Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (589-5-son)
29.03.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 589-5]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) qonunlarining 6 va 7-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 155-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) va 2011-yil 16-fevraldagi 33-son “Alkogolli mahsulotlarga va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalari joriy etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 10-dekabrda 04-02-05/809, 98-156-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 6-dekabrda 02/8-42-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 589, 1999-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 2-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
22-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
2011-11-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-mart,
01-02/8-2-son
