“Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2095-1-son)
21.02.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2095-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-sonli “Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-fevral,
10-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-fevral,
2011-7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-fevraldagi 10, 2011-7-son qaroriga ILOVA
“Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Nomida va 1-bandida “bazaviy” degan soʻzlar “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) nomida va butun matn boʻyicha “bazaviy” degan soʻzlar “eng kam” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52(I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) va 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 513-modda) qarorlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning (keyingi oʻrinlarda YIT deb ataladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan YITni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
qonun hujjatlariga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovning pasaytirilgan stavkasi belgilangan yuridik shaxslarga;
notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga;
xodimlar soni va Mehnatga haq toʻlash fondining eng kam meʼyorlari belgilangan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va qurilish sohasidagi tashkilotlariga”.
v) 4-bandda “BRyait” degan belgi “MRyait” degan belgi bilan almashtirilsin;
g) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasi YITning eng kam miqdoridan kam boʻlsa, u holda yagona soliq toʻlovi YITning eng kam miqdorining Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqilgan YIT summasidan ortgan qismiga qoʻshimcha hisoblanadi”;
d) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalari boʻyicha soliq hisoboti shaklida, taqdim etiladigan Maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqib, YIT hisob-kitobi shakliga quyidagi satrlar kiritiladi:
“051” — hisobot davri uchun YITning qoʻshimcha hisoblangan summasi. Ushbu satr faqat 3-ustuni boʻyicha toʻldiriladi;
“052” — hisobot davrida toʻlanishi lozim. “052”-satrda YIT hisob-kitobining “050” va “051”-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi”;
e) 1 va 2-ilovalari mazkur oʻzgartirishlarga 1 va 2-ilovalariga muvofiq bayon etilsin.
“Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
* Agar 3-ustunning “060”-satri qiymati 3-ustunning “050”-satri qiymatiga teng yoki undan katta boʻlsa, 3-ustunning “070”-satrida “0” qiymati koʻrsatiladi.
“Yagona ijtimoiy toʻlovning bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
* Agar 3-ustunning “0601”, “0602” va “0603”-satrlari qiymati 3-ustunning tegishincha “0501”, “0502” va “0503”-satrlari qiymatiga teng yoki katta boʻlsa, 3-ustunning “0701”, “0702” va “0703”-satrlarida “0” qiymati koʻrsatiladi.
