Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida (1423-1-son)
05.03.2011
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLASHTIRISH AGENTLIGI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1423-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda) hamda “Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 37-38-son, 279-modda) qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining 2004-yil 12-noyabrdagi 374-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1423, 2004-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil 45-46-son, 480-modda) bilan tasdiqlangan Maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida Internet-provayderlarning tarmoqlararo oʻzaro hamkorligini tartibga solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MUXITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-fevral,
4-Yu-son
