyicha avariya oldi signalizatsiyasi nazarda tutiladi.
215. AQAH tizimlarining ijro etuvchi mexanizmlari, bevosita bu mexanizmlardagi chetki holat koʻrsatkichlaridan tashqari, boshqarish xonasida chetki holat indikatsiyasini bajarishga imkon beradigan moslamalarga ega boʻlishi kerak.
216. AQAH tizimlarining ishonchliligi har xil turdagi apparaturalar bilan zahiralash (ikki martali va uch martali takrorlash), vaqtinchalik va funksional keragidan ortiqligi va diagnostika va oʻz-oʻzini diagnostika qilish mavjudligi bilan taʼminlanadi. Zahiralashning yetarliligi va uning turi loyiha ishlab chiqaruvchi tomonidan asoslab beriladi.
217. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda jarayonning portlash xavfini aniqlaydigan parametrlar nazoratining ishonchliligi, parametrlar nazorati tizimlari bir-birini takrorlashi, ishchi holatini indikatsiyasi bilan oʻz-oʻzini diagnostika qilish tizimlarining mavjudligi, texnologik jihatdan bogʻliq parametrlar qiymatlarini taqqoslanishi bilan taqsimlanadi.
III toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda kritik qiymatlarga ega boʻlgan parametrlar nazoratini ishonchliligini taʼminlash boʻyicha texnik yechim loyiha ishlab chiquvchi tomonidan ishlab chiqiladi va asoslab beriladi.
218. Har qanday toifali portlash xavfi bor blokli obyektlarning AQAH sxemalarida blokirovkadan chiqaruvchi kalitlarni oʻrnatishga faqat tushirish, toʻxtatish yoki qayta ulashni taʼminlash uchun ruxsat beriladi. Bunday kalitlarning soni juda kam boʻlishi kerak. Bunda himoya parametrlarini oʻchirishning barcha holatlarini moslamalar va ularning davomiyligini qayd etuvchi nazarda tutiladi.
219. I toifali portlash xavfi bor blokli texnologik jarayonlarni portlash xavfliligini parametrlarni nazorat qilish turli nuqtalarga oʻrnatilgan ikkitadan kam boʻlmagan mustaqil datchiklar bilan amalga oshiriladi.
220. Har bir aniq hollarda jarayonning portlash xavfliligini belgilaydigan nazorat qiluvchi parametrlar roʻyxati jarayonni ishlab chiquvchisi tomonidan tuziladi.
§ 4. Gaz tahlilining avtomatik vositalari.
221. Gazlanganlikni nazorat qilish uchun, odatda, chegaraviy ruxsat berilgan oʻlchamlariga (kattalikka) etganda ishlab ketadigan signalizatsiyali avtomatik gaz tahlili vositalari nazarda tutiladi. Bunda gazlanganlikni barcha hollari asboblar bilan qayd etilishi zarur.
222. Datchiklar yoki analizatorlarning namuna olish moslamalari soni va oʻrnatilish joyi loyihada belgilanadi.
§ 5. Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini energiya bilan taʼminlash.
223. I toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarni, boshqaruv va AQAH tizimlarining energiya taʼminoti ishonchliligi boʻyicha elektr qurilmalar tuzilishiga meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq I toifa elektr qabul qilgich maxsus guruhga kiradi (ETQ)
II va III toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarining nazorat, boshqaruv va AQAH tizimlarini elektr qabul qilgich maxsus guruhiga kiritish zaruriyati, loyiha orqali aniqlanadi.
224. I toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarning nazorat, boshqaruv va AQAH tizimi taʼminoti uchun moʻljallangan elektr taʼminotining uchinchi mustaqil manbaining quvvati texnologik obyektni avariyasiz toʻxtatishda ishlatiladigan tizimning barcha elementlari ishlarini taʼminlashi kerak.
225. Nazorat, boshqaruv va AQAH pnevmatik tizimlari uchun siqilgan havoning alohida qurilmasi va alohida tarmogʻi nazarda tutiladi.
226. NOʻA va A tizimlari va havo kompressorlari uchun havoni changdan, moydan, namlikdan tozalangan boʻlishi kerak.
Siqilgan havo sifati tayyorlovchi-zavod tomonidan NOʻA va A asbob va tizimlariga texnik hujjatlarda (pasportlarda) oʻrnatilgan talablarga mos boʻlishi kerak.
227. Boshqaruv va AQAH vositalarini siqilgan havo bilan taʼminlash tizimi kompressorlar toʻxtatilganda obyektni avariyasiz toʻxtatish uchun yetarli vaqt ichida nazorat, boshqaruv va AQAH tizimlarini havo bilan taʼminlovchi bufer sigʻimlarga (resiverlar) ega boʻlishi, bu esa hisob bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak, lekin 1 s. dan kam boʻlmagan holda. Nazorat, boshqaruv va AQAH vositalari uchun moʻljallangan siqilgan havoni boshqa maqsadlarga ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
228. Sexga kirayotgan havoning ifloslanganligini tahlil qilish uchun namuna oluvchi qurilma nazarda tutiladi. Tahlillarning davriyligi amaldagi meʼyoriy-texnik hujjatlar bilan aniqlanadi.
229. Texnologik obyektlarni boshqarish va havo siquvchi qurilmalarning binolari, tarmoqda siqilgan havo bosimi bufer sigʻimlarigacha (resiverlar) tushganda, ishlab ketuvchi yorugʻlik va tovushli signalizatsiya bilan jihozlanishi kerak.
230. Inert gazni NOʻA va A taʼminot tizimi uchun ishlatishga ruxsat berilmaydi.
§ 6 Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini metrologik taʼminoti.
231. Loyiha, texnologik reglament va oʻlchovlarni bajarish usullari majburiy metrologik ekspertizadan oʻtishi kerak. Ushbu talablarga rioya qilinmasdan texnologik obyektlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanayotgan tashkilotda texnologik parametrlar oʻlchovlarining birligini va aniqligini taʼminlaydigan xizmat boʻlishi kerak.
232. Nazorat, boshqaruv va AQAH tizimiga kiradigan oʻlchov vositalari va axborot oʻlchov tizimlari (AOʻT), keyinchalik oʻlchov vositasi turini tasdiqlangani holda, sinov va tekshirishdan (kalibrovkadan) oʻtadi.
§ 7. Boshqaruv va tahlil qilish xonalarining joylashishi va tuzilishi.
233. Nazorat, boshqaruv, AQAH va gaz tahlili uchun moʻljallangan binolar, xonalar va yordamchi inshootlarning hajmiy-rejali yechimlari, konstruksiyalari, ularni portlash-yonish xavfi bor obyektlar hududida joylashtirish qurilish meʼyorlari va qoidalari, elektr qurilmalarni oʻrnatish qoidalari, boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar va ushbu Qoidalar talablari asosida amalga oshiriladi.
234. Boshqaruv va tahlil xonalari, odatda, alohida va portlash xavfi bor joydan tashqarida boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ularni portlash xavfi bor zonali binolar yoniga qurishga ruxsat beriladi. Bunda xonalar portlash xavfi bor, kimyoviy faol va zaharli muhitli, havo keladigan va tortadigan ventilatsion kamerali, nam jarayonli xonalarning ustiga (yoki ostiga) joylashtirilmasligi kerak. Xonalarda texnologik jarayon ustidan boshqarish tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan asbob-uskunalar va boshqa moslamalarni joylashtirilmasligi kerak.
Quvurlarni, havo quvurlarini, kabellarni va shu kabilarni tranzit yotqizilishi, boshqaruv, bugʻli yoki suv bilan isitish moslamasi, yongʻin suv quvurlari kirishlari, impuls liniyalari va boshqa yonuvchi, portlash xavfi bor zaharli mahsulotli quvurlar xonalari orqali amalga oshirilmasligi kerak.
235. Boshqaruv xonalari quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak:
havo bilan isitgichga va havoni konditsiyalash qurilmalariga ega boʻlishi (asoslangan hollarda suv bilan isitishni elektron asboblarga ega boʻlmagan boshqarish xonalarida oʻrnatishga ruxsat beriladi);
boshqarish xonalariga berilayotgan havo gaz, bugʻ va changdan tozalangan boʻlishi va oʻrnatilayotgan asbob-uskunani ishlatish va sanitariya meʼyorlari boʻyicha talablarga mos boʻlishi kerak;
boshqarish xonalaridagi pollar issiq va elektr oʻtkazmaydigan boʻlishi, kabel kanallari va ikki qatlamli pollar elektr qurilmalarni oʻrnatish qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak;
boshqarish xonalaridagi derazalar ochilmaydigan boʻlishi kerak;
boshqarish shitlari orqasidagi yoritqichlar (svetilniki) mustaqil yondirib-oʻchirgichlar va shtepsel rozetkalarga ega boʻlishlari kerak;
oʻt oʻchirish vositalari va tizimlari meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga mos boʻlishi kerak;
boshqarish xonalarida ishlab chiqarish xonalari va boshqarilayotgan obyektlar hududi gazlanganligi toʻgʻrisida yorugʻlik va tovushli signalizatsiya nazarda tutiladi.
236. AQAH tizimlari uchun, asoslangan hollarda blokirovkalarning, energiya taʼminoti manbalarining va ijro organlarining holati toʻgʻrisida signal beruvchi yorugʻlik moslamalari bilan jihozlangan, blokirovkalar tarkibi mnemosxemasiga ega shitlar (yoki panellar) nazarda tutilishi kerak.
237. Tahlil xonalari quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
saqlagichli konstruksiyalarga ega boʻlishi;
tahlil xonasining hajmi va ventilatsiya tizimining texnik tavsifnomalari quyidagi shartlardan kelib chiqib belgilanadi: xonada nechta analizator boʻlishidan qatʼiy nazar, ulardan birining gaz keltiruvchi naychasi toʻla yorilganda 1 soat davomida tahlil qilinayotgan mahsulotlarning, ushbu mahsulotlar sarfiga va bosimiga cheklash bor boʻlganda, portlash xavfli konsentratsiyasi hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak. Ushbu shartni taʼminlash imkoniyati boʻlmaganda xonada umumiy ventilatsiyadan tashqari avariya ventilatsiyasi koʻzda tutilishi kerak va u aylanayotgan moddalarning xona havosidagi konsentratsiyasi portlash konsentratsiyasining pastki chegarasining 20 foiziga etganida, avtomatik tarzda ishga tushib ketishi kerak.
238. Analizator xonasiga analizator ishlashi uchun talab etiladigan bosimdan yuqori bosimga ega namuna oluvchi naychalar kiritilmasligi kerak.
Namuna oluvchi moslamalardagi sarfni va bosimni chegaralovchilar analizator xonalaridan tashqarida, xavfsiz joylarda joylashtirilishi kerak.
Tahlil qilinayotgan ortiqchasi tahlil tugagandan soʻng, odatda, texnologik tizimga qaytishi yoki utilizatsiya qilinishi kerak.
239. Qiyoslovchi gazlar va aralashmalar, gazlar-tashuvchilar, etalonlar va shu kabilar bilan, ballonlar bosim ostida ishlayotgan idishlarni xavfsiz ishlatish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Ballonlarni joylashtirish joyi va tartibi, saqlanishi va foydalanishi loyiha orqali belgilanadi.
240. Analizator xonalarida insonlarning doimiy boʻlishi tavsiya etilmaydi.
241. Analizatorlar gazli liniyalar boʻyicha alangalanishdan va portlashdan himoyalangan boʻlishi kerak.
§ 8. Aloqa va xabar berish tizimlar.
242. Oʻz tarkibida barcha portlash xavfi bor toifadagi texnologik blokka ega boʻlgan obyektlar, hamda boshqa ular bilan texnologik bogʻliq boʻlgan obyektlar ikki tomonli baland tovushli moslama va telefon aloqasi tizimlari bilan jihozlanadi.
Ikki tomonli baland tovushli aloqa, asoslangan hollarda dispetcher xodimlari, sanoat obyektlarining fuqoralar himoyasi (FH) shtabi, gazdan qutqarish harbiylashtirilgan xizmati (GQHX), yongʻindan saqlash harbiylashtirilgan qism (YoSHQ), toʻkish-quyish, yonuvchi, suyultirilgan va zaharli mahsulotlar omborlari va nasoslariga ega, I toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun nazarda tutiladi.
Aloqa oʻrnatiladigan ishlab chiqarish boʻlinmalar roʻyxati, aloqa turi loyiha ishlab chiqaruvchi tomonidan texnologik jarayon xususiyatlaridan, texnologik bloklar portlash xavfliligi toifasini hisobga olgan holda va ishlab chiqarish sharoitlari hamda boshqa faktorlarga bogʻliq holda aniqlanadi.
243. Barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarda xavfli birdaniga chiqarib yuboriladigan va boshqa kimyoviy chiqindilarni aniqlash, kengayib ketishini oldini olish va bartaraf etish haqida xabar berishni taʼminlovchi texnik vositalar nazarda tutiladi, bunda axborot, oʻziga portlash xavfi bor (yoki zaharli kimyoviy) blokni, mumkin boʻlgan tarqalib ketish yoʻllari haqida bashorat maʼlumotlarini kiritgan holda sanoat obyektlari GQH xizmati, FH va tashkilot dispetcheri hamda yuqoridagi boshqarish tizimlariga berilishi kerak.
244. Oʻz tarkibida I toifali portlash xavfi bor bloklarga ega boʻlgan ishlab chiqarishlarni boshqarish xonalarida, tashqi qurilmalarda, korxona dispetcheri xonasida, sanoat obyektlari va yaqinidagi aholi FM shtabida kimyoviy xavfli chiqindilari haqida xabar berish uchun sirena va boshqarish postlari qurilmalari nazarda tutiladi.
Xabar berish vositalari oʻz tashqi jihozlanishi boʻyicha shunga oʻxshash sanoatda ishlatish vositalaridan farq qilishi kerak, ularni joylash va oʻrnatish, begona shaxslar kirishiga va bexosdan ishlatish mumkinligiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Xabar berish signal moslamalari tamgʻalanadi.
245. Ishlab chiqarish xodimlari va aholini avariya vaziyatlari haqida xabar berish tartibi va tashkil etilishi, texnik vositalar va tegishli xizmatlarni kimyoviy zararlanish xavfini bartaraf etish boʻyicha tayyorgarlik holatini ishlab turishga javobgarlik avariya vaziyatlarni tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik rejasi orqali aniqlanadi.
§ 9. Nazorat, boshqarish, AQAH, aloqa va xabar berish tizimlarini ishlatish.
246. Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini toʻgʻri ishlatish ustidan nazorat oʻrnatiladi.
247. Texnologik jarayonlar va uskunalarning ishlashi nosoz yoki oʻchirib qoʻyilgan nazorat, boshqarish va AQAH tizimlari bilan amalga oshirilmasligi kerak.
248. Kamdan-kam hollarda uzluksiz jarayonlar uchun korxona rahbarlarining ruxsatnomasiga muvofiq alohida parametrlar boʻyicha qisqa muddatli oʻchirish faqat kunduzgi smenada ruxsat etiladi. Bunda texnologik jarayon va ishlab chiqarish ishlarining xavfsizligini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlar va ishlarni tashkil etish loyihasi ishlab chiqiladi. Oʻchirishlarning davomiyligi loyiha va texnologik reglament bilan belgilanadi.
Avariya oldi signalizatsiyasini oʻchirish bu hollarda ruxsat etilmaydi.
Texnologik jarayonlari avtomatik boshqarish tizimlarida dastakli blokirovkadan (deblokirovka) chiqarishga ruxsat etilmaydi.
249. Nazorat yoki boshqarish tizimlari elementlarini almashtirish davrida jarayonni dastakli rejimda xavfsiz olib borishni taʼminlaydigan vositalar va choralar nazarda tutiladi.
Loyihada, texnologik reglamentda va yoʻriqnomalarda dastakli rejimda boshqarish ruxsat etilmaydigan jarayon bosqichlari yoki alohida parametrlari aniqlanadi.
250. Har qanday toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun nazorat, boshqarish va AQAH, aloqa va xabar berish tizimlarida moʻljallangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan asboblar, moslamalar boshqa elementlarni qoʻllash man etiladi.
251. Smenaning texnologik xodimiga, ishchi (amaldagi) yoʻriqnoma koʻrsatmalariga muvofiq ayrim asboblar va avtomatizatsiya vositalarini avariya holatida oʻchirishiga ruxsat beriladi.
Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini taʼmirlash va sozlashni NOʻAvaA xizmati xodimlari bajaradi.
§ 10. Nazorat, boshqarish, AQAH, aloqa va xabar berish tizimlarini montaj qilish, sozlash va taʼmirlash.
252. Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarida qatnashadigan zulfinli tartibga soluvchi armaturalar, ijro mexanizmlari taʼmirlashdan keyin va joyiga oʻrnatishdan oldin dalolatnomalarni rasmiylashtirish yoki pasportga, jurnalga yozish bilan tez ishlashi, mustahkam va zich yopilishiga davriy sinovdan oʻtkazilishi kerak. Sinov davriyligi reglamentlanadi.
253. Nazorat, boshqarish va AQAH tizimlarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash, tartibga solish va sinash boʻyicha ishlarda uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Portlash xavfi bor zonalarda bunday ishlarni oʻtkazishda ishlarni xavfsiz tashkil qilish va bajarishni taʼminlaydigan choralar ishlab chiqiladi, topshiriq-ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
254. Taʼmirlash, sozlash yoki qiyoslash uchun nazorat, boshqarish, AQAH, aloqa va xabar berish vositalari echib olinganda, barcha parametrlar boʻyicha echib olingan vositalarni barcha parametrlari boʻyicha oʻxshash vositalarga zudlik bilan almashtirish kerak.
255. Portlashdan himoyalangan elektr uskunalarni taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish tizimlari, oʻlchash va avtomatlashtirish tizimlarini taʼmirlashning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
VII bob. Portlash xavfi bor texnologik tizimlarning elektr taʼminoti va elektr asbob-uskunalari.
256. Elektr qurilmalarining oʻrnatilishi, montaj qilinishi, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash - elektr qurilmalarni oʻrnatish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari, davlat standartlari va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
257. Yakka tartibda import boʻyicha (texnologik uskunalar komplektida boʻlmagan) sotib olinayotgan elektr asbob-uskunalarga guvohnoma rasmiylashtirish majburiydir. Import asbob-uskunalar kompleks bazasida qurilayotgan texnologik obyektlar tarkibiy qismiga kiruvchi asbob-uskunalarga portlashdan himoyalanganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirish va xulosa berish talab etilmaydi.
258. Oʻz tarkibida I toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga ega boʻlgan obyektlarni elektr taʼminoti ishonchlilikning I toifasi boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarishning barcha rejimda ishlashida, shu jumladan ikkita mustaqil oʻzaro zahiralangan taʼminot manbalaridan elektr energiya berish bir vaqtda toʻxtaganda texnologik jarayonni xavfsiz holatga avariyasiz oʻtkazish imkoniyati taʼminlanishi kerak.
259. Oʻz tarkibida II va III toifali portlash xavfi bor bloklari boʻlgan texnologik tizimlarni elektr qabul qilgichlari elektr taʼminotni ishonchliligini taʼminlash boʻyicha texnologik jarayon va ekspluatatsiyaning maʼlum sharoitlariga bogʻliq holda, faqat I yoki II toifali elektr qabul qilgichlar jumlasiga kirishi mumkin.
260. Elektr taʼminot ishonchliligining I-toifali alohida guruh isteʼmolchilarini taʼminlovchi tashqi manbalardan elektr taʼminoti liniyalari, kuchlanish sinfidan qatʼiy nazar, avtomatik chastotali yengillashtirish moslamalari (AChE-AChR) bilan jihozlanishi mumkin emas.
261. Isteʼmolchilarning ishonchli ishlashi quyidagilar bilan taʼminlanadi: taʼminlanish manbalarining ishonchliligi (TM);
elektr taʼminoti sxemalarining ishonchliligi (sxemalarning alohida elementlarining ishonchliligini oshirishdan va ularning sonini kamaytirish);
elektr taʼminoti tizimlari elementlarini va texnologik tizimlar elementlarini zahiralash (seksiyalashtirish, TM sonini koʻpaytirish, uzluksiz taʼminot agregatlarini qoʻllash va boshqalar);
kuchlanish qisqa muddatda pasayganda yoki taʼminlanish uzilganda, shu jumladan elektr taʼminotining avtomatik tizimlari ishlatilganda (qayta ulanishda avtomatik — AQU, AUYE, ... AQT), I toifali elektr qabul qilgichni oʻchirilib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus uskunalar, elektr himoyalash va blokirovka sxemalarida zaruriy choralar qoʻllanishi bilan;
elektr taʼminotida uzilish natijasida kuchlanish pasayganda yoki qisqa vaqtga elektr taʼminoti uzilganda ayrim elektr qabul qilgichlarga oʻz-oʻzidan ulanish yoki qayta ulanish moslamalari bilan, agarda oʻz-oʻzidan ulanish yoki qayta ulanishga uskunalar konstruksiyasi va texnologiya tomonidan yoʻl qoʻyilsa;
elektr uskunalarning xizmat koʻrsatish va taʼmirlash tizimlarining mukammallashtirilishi;
xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning (ishga) sifatli tayyorlash.
262. Bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq texnologik obyektlarning elektr taʼminoti uchun bitta guruh taʼminlash manbai nazarda tutiladi.
Har xil manbalardan elektr taʼminotida, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq texnologik obyektlar tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlovchi yoki taʼminlanish manbalaridan biri ishdan chiqqan holatida ularni xavfsiz holatga oʻtkazish choralari va vositalari nazarda tutiladi.
263. Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishlarning elektr isteʼmolchilari bilan bogʻliq taqsimlovchi punktlar (TP), qurilmalar (TQ) transformator podstansiyalari (TPS) va boshqa elektr uskunalar uchun xonalar alohida turgan binolarda jihozlanadi.
Alohida asoslangan vaziyatlarda TP, TQ, TPSlarni quyidagicha joylashtirilishiga ruxsat beriladi:
I toifali portlash xavfli bor blokli texnologik obyektlar uchun portlash oʻt tushish xavfli jarayonli binoning yon devoriga tutashtirib qurilgan, ichida ishlab chiqarish va taʼmirlash xodimlari oz vaqt boʻladigan portlash, xavfsiz xonalar joylashgan, olti metrli oraliqdagi binoda;
II toifadan katta boʻlmagan portlash xavfi bor blokli texnologik obyektlar uchun bir tomonidagi devori bilan portlash xavfi bor zonaga tutashgan xonalarda (ishlab chiqarish xonalarida).
Tutashtirilgan TP, TQ, TPSlar (xonalari), faqat shu xonalarda joylashgan texnologik qurilmalargagina xizmat koʻrsatishi kerak.
264. Korxona va qurilmalar boʻyicha kabellarni oʻtkazish estakadalar boʻyicha, texnologik estakadalarning kabel konstruksiyalarida va galereyalarida ochiq holda bajarilishi tavsiya etiladi.
Kabelli estakadalar va galereyalar mustaqil, hamda texnologik estakadali umumiy qurilish konstruksiyalar boʻlishi ham mumkin.
Texnologik estakadalarda kabel inshootlarini joylashtirish quvurlarni montaj qilish va qismlarga ajratishni ETQ va sanoat korxonalarining elektr taʼminotini loyihalashtirish boʻyicha yoʻriqnoma talablarini taʼminlashni hisobga olgan holda bajarish kerak.
Kabellarni qum solib toʻldirilgan kanallarda va transheyalarda yotqizishga yoʻl qoʻyiladi.
Texnologik qurilmalar va ishlab chiqarishlarning (korxona) boʻyicha yotqizilgan kabellar yonishni tarqatmaydigan materiallardan iborat qobiq (qoplama) va izolatsiyalarga ega boʻlishi kerak. Kabellarning qobiqlarini va izolatsiyasini tanlash, yotqizish zonasida mavjud boʻlgan mahsulot bugʻlarini, ularga zararli taʼsirini hisobga olgan holda, amalga oshirilishi kerak. Polietilen izolatsiyali yoki qobiqli boʻlgan simlarni va kabellarni ishlatish man etiladi.
265. Tashqi texnologik qurilmalarining elektr chiroqlari operator xonasidan masofadan va xizmat koʻrsatish zonalari boʻyicha - joyidan yoqilishi kerak.
266. Taʼmirlash ishlarini tor, gazlangan, shu jumladan texnologik apparatlar ichki qismlarida olib borilganda, yoritish, odatda, elektr qurilmalarini oʻrnatish (EQU) boʻyicha meʼyoriy talablariga javob beradigan koʻchma portlashdan himoyalangan akkumulyatorli, tegishli muhitda tayyorlangan yoritgichlar yoki koʻchma portlashdan xavfsiz yoritgichlar yordamida taʼminlanadi.
267. 1-toifali ishonchlilikning alohida guruhiga kiradigan ishlab chiqarishni avariya holatida toʻxtatish zarurligida amalga oshiriladigan ish oʻrinlarini avariya holatida yoritishning elektr taʼminoti uchinchi mustaqil manbadan taʼminlanishi kerak.
268. Baland kolonnalarda, apparatlarda va boshqa texnologik asbob-uskunalarda portlashdan himoyalangan toʻsiqli chiroqlar oʻrnatish nazarda tutilishi kerak.
269. Texnologik qurilma va ishlab chiqarishlar payvandlovchi elektr asbob-uskunalarni ulash uchun statsionar tarmoq bilan jihozlanadi.
270. Payvandlovchi apparatlarni ulash uchun kommutatsion qutilar (shkaflar) qoʻllanishi kerak.
271. Payvandlovchi apparatlarni ulash uchun tarmoq meʼyoriy holatda toksizlanishi kerak. Bu tarmoqqa kuchlanish berish va payvandlash elektr uskunasini ulash elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish va yongʻin xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq, hamda olovli ishlarni olib borishga naryad-ruxsatnoma mavjud boʻlganda bajarilishi kerak.
272. Topshiriq-ruxsatnoma mavjud boʻlmaganida bu tarmoqqa, kuchlanish berishning imkoniga yoʻl qoʻymaydigan choralar nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
273. Elektr payvandlash ishlarini olib borilishi, belgilangan tartibda, “Portlash xavfi bor va portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish boʻyicha Namunaviy yoʻriqnoma” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
274. Koʻchma yurgiziladigan va koʻchma olib yuriladigan elektr asbob-uskunalarni ulash uchun moslamalar portlash xavfi bor zonalardan tashqarida joylashtirilishi kerak. Bunday asbob-uskunalarning portlashdan himoyalanganligi darajasi portlash xavfi bor zona sinfiga mos boʻlishi kerak.
VIII bob. Isitish va shamollatish (havo almashtirish).
275. Isitish va shamollatish tizimlari vazifasi, oʻrnatilishi, texnik tavsiflari, ijrosi, xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish shartlari boʻyicha qurilish meʼyorlari va qoidalari, sanoat korxonalarini loyihalashning sanitariya meʼyorlari, davlat standartlari va ushbu Qoida talablariga mos kelishlari kerak.
276. Shamollatish tizimining tuzilishi, shu jumladan avariyaligi holatida havo almashinish karraliligi ishonchli va samarali shamollatishni taʼminlash zaruriyati bilan aniqlanadi.
Har qanday toifali portlash xavfi bor texnologik blokli xonalar uchun xonaga texnologik uskunalardan yonuvchi va zararli mahsulotlarni avariya holatida, baravariga maksimal chiqindilar chiqishi mumkin boʻlganda, barcha shamollatish turlaridan foydalanish mumkinligini baholash, loyihalashda amalga oshiriladi va texnologik hamda foydalanish hujjatlarida aks ettiriladi.
277. Shamollatish tizimini ekspluatatsiya qilish, xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, sozlash va shamollatish tizimlarini ishlash samaradorligini instrumental tekshiruvini oʻtkazish tartibi sanoat ventilatsiyasini ekspluatatsiya qilish boʻyicha tarmoq nizomlar va yoʻriqnomalar bilan belgilanadi.
278. Shamollatishga havo keltirish tizimlari uchun havo olish moslamalari, ishlab chiqarishning barcha ish rejimlarida shamollatish tizimlariga portlash xavfi bor bugʻ va gazlarning tushishiga yoʻl qoʻymaydigan joylarda, oʻrnatilishi nazarda tutiladi.
279. Umumalmashinish va avariya holatida tortuvchi shamollatish tizimlaridan havoni chiqarib tashlash moslamalari, samarali tarqalishni, tashlash zonasida portlash va korxona ustida, shu jumladan statsionar yoqish manbalari oldida, portlash xavfi bor aralashmalarni hosil boʻlishi mumkinligiga yoʻl qoʻyilmaslikni taʼminlashi kerak.
280. Portlash-yonish xavfi bor chang va gazlarni olib ketuvchi mahalliy soʻrib oluvchi tizimlar — soʻrib olish ishlamaganda ishga tushirish va u bilan bogʻliq texnologik uskunalarni konstruktiv ishlashiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
281. Avariya holatida shamollatish tizimlari uchun, xonaga oʻrnatilgan portlashgacha konsentratsiya signalizatorlari ishlab ketganda yoki portlash xavfi bor bugʻ va gazlarni konsentratsiyasi chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi oshganda, ularni avtomatik ulanishi nazarda tutiladi.
282. Shamollatish tizimlarida havo uzatgichlar orqali bir xonadan ikkinchisiga portlash-yonish xavfi bor bugʻ va gazlarni oʻtishiga imkon bermaydigan choralar va vositalar nazarda tutiladi.
283. Shamollatish uskunalari, havouzatgichlar, havo tortuvchi shamollatish tizimlarining uchun elementlari (shiferlar, qopqoqlar, klapanlar) ijrosida mexanik oʻt olish (zarba, ishqalanish) yoki elektr (statik elektr energiyasi) manbalariga yoʻl qoʻymaslik nazarda tutilishi kerak.
Ventilyatorlar, portlashdan himoyalangan ventilyatorlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
284. Shamollatish tizimlarining havo uzatgichlari — ularni bir-biri va ventilyatorlar bilan birikish joylari germetik boʻlishi kerak va havo keltiruvchi shamollatish tizimiga tarkibida portlash xavfi bor bugʻ va gazlar boʻlgan havoning tushishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
285. Havo uzatgichlarning va uskunalarning ichki yuzalarida suyuq yoki qattiq portlash-yonish xavfi bor mahsulotlar hosil boʻlishi (kondensatsiya, choʻktirish) mumkin boʻladigan tortuvchi shamollatish tizimlari uchun bu mahsulotlardan tizimni davriy tozalash, shuningdek zarur boʻlgan hollarda yongʻinni oʻchirishni statsionar tizimlari bilan taʼminlanishi nazarda tutiladi. Tozalash boʻyicha ishlarni bajarish davriyligi va tartibi tarmoq meʼyoriy hujjatlari bilan aniqlanadi.
286. Ishlab chiqarish xonalarida, bino tashqarisida va shamollatish uskunalari xonasida oʻrnatiladigan shamollatish tizimining elektr uskunalari portlashdan himoyalanish darajasi va turi, guruhi va harorat sinfi boʻyicha elektr qurilmalarni tuzilishi qoidalari talablariga muvofiq tanlanadi.
287. Shamollatish tizimining (havo keltiruvchi va tortuvchi) barcha havo uzatgichlari va metalli uskunalari kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash sanoatining ishlab chiqarishlarida statik elektrdan himoyalash qoidalari va elektr qurilmalarni tuzilishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq sim bilan yerga ulanishi kerak.
288. Boshqarish xonalari va ishlab chiqarish xonalarida shamollatish tizimlarining nosoz ishlashi haqida signalizatsiya nazarda tutilishi kerak.
289. Portlash-yonish xavfi bor zonalari mavjud boʻlgan xonalarda asosan havo keltiruvchi shamollatish bilan birlashtirilgan, havo bilan isitish nazarda tutiladi. Jarayonda qatnashayotgan moddalar suv bilan portlash xavfi bor mahsulotlarni hosil qilmaydigan hollarda xonalarni suv yoki bugʻ bilan isitilishiga ruxsat beriladi. Isitish tizimi yuzasining qizish maksimal harorati jarayonda qatnashayotgan moddalarning oʻz-oʻzidan alangalanishining eng past haroratiga ega boʻlgan moddaning oʻz-oʻzidan alangalanish haroratining 80 foizidan oshmasligi kerak.
290. Elektr xonalari va NOʻAvaA xonalari ustidan isitish (suv, bugʻ bilan) tizimining moslamalari, qoʻllaniladigan elementlari va armaturalarni oʻtkazishda ularni joylashishi, bu tizimlarga xizmat koʻrsatish va barcha foydalanish rejimlarida, bu xonalarga nam tushishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
291. Issiqlik tashuvchining kirish uzellari quyidagicha joylashishi mumkin:
havo keltiruvchi shamollatish tizimi xonalarida (shamollatish kamerasida);
zinadan yoki portlash-yonish xavfi boʻlmagan ishlab chiqarish binolaridan alohida kiriladigan mustaqil xonada;
suv yoki bugʻ bilan isitish qoʻllaniladigan ishlab chiqarish xonalarida.
IX bob. Vodoprovod va kanalizatsiya.
292. Portlash-yonish xavfi bor ishlab chiqarishning vodoprovod va kanalizatsiyasini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish sanitariya va qurilish meʼyorlari va qoidalari, loyihalash meʼyorlari va ushbu Qoida talablariga muvofiq bajariladi.
Umumzavod tozalash inshootlaridan tashlanadigan oqovalar tarkibi sanitariya meʼyorlari va talablariga muvofiq, ular yoʻqligida tarmoq meʼyoriy hujjatlariga muvofiq, reglamentlanadi.
293. Har bir texnologik obyekt boʻyicha kanalizatsiyaga tashlanadigan sanoat oqovalari, harorati, mumkin boʻlgan tarkibi aniqlanishi kerak. Turli obyektlardan oqovalarni olib ketishni tashkil qilishda choʻkmalar hosil qilish va kanalizatsiyani tiqilib qolishiga, aralashishida — portlash xavfi bor mahsulotlar va qattiq zarrachalarning hosil boʻlishi mumkinligiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
294. Vodoprovod va kanalizatsiya tizimlarida xizmat koʻrsatishlar, taʼmirlashlar va boshqa gaz xavfi bor ishlar, gaz xavfi bor ishlarni olib borilishini xavfsiz tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq bajariladi.
295. Texnologik obyektlarning kanalizatsiya tizimlari, ishlab chiqarishning reglamentlangan ish tartibida va avariya holatida hosil boʻladigan kimyoviy ifloslangan texnologik, yuviladigan va boshqa oqovalarni chiqarib tashlash va tozalashni taʼminlashi kerak.
Ushbu oqovalarni magistral tarmoq kanalizatsiyasiga, oldindan tozalanmagan holda, tashlashga ruxsat berilmaydi, magistral tarmoq shunday oqovalarni qabul qilishga moʻljallangan hollar bundan istisno.
296. Oqovalarni tozalash va portlash xavfi bor mahsulotlarni chiqarib tashlash boʻyicha tadbirlar kanalizatsiya tizimida portlash xavfi bor bugʻ va gaz konsentratsiyasini hosil boʻlish mumkinligiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
297. Texnologik obyektlar uchun, odatda, lokal tozalash inshoatlari nazarda tutilishi kerak.
298. Tashlamalar oqimining kirishi va chiqishidagi lokal tozalash portlash xavfi bor mahsulotlar miqdorini nazorat qilish vositalari va ruxsat etilgan qiymatlardan oshish signalizatsiyasi bilan jihozlanishi kerak.
299. Barcha turdagi portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarning tuzalish uchun kanalizatsiyaga portlash xavfi bor mahsulotlarni birdaniga chiqib ketish ehtimolligida avtomatik nazorat va signalizatsiya tizimi nazarda tutiladi. Nazorat usullari, uning davriyligi bu nazoratning samaradorligini taʼminlash, ishlab chiqarishning aniq sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi va reglamentlanadi.
300. Kanalizatsiya tarmoqlaridagi quduqlarni texnologik quvurlar estakadalari ostida va portlash xavfi bor mahsulotlari boʻlgan tashqi qurilmalarning asbob-uskunalarining yon devorlari va marzalari chegaralarida joylashtirishga ruxsat berilmaydi.
301. Har bir aniq holda texnologik obyektlarni suv bilan taʼminlash texnologik jarayon xususiyatlarini va portlash xavfi bor mahsulotlarni atrof-muhitga chiqarib tashlash va avariyalarni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
I toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlar uchun jarayonni olib borishni aniq sharoitlariga qarab, ularni avtomatik ulash tizimiga ega suv taʼminoti manbalari zaxirasi nazarda tutilishi mumkin.
302. Texnologik tizimlar suv taʼminotida asosan, yopiq suv aylanmasi tizimidan foydalanish nazarda tutiladi.
Suv aylanmasi tizimining elektr taʼminoti, aylanma suvning eng masʼul isteʼmolchisiga mos ishonchlilik toifasi boʻyicha, taʼminlanadi.
Barcha toifali portlash xavfi bor blokli texnologik obyektlar va issiqlik yigʻish (ekzotermik jarayonli apparatlar va boshqalar) boʻyicha yuqori talabga ega boʻlgan texnologik obyektlar uchun aylanma suv taʼminoti, issiq almashish samarasi va issiq almashish apparatni tiqilib qolishiga yoʻl qoʻymaydigan suv tayyorlash tizimidan foydalanishni nazarda tutadi.
303. Suvga portlash xavfi bor va zaharli moddalarni tushishi mumkin boʻlsa, texnologik obyektlar aylanma suv taʼminoti tizimi uchun texnologik apparatlardan (kollektorda) chiqishda, ular miqdorini nazorat qilish vositalari va signalizatsiyalar hamda ushbu suv quvurlari tizimiga tushishini oldini oluvchi tadbirlar nazarda tutiladi.
304. Kimyoviy ifloslangan oqovalarni xoʻjalik-maishiy kanalizatsiya bilan gidrozatvorsiz toʻgʻridan toʻgʻribirlashtirishga ruxsat berilmaydi. Oqovalarga portlash xavfi bor va zaharli moddalarni tushishi mumkinligida qurilmalardan (kollektorda) chiqishda, ularning ustidan nazorat vositalari va signalizatsiya, hamda bu moddalarni xoʻjalik-maishiy kanalizatsiyaga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan tadbirlar nazarda tutiladi.
X bob. Xodimlarni jarohatlanishdan saqlash.
305. Oʻz tarkibida portlash xavfi bor texnologik obyektlarga ega korxonani joylashtirish, uning hududini rejalashtirish, qurilish obyektlarining hajmiy-rejalashtirish yechimlari meʼyorlari va qoidalari, texnologik loyihalash meʼyorlari, idoraviy meʼyorlar va ushbu Qoida talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
306. Oʻz tarkibida portlash xavfi bor ishlab chiqarishlarga ega boʻlgan korxonalar hududida tabiiy chuqurlik, pastlik, oʻyilgan joylar boʻlishiga va portlash xavfi bor bugʻ va gazlarni yigʻilishi mumkin boʻladigan ochiq xandaq, kotlovan va oʻralarni joylashishiga, TAS, YoS va suyultirilgan yonuvchi gazlari boʻlgan quvurlar trassasini sunʼiy yoki tabiiy chuqurliklarga, xandaq va yer ustiga yotqizilishiga ruxsat berilmaydi.
307. Texnologik obyektlar, ishlab chiqarish xonalari, maʼmuriy-xoʻjalik, maishiy xonalar va avariya vaziyatlarida xavfli zonada chegarasida insonlarning doimiy yoki vaqtinchalik boʻladigan joylari, texnologik obyektlarda avariya vaziyatlari haqida xodimlarga samarali xabar berish tizimlari bilan jihozlanadi.
Avariya sodir boʻlish holatlarining kengayib ketishini oldini olish rejalari, avariya sodir boʻlishni bartaraf qilish bilan bevosita boʻlmagan insonlarni xavfsiz joylarga olib chiqish boʻyicha tadbirlarni nazarda tutadi.
308. Yangidan loyihalashtirilayotgan portlash xavfi bor obyektlar uchun quyidagi talablar taʼminlanishi kerak:
boshqarish xonalari joylashgan binolar zarba toʻlqinlari taʼsiriga chidamli, u yerdagi xodimlar xavfsizligini taʼminlanishi va avariya vaziyatlarida texnologik jarayonlarni xavfsiz holatga oʻtkazish uchun nazorat, boshqarish, avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlarining faoliyatini taʼminlash avtomatik vositalarga ega boʻlishi kerak;
insonlar doimo boʻlishi nazarda tutilgan maʼmuriy va boshqa ishlab chiqarishsiz binolar, texnologik qurilmalarda avariya sodir boʻlganida, zarba toʻlqinlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
309. Portlashda ishtirok etuvchi modda massalarining hisoblanishi 2-Ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
XI bob. Texnologik asbob-uskunalar va quvurlarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash.
310. Asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish va olib borish, ularning ishlatilishini aniq hisobga olgan holda, asbob-uskunalarga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha nizomlar bilan aniqlanadi.
311. Texnik xizmat koʻrsatish ishlab chiqarishlarni toʻxtatishni talab etmaydigan taʼmirlashlar orasida, shu jumladan nosozliklarni bartaraf etishda, asbob-uskunalarni ish qobiliyatini taʼminlash boʻyicha ish kompleksini nazarda tutadi va asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ishlatish boʻyicha meʼyoriy-texnik talablarga muvofiq, xizmat koʻrsatish va texnologik xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
312. Texnologik uskunalarning taʼmiri toʻliq toʻxtatilgan obyektlarda, shuningdek ular ishlayotganida, uskuna turi, zaxirasi mavjudligi, taʼmirlash oraligʻining muddati, taʼmirlashning turi va hajmiga (shu jumladan aniqlangan nosozliklarni yoʻqotishda ham) bogʻliq ravishda oʻtkaziladi.
313. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli obyektlarda, amaldagi ishlab chiqarish sharoitlarida alohida asbob-uskuna turlarini taʼmirlashni olib borish, taʼmir ishlarini xavfsiz olib borish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
314. Uskunalar taʼmirlashga texnologik xodimlar tomonidan tayyorlanishi kerak va taʼmirlash ishlari rahbariga, uskunalarni taʼmirlashga topshirish jurnaliga yoki dalolatnomasiga bajarilgan tayyorgarlik ishlari va tadbirlari toʻgʻrisida yozib, topshiriq-ruxsatnoma rasmiylashtirilib topshirilishi kerak.
315. Asbob-uskunalarni taʼmirlashga tayyorlash, topshiriq-ruxsatnomani rasmiylashtirish, asbob-uskunalarni taʼmirlashga topshirish va undan olish har bir ishlab chiqarish (sex, qurilma) uchun ishlab chiqilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan, taʼmirlash boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
316. Taʼmirlashda qoʻllaniladigan barcha materiallar kirish nazoratiga ega boʻlishi kerak va ularga nisbatan, talab qilingan sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlishi kerak.
317. Asbob-uskunalarni taʼmirlashga tayyorlash va taʼmirlashni olib borish bilan bogʻliq gaz xavfi bor ishlar, gaz xavfi bor ishlarni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
318. Ochiq olovni qoʻllagan holda oʻtkaziladigan taʼmir ishlari, portlash-yonish xavfi bor obyektlarda olovli ishlarni xavfsiz olib borilishini tashkil qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalari yoʻriqnomalari talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
319. Portlash xavfi bor barcha toifali texnologik bloklarning asbob-uskunalarini taʼmirlash jarayonida eng samarali diagnostika vositalarini qoʻllagan holda, tegishli nazorat turlari, oraliq va yakka tartibda (individual) sinovlar oʻtkaziladi. Nazorat va sinov ishlari natijalari tegishli ijroiya hujjatlarda aks ettiriladi.
Asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinov ijobiy natija berganida va ijro hujjatlarini meʼyoriy talablarga mosligida, har bir asbob-uskunalarning taʼmirlash sifatini baholash va uni ishlatishga qabul qilish amalga oshiriladi.
320. Asbob-uskunalarning taʼmirlash sifatini baholash (texnik xizmat koʻrsatish va joriy taʼmirlashdan tashqari), xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatuvchi texnik nazorat tashkiloti xodimi ishtiroki bilan buyurtmachi va ijrochi tomonidan va taʼmirlashdan chiqqan asbob-uskunalarni topshirish dalolatnomasida koʻrsatiladi.
321. Agarda taʼmirlash jarayonida barcha meʼyoriy-texnik hujjatlar talablari, texnik parametrlar koʻrsatkichlari (apparatlarda ruxsat etilgan bosim, kompressor yoki nasosning unumdorligi va bosimi) va ishonchlilik koʻrsatkichlari, pasport maʼlumotlariga mos boʻlsa va ushbu asbob-uskunalar uchun oʻrnatilgan ish rejimi taʼminlansa, taʼmirlangan asbob-uskunalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
322. Taʼmirlanishi tugatilgan obyekt (blok, qurilma) komissiya tomonidan dalolatnoma boʻyicha qabul qilinadi va texnologik sxema yigʻilganligi tekshirilgandan, qopqoq olingandan, tizimni germetikligi sinalgandan, signalizatsiya, boshqarish va AQAH tizimlari ish qobiliyati, bloklararo oʻchiruvchi qurilmalarning unumdorligi va ishlab ketish vaqti tekshirilgandan, saqlash qurilmalarini mavjudligi, alangani kengayib ketishini oldini oluvchi vositalar soz holati, elektr qurilmalar tuzilishi boʻyicha oʻrnatilgan asbob-uskunalarning meʼyoriy hujjatlar talablariga mosligi, ventilatsiya tizimining soz holati va talab qilingan unumli ishlatilishidan soʻng, foydalanishiga ruxsat beriladi. Bundan tashqari komissiya tomonidan taʼmirlash hujjatlari toʻliqligi va sifati, obyekt hududlari va ish joylarining holati, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning oʻz asosiy majburiyatlarini amalga oshirishga tayyorligi va meʼyoriy-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa talablar amalga oshirilganligi tekshiriladi.
Obyektni ekspluatatsiyaga qoʻyish uchun ruxsat beradigan, obyektni taʼmirlashdan qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
323. Ishlayotgan ishlab chiqarishlardagi apparaturalarni, asbob-uskunalarni taʼmirlash, maxsus xavfsizlik choralarini ishlab chiqqan holda, taʼmirlash boʻyicha xodimlarni minimal asoslangan sonini jalb qilish bilan amalga oshirilishi kerak.
324. Qurilmalarni uzoq muddatga ekspluatatsiyadan chiqarish va qurilmalarni uzoq toʻxtatishdan soʻng ekspluatatsiyaga tushirish, bu tartibni reglamentlaydigan meʼyorlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
XII bob Javobgarlik
Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
XIII bob. Yakuniy qoidalar.
328. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi Kengashi raisi D. DJAHONGIROVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK Boshqaruv raisi U.S.NAZAROV
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalariga 1-ILOVA
TEXNOLOGIK BLOKLARNING PORTLASh XAVFSIZLIGINI MIKDORIY BAHOLAShNING UMUMIY PRINSIPLARI.
Shartli belgilar va qisqartmalar.
Qabul qilingan qisqartmalar.
BGF — bugʻ-gaz fazasi;
SF — suyuq faza;
AHBGB — avariya holatida blokning germetikligini buzilishi;
Parametr — ishora bir chiziq (shtrix) bilan belgilansa, bu muhitning bugʻ-gaz holatiga, ikki chiziq (shtrix) bilan — suyuq muhitlarga mos, masalan GI va GII -BGF va SF massalariga mos.
Belgilar.
E — portlash xavfsizligining umumiy energetik potensiali (AHBGBda atrof-muhitga tushgan BGF toʻla yonish energiyasi), kDj;
Ep — AHBGBda SF ning bugʻlanmagan massasi yonishida ajraladigan toʻla energiya, kDj;
Eiʼ — AHBGBda bevosita blokda mavjud boʻlgan va oʻzaro bogʻlangan apparat va quvurlardan blokga kelib tushadigan BGFning yonish energiyasi, kDj;
Ei” — blokda mavjud boʻlgan va oʻzaro bogʻlangan apparat va quvurlardan blokka kelib tushadigan SF dan AHBGBda hosil boʻladigan BGF yonish energiyasi, kDj;
A, Ai — bevosita blokdagi va oʻzaro bogʻlangan bloklardan keladigan siqilgan BGF energiyasi, u AHBGBda uning adiabatik kengayishidek qabul qilinadi, kDj;
Vʼ, V” — sistema, blokda BGF va SF ning geometrik hajmlariga mos, m3;
V0' — normal sharoitlarga (T0 =293 K, R0=0,1MPa) keltirilgan BGF hajmi, nm3;
R, R0 — blokda reglamentlangan absolyut va atmosfera (0,1 MPa) tegishlicha bosim, MPa;
νiʼ — BGFning (real sharoitlardagi) solishtirma hajmi, m3/kg;
G1, G1” — bevosita blokda va AHBGBda oʻzaro bogʻlangan obyektlardan blokka kelib tushgan BGF va SF massalari, kg;
G2” — AHBGBda ortiqcha qizitish energiyasi hisobiga bugʻlangan va atrof-muhitga tushgan SF massasi, kg;
qʼ, q” — BGF va SF ga mos solishtirma yonish issikdigi, kDj/kg;
q Ri — kimyoviy reaksiyaning jamlangan issiqlik effekti, kDj/kg;
T — BGF va SF muhitlarining absolyut harorati;
T0, T1 — blokni BGF yoki SF ning absolyut normal va reglamentlangan haroratlari, (T0 = 293 K) , K;
t, t0 — blokning BGF SF ning reglamentlangan va meʼyoriy harorati, (t0= 20 °S), °S;
Tk”, tk” — yonuvchi suyuqlikning qaynash harorati, K yoki °S;
wiʼ, wi” — oʻzaro bogʻlangan bloklardan tekshirilayotgan blokka BGF va SF ning oqib kelish tezligi, m/s;
Si — AHBGB sodir boʻlganda BGF yoki SF ning oqib kelishi mumkin boʻladigan kesim maydoni, m2;
Pri — ekzotermik reaksiyaning jamlangan issiqlik effekti hisobiga GS ga issiqlik kelish tezligi, kDj/s;
PTi — tashqi issiqlik tashuvchilardan SF ga issiqlik kelish tezligi, kDj/s;
K — issiqlik tashuvchidan yonuvchi suyuqlikka issiqlik uzatish koeffitsiyenti kDj/(m2 • ch • K);
Gʻ — issiqlik almashuvi yuzasining maydoni, m2;
Δt — issiqlik uzatilishi (devor orqali) jarayonida issiqlik tashuvchilar haroratlarining ayirmasi, °S;
r — yonuvchi suyuqlikning bugʻlanish solishtirma issiqligi, kDj/kg;
s"— suyuq fazaning solishtirma issiqlik sigʻimi, kDj/kg • oS;
β1, β2 — blokning BGF bosimi (R) va adiabata koʻrsatkichi (k)ni hisobga oluvchi oʻlchamsiz koeffitsiyentlari;
μ — oqimning gidrodinamikasini hisobga oluvchi oʻlchamsiz koeffitsiyent;
ρ, ρi — blok boʻyicha oʻrtacha meʼyoriy sharoitlarda (R = 0,1 MPa i t0 = 20 °S)dagi va AHBGBda blokka tushadigan 1 -li oqimlardagi BGF va SF zichligi, kg/m3;
τi — AHBGB paytidan avariyali blokni oʻchiradigan armaturasi toʻla ishlab ketishiga qadar ketgan vaqt, s;
τri — AHBGB paytidan ekzotermik jarayonlarining toʻla toʻxtagunga qadar vaqt, s;
τTi — AHBGB paytidan avariyali blokni issiqlik tashuvchining uzatilishi toʻla toʻxtatgunga qadar ketgan vaqt (issiqlik almashuvi jarayonining toʻxtashi), s;
θk — SF ning reglamentlangan rejimda va atmosfera bosimida, uning qaynash haroratlarining ayirmasi, °S;
G4” — qattiq yuzadan keluvchi issiqlik hisobidan bugʻlangan SF ning massasi (pol, taglik va shu kabilar), kg;
G5”— atrof havodan toʻkilgan suyuqlikka (bugʻlanish yuzasi boʻyicha) issiqlik uzatilishi hisobidan SF ning bugʻlangan massasi, kg;
GΣ” — atrof-muhitdan issiqlik kelishi hisobidan bugʻlangan SF ning jamlangan massasi, kg;
Gʻj — suyuqlik yuzasining maydoni, m2;
Gʻp — toʻkilgan qattiq yuza bilan suyuqlik toʻqnashgan maydon (qattiq yuza bilan toʻkilgan suyuqlik orasidagi issiqlik almashuv maydoni), m2;
ε — yuza (taglik)ning issiklik faolligi koeffitsiyenti, kkal/(m2 • S/ch);
λ — qattiq yuza (pol, taglik, yer va shu kabilar) materialning issiqlik oʻtkazuvchanlik koeffitsiyenti, kkal/(m2 • ch • °S);
st — qattiq yuza materialining issiqlik sigʻimi koeffitsiyenti,kkal/(kg • °S);
ρt — qattiq yuza materialining zichligi, kg /m3;
mI — bugʻlanish intensivligi, kg/(s • m2);
M — molekulyar massasi;
K — BGFning gaz doimiyligi;
η — oʻlchamsiz koeffitsiyent;
RH — hisoblanadigan haroratda toʻyingan bugʻning bosimi, kPa;
τi — hisobga olinadigan, toʻkilgan yuza bilan suyuqlik toʻqnashuvi vaqti, min.
1. Texnologik blokning portlash xavfliligining energetik koʻrsatkich qiymatlarini aniqlash.
1. Blokni portlash xavfliligining E (kDj) energetik potensiali, blokda mavjud boʻlgan bugʻ-gaz fazasining toʻliq yonish energiyasi bilan, uning adiabat kengayish ishi oʻlchamlarini (kattaligini), shuningdek suyuqlik toʻkilishi mumkin boʻlgan eng katta maydondan bugʻlangan suyuqlikning toʻla yonib ketish energiyasi oʻlchamlarini hisobga olgan holda, aniqlanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
a) avariya holatida apparat germetiksizlansa, uning toʻliq ochilishi (emirilishi-buzilishi) sodir boʻladi;
b) suyuqlik toʻkilish maydoni, binolar yoki tashqi qurilma maydonining konstruktiv yechimidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
v) bugʻlanish vaqti 1 soatdan oshmagan deb hisob qilinadi (hisoblanadi):
E = E1' + E2' + E1" + E2" + E3" + E4" (1)
1.1. E1ʼ — adiabat kengayish A (kDj)ning va blokda boʻlgan BGFning yonish energiyalarining summasi:
E1' = G1'q' + A;
(2)
BGFning adiabat kengayish energiyasini amaliy aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalansa boʻladi:
A = ß1PV'; (3)
bu yerda, β1 ni 1-jadvaldan olish mumkin.
1-jadval
Texnologik blokda muhitning adiabat koʻrsatkichi va bosimga bogʻliq ravishda r, koeffitsiyent qiymatlari
G1ʼ=V0ʼ ρ0ʼ ; (4)
bu yerda
R 3 da BGFning adiabata kengayish energiyasi (A)ning qiymati kichikligi sababli, uni hisobga olmasa ham boʻladi.
Koʻp komponentli muhitlar uchun massa va hajm qiymatlari bu aralashma tarkibidagi mahsulotlarning foiz miqdorini va fizik xossalarini hisobga olgan holda yoki eng koʻp ulushni tashkil qilgan bitta komponent boʻyicha aniqlanadi.
1.2. E2' — oʻzaro aloqadagi obyektlardan(blok) germetiksizlangan uchastkaga kelib tushgan BGFning yonish energiyasi, kDj
(5)
i — li oqim uchun
(6)
bu yerda
ortiqcha R ≤ 0,07, MPa
1.3. E1” — tekshirilayotgan blokning ortiqcha qizdirilgan SF energiyasi hisobidan hosil boʻladigan va vaqt davomida oʻzaro bogʻlangan obyektlardan kelgan BGF yonish energiyasi, kDj;
(7)
Oʻzaro bogʻlangan bloklardan kelib tushgan SF miqdori,
(8)
bu yerda
μ — SF real xossalariga va gidravlik sharoitlarga qarab 0,4 — 0,8 chegeralarida qabul qilinadi;
ΔR — SF oqib kelishdagi ortiqcha bosim.
Eslatma: Oʻzaro bogʻlangan tizimlardan avariyali blokka BGF va SF oqib kelish tezligini hisoblaganda, amaldagi ishlab chiqarishning real sharoitlari hisobga olinadi, shu jumladan ulardan oqib ketishi mumkin boʻlgan tizimlarning gidravlik qarshiligini hisobga oladigan boshqa hisob formulalarini ishlatish mumkin.
1.4. E2”— germetiksizlanganda toʻxtamaydigan ekzotermik reaksiyalar issiqligi hisobidan SF dan hosil boʻladigan BGF yonish energiyasi, kDj:
(9)
bu yerda τPi — jarayon oʻtkazishning aniq reglamentlangan shartlaridan va berkituvchi armatura va AQAX vositalari ishlab ketish vaqtidan kelib chiqqan holda, har bir vaziyat uchun qabul qilinadi.
1.5. E3” — tashqi issiqlik tashuvchilardan issiqlik kelishi hisobidan SF hosil boʻladigan BGF yonish energiyasi, kDj:
(10)
PTi. (kDjQs) qiymati asbob-uskunaning aniq issiqlik almashish va issiqlik almashinish jarayonlarining asosiy qonuniyatlarini hisobga olgan holda (PTi =KiGʻiΔti), issiqlik almashish elementiga (apparat) kirish va undan chiqishdagi issiqlik tashuvchi miqdorining farqi boʻyicha aniqlanishi mumkin:
PTi = WTici(t2ʼ— t1ʼ) yoki PTi =WTirTi ,
bu yerda WTi — isitilayotgan issiqlik tashuvchining sekund sarfi;
rTi — issiqlik tashuvchining bugʻga aylanishidagi solishtirma issiqligi.
1.6. E4” — atrof-muhitdan (qattiq yuza, va havodan suyuqlikka, uning yuzasi boʻyicha) issiqlik berish hisobidan qattiq yuzaga (pol, taglik, yer va shu kabilar) toʻkilgan SF dan hosil boʻladigan BGF yonish energiyasi, kDj:
(11)
bunda (12)
(13)
bu yerda, T0 — qattiq yuzaning (pol, taglik, yer va shu kabilar) harorati, K;
π = 3,14;
(14)
bu yerda
Suyuqlik yuzasidan (bugʻlanish yuzasi) havo oqimining harorati va tezlik taʼsirini oluvchi hisobga oʻlchamsiz koeffitsiyent η — qiymati 2-jadval boʻyicha qabul qilinadi.
2-jadval
Koeffitsiyent η — qiymati
GΣ” taxminiy qiymatini 3-jadval boʻyicha aniqlash mumkin.
3-jadval
BGF massasining τ =180 s da, toʻkilgan suyuqlik qaynash haroratiga bogʻliqligi
Aniq sharoitlar uchun suyuqlik toʻkilgan qattiq yuza maydoni 50 m2 dan (Fp ≠ 50) koʻproq yoki kamroq boʻlganda bugʻlangan suyuqlik massasining qayta hisobi quyidagi formula boʻyicha bajariladi:
(15)
2. Portlash xavfi bor E umumiy energiya potensiallarining qiymati boʻyicha texnologik bloklarning portlash xavfini tavsiflaydigan, keltirilgan massa va nisbiy energiya potensiali oʻlchamlari (kattaliklari) aniqlanadi.
2.1. 46 000 kDj/kg ga teng yagona solishtirma yonish energiyasiga keltirilgan portlash xavfi bor bugʻ-gaz bulutining yonuvchi bugʻi (gazi) umumiy massasi:
(16)
2.2. Texnologik blokning portlash xavfliligining nisbiy energiya potensiali Qv quyidagi formula boʻyicha hisoblash usuli bilan aniqlanadi
(17)
Nisbiy energiya potensiallarining Qv qiymati va bugʻ-gaz muhitining keltirilgan massasi m boʻyicha texnologik bloklarni toifalash amalga oshiriladi.
Toifa koʻrsatkichlari 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Texnologik bloklarning portlash xavfliligi boʻyicha toifa koʻrsatkichlari
3. Ushbu ilovada bayon etilgan asosiy prinsiplarni hisobga olgan holda tipovoy texnologik liniyalar va alohida jarayonlar uchun bloklarning portlash xavfliligining darajasini hisoblash va baholash uslublarini ishlab chiqish mumkin. Uslublar belgilangan tartibda Davlat “Sanoatkontexnazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalariga 2-ILOVA
Portlashda qatnashadigan moddalar massasini va buzilishlar (emirilish) zonasi radiusini hisoblash.
Bugʻ-gaz muhiti, shuningdek portlash hususiyatiga ega qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalarning (peroksid birikmalari, atsetilenidlar, turli sinfdagi nitrobirikmalar, smolalanish mahsulotlari, azot (Sh)-xlorid va boshqalar) portlash taʼsiridan obyekt va xodimlarni himoya qilish boʻyicha texnik tadbirlarning asosiy yoʻnalishlarini tanlashda bu hisoblash qoʻllanishi mumkin.
Hisoblash portlashda qatnashadigan modda massasining taxminiy qiymatini beradi.
1. Ushbu hisoblashda sanoat obyektlarida yirik masshtabli portlashlarni va eksperimental portlashlarni tadqiqoti natijalari boʻyicha quyidagi shartlar va taxminlar qabul qilingan.
1.1. Hisoblashlarda bugʻ-gaz muhitlarining umumiy keltirilgan massalari m va 1-ilovaga muvofiq texnologik bloklarning portlash xavfliligini miqdoriy baholashda olingan ularga mos energetik potensiallari E qabul qilinadi.
Aniq real sharoitlar uchun m va E qiymatlari, ichki va tashqi energiyalar taʼsirida atmosferada yonuvchi suyuqlikning dispersiya effekti, texnologik tizimning ochilish hususiyati, yonuvchi mahsulotning atmosferaga oqib chiqish, tezligi va boshqa boʻlishi mumkin faktorlarni hisobga olgan boshqa usullar bilan aniqlanishi mumkin.
Qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalar massasi Wk texnologik tizim, blok, apparatlarda ularning miqdori boʻyicha aniqlanadi.
1.2. Portlashda qatnashadigan bugʻ-gaz moddalarning massasi quyidagicha aniqlanadi:
mʼ= zm, (1)
bu yerda z — portlashda qatnashayotgan bugʻ-gaz moddalarning keltirilgan massalari ulushi.
Umumiy hollarda, yopiq boʻlmagan fazoda katta massali yonuvchi moddalarga ega tarqoq bugʻ-gaz bulutlar uchun portlashda moddalarning qatnashish ulushi 0,1 ga teng deb qabul qilinishi mumkin. Alohida asoslangan hollarda, moddalarni portlashda qatnashish ulushini pasaytirilishi mumkin, lekin 0,02 dan kam boʻlmagan holda.
Ishlab chiqarish xonalari (binolari) va boshqa yopiq hajmlar uchun z qiymati 5-jadvalga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
5-jadval
Yopiq hajmlar(xonalar) uchun z — qiymati
1.3. Bugʻ-gaz bulutining tarqalishida portlashga olib kelishi mumkin boʻlgan alangalanish manbalari doimiy (pechlar, mashʼalalar, portlashdan himoyalanmagan elektrapparaturalar va shu kabilar) yoki tasodifiy (vaqtinchalik olovga oid ishlar, transport vositalari va shu kabilar) boʻlishi mumkin.
1.4. Portlash taʼsiri darajasini baholash uchun trotil ekvivalenti qoʻllanishi mumkin. Bugʻ-gaz bulutlarini portlashda emirilish darajasi va xususiyatlarining, shuningdek qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalarning oʻxshashlik shartlari bilan belgilanadigan bugʻ-gaz muhiti portlashining trotil ekvivalenti WT (kg) quyidagi formulalar boʻyicha hisoblanadi:
1.4.1. Bugʻ-gaz muhiti uchun
(2)
bu yerda: 0,4 — bevosita zarb toʻlqinini vujudga kelishiga sarf boʻladigan bugʻ-gaz muhitining portlash energiyasining ulushi;
0,9 — bevosita zarb toʻlqinini vujudga kelishiga sarf boʻladigan trinitrotoluola (TNT) portlash energiyasining ulushi;
q'— bugʻ-gaz muhiti yonishining solishtirma issikdigi, kDj/kg;
qT — TNT portlashining solishtirma energiyasi, kDj/kg.
1.4.2. Qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalar uchun
(3)
bu yerda, Wk — qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalar massasi;
qk— qattiq va suyuq kimyoviy beqaror birikmalar portlashining solishtirma energiyasi.
2. Emirilish zonasi boʻlib, R radius bilan aniqlanadigan chegarali maydon hisoblanadi, uning markazi koʻrilayotgan texnologik blok yoki texnologik tizimning germetikligi yoʻqolishining eng koʻp ehtimoli boʻlgan joydir. Har bir zonaning chegarasi zarb toʻlqini fronti boʻyicha ∆R oshiqcha bosimlar qiymati va shunga mos oʻlchamsiz koeffitsiyent K bilan tavsiflanadi. Emirilish zonasi tasnifi 6-jadvalda keltiriladi.
6-jadval
Emirilish zonalarining tasniflari.
2.1. Emirilish zonasi radiusi (m) umumiy koʻrinishda quyidagi ifoda boʻyicha aniqlanadi:
(4)
Bu yerda, K — obyektga portlashning taʼsirini xarakterlaydigan oʻlchamsiz koeffitsiyent.
2.2. Muhandislik hisoblarini bajarishda emirilish zonasi radiusi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
R = KR0 (5)
Bu yerda: m ≤ 5000 kg da
yoki m ≥ 5000 kg da
bu yerda, K — obyektga portlashning taʼsirini xarakterlaydigan oʻlchamsiz koeffitsiyent.
Portlash-yonish xavfi bor kimyo, neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun portlash xavfsizligining umumiy Qoidalariga 3-ILOVA
Terminlar va izohlar.
