Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (1549-1-son)
08.02.2011
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 8-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1549-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-sonlar, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2006-yil 23-yanvardagi 15-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 1549, 2006-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 9-son, 66-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 26-yanvar,
1-son
