Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (PF-3274-son)
04.07.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-son Farmonida:
2-bandning birinchi xatboshi oxiridagi “hisoblansin” soʻzidan keyin vergul qoʻyilib, “qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.” degan soʻzlar qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-iyul,
PF-3274-son
