Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (237-II-son) · Sana: 30.12.2010 · Amalda
Qonun loyihalarida (qonunlarda) yuqori yoki teng yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Quyi yuridik kuchga ega boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning ayrim tarkibiy birliklariga havola qilinishiga (masalan, qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq qaroriga havola qilinishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
Alohida hollarda, agar ayrim huquqiy munosabatlar ushbu qonun loyihasi (qonun) bilan tartibga solinmagan boʻlsa va bu huquqiy munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan yoki solinishi zarur boʻlsa, qonun loyihasida (qonunda) quyi yuridik kuchga ega boʻlgan qonun hujjatlariga havolalar qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1745450
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 30. Turli yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga havolalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida (237-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-1745453/30 (lex.uz/docs/-1745450)