Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3276-son)
16.07.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini tashqi iqtisodiy faoliyat va ichki valyuta bozorini erkinlashtirish yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqlashtirish, shuningdek milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar boʻyicha erkin almashtirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-iyul,
PF-3276-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF–3276-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmoni ilovasidagi 13-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
