“Savdo tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim turdagi isteʼmol tovarlari (un, oʻsimlik yogʻi va qand-shakar)ga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1083-1-son)
23.02.2011
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 23-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1083-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-oktabrdagi 433-son “Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 20-son, 144-modda) 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 1-noyabrdagi 120, 9, 2001-112-son “Savdo tashkilotlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim turdagi isteʼmol tovarlari (un, oʻsimlik yogʻi va qand-shakar)ga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2001-yil 13-noyabr, roʻyxat raqami 1083) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 21-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
13-son
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
39 u-r-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-fevral,
2011-8-son
