Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-3270-son)
30.06.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida band boʻlgan yuridik shaxslarni soliqqa tortish tizimini yanada soddalashtirish va tartibga solish, tovar aylanishini ragʻbatlantirish hamda budjetga soliqlar tushumi toʻliq yigʻilishini taʼminlash maqsadida:
4. Ulgurji savdo korxonalariga oʻzining firma doʻkonlari orqali naqd pulga mayda ulgurji va chakana savdoni amalga oshirishga nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish va naqd tushumni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish (banklarga topshirish) sharti bilan ruxsat berilsin.
5. “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF-3076-son Farmonining 1 va 2-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
mahkamaviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 30-iyun,
PF-3270-son
