Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun tushayotgan mablagʻlardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (104-son)
06.04.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 23-iyundagi PF-4117-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek kreditlarga xizmat koʻrsatishni hisobga olgan holda biometrik pasportlarni ishlab chiqarish boʻyicha xarajatlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlari berganlik uchun davlat boji summasining 45 foizi miqdoridagi mablagʻlar Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushadi;
b) Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari hisob raqamiga tushgan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadli tartibda:
biometrik pasportlar, xorijga chiqish biometrik pasportlar va biometrik harakatlanish hujjatlari bukletlarini sotib olish;
biometrik hujjatlarni personallashtirish jarayonida qoʻllaniladigan va biometrik hujjatlarning ajralmas qismi boʻlgan import sarflash materiallarini sotib olish;
biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilish uchun import uskuna va dasturiy taʼminlash hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini taʼmirlash uchun ehtiyot qismlar sotib olish;
Davlat xizmatlari markazlarining xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish va berish uchun maxsus asbob uskunalar va dasturiy taʼminot bilan jihozlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun foydalaniladi;
xorijiy pudratchilar yoki Oʻzbekiston Respublikasining pudrat tashkilotlari tomonidan uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va biometrik pasport tizimining dasturiy taʼminoti qiymatiga haq toʻlash uchun foydalaniladi;
v) Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining budjetdan tashqari hisob raqamidagi mablagʻlar qoldigʻi kalendar yil oxirida respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-aprel,
104-son
