Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori) (42-son)
18.02.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-fevral,
42-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻgʻrisidagi nizom 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatining suv taʼminoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-martdagi 79-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga” soʻzlari “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan baʼzi qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari maktab taʼlimi jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 52-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “2004 — 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 9-iyuldagi 321-son qarori 4-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “2005 — 2009-yillarda umumtaʼlim maktablarini mebel, zamonaviy oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va sport anjomlari bilan jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-oktabrdagi 493-son qarori 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 13-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son Qarori)” 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 8-modda) ilovaning 7-bandi.
