Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1320-3-son)
28.03.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1320-3]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlarining 6 va 7-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) va 2011-yil 16-fevraldagi 33-son “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 11-fevraldagi 31, 2004-22 va 03-02/8-14-son qarori bilan tasdiqlangan Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1320, 2004-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 110-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
23-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
2011-10-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
01-02/8-3-son
