Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (50-son)
28.02.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaxsning barkamol kamol topishiga, oʻsib kelayotgan avlodning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga, oʻquvchilarga mehnatsevarlikni singdirishga, shuningdek ularning boʻsh vaqtdan oqilona foydalanishiga yoʻnaltirilgan maktabdan tashqari ishlar tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining faoliyat koʻrsatayotgan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining sonini va tuzilmasini takomillashtirish hamda uning asosida har bir tuman va shaharda bittadan “Barkamol avlod” bolalar markazini, shuningdek bittadan viloyat bolalar markazini, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa respublika bolalar markazini va Toshkent shahrida — texnik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha uchta respublika bolalar markazlarini — ular tegishli ravishda tumanlar, shaharlar va viloyatlar hokimliklariga boʻysundirilgan holda — hammasi boʻlib 215 ta bolalar markazini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 13-oktabrdagi F-3509-son farmoyishi bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oladigan 2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturi tasdiqlansin:
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish va ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlar 4-ilovaga muvofiq;
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy parametrlari 5-ilovaga muvofiq.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
belgilangan jadvalga muvofiq muddatlarda umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida 78 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi ochilishini taʼminlasinlar, alohida kirish joyi mavjud boʻlishini hamda toʻrttadan oltitagacha toʻgarak xonalarini oʻquv jarayoniga zarar yetkazmasdan zarur asbob-uskunalar va inventar bilan toʻliq jihozlashni nazarda tutsinlar;
toʻgarak mashgʻulotlarini oʻtkazishga asosan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari oʻtilgan mashgʻulotlar hajmiga proporsional ravishda soatbay haq toʻlagan holda shartnoma asosida jalb etilishini tashkil etsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining boʻshab qoladigan xodimlarini ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Belgilansinki, umumtaʼlim maktablari binolarining alohida oʻquv bloklarida tashkil etiladigan “Barkamol avlod” bolalar markazlarida elektr energiyasini hisobga olishning alohida priborlari oʻrnatiladi, qolgan kommunal xarajatlar esa ular tomonidan umumtaʼlim maktablariga moliya organlari bilan kelishuv boʻyicha qoplanadi.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda:
“Barkamol avlod” bolalar markazlari tashkil etiladigan binolar va inshootlarni mukammal taʼmirlash uchun loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini, taʼmirlash ishlarini toʻliq tugallash va obyektlarni belgilangan muddatlarda topshirish shartlari bilan tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
buyurtmachi bilan pudratchilar oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi hamda qurilish normalari va qoidalariga muvofiq taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsinlar.
8. Barkamol avlod” bolalar maktablarida oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan oʻquvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida oʻqiganlik uchun ota-onalar toʻlovidan ozod qilinadi.
Texnik ijodkorlik yoʻnalishidagi toʻgaraklar uchun ota-onalar toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar maktablarida 25 foiz, tuman (shahar) maktablarida 20 foiz etib belgilanishi mumkin.
Agar maktabga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun oʻqiganlik uchun ota-onalardan olinadigan toʻlovlar miqdorining 70 foizi, toʻgarak aʼzosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq toʻgarakka aʼzo boʻlgan taqdirda 60 foizi toʻlanadi.
Ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar:
a) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati uchun zarur boʻlgan xom ashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) va transport vositalarini xarid qilishga;
b) madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish va ularda qatnashish bilan bogʻliq xarajatlarga;
v) toʻgarak rahbarlari va xodimlarni 50 foizgacha ragʻbatlantirishga;
g) oʻquvchilari xalqaro miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov va festivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan toʻgarak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — 20 baravarigacha;
2-oʻrin uchun — 15 baravarigacha;
3-oʻrin uchun — 12 baravarigacha;
d) oʻquvchilari respublika miqyosida oʻtkaziladigan koʻrik-tanlov va festivallarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan toʻgarak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun — 10 baravarigacha;
2-oʻrin uchun — 7 baravarigacha;
3-oʻrin uchun — 5 baravarigacha.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 28-fevral,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga 1-ILOVA
“Barkamol avlod” tuman (shahar) bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
* Toʻgaraklar rahbarlari soni toʻgarak mashgʻulotlari hajmiga qarab belgilanadi.
** Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni normativ boʻyicha belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga 2-ILOVA
“Barkamol avlod” viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasida respublika va Toshkent shahar bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga 3-ILOVA
Uch yoʻnalish — texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya boʻyicha “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarining
NAMUNAVIY SHTAT TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga 4-ILOVA
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” respublika bolalar markazlarini shakllantirish boʻyicha
KOMPLEKS TADBIRLAR
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qaroriga 5-ILOVA
2011 — 2014-yillarda “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy
PARAMETRLARI
Izoh:
* Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 20-maktab va Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi 2-maktab Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 2011-yilning mukammal taʼmirlash dasturiga kiritilgan. “Barkamol avlod” bolalar markazlarini mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlar hajmi binolarning texnik holati boʻyicha nuqsonli dalolatnomalar asosida belgilanadi.
