Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida (36-son)
17.02.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit boʻyicha boʻlishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 66-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror bilan kiritilayotgan oʻzgartirishlar 2011-yil 1-martdan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-fevral,
36-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fevraldagi 36-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalari kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishini nazorat qilishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 17-dekabrdagi 274-son qaroriga 1-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-banddagi “90” raqami “103” raqami bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “200” raqami “230” raqami bilan almashtirilsin.
