Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazini tashkil etish toʻgʻrisida (11-son)
12.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash ishlarini kuchaytirish, taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalarini kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek talaba yoshlarning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi hamda Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Toshkent shahridagi “Yoshlik” talabalar shaharchasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) aylantirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2-ilovaga* muvofiq tarkibdagi Jamoatchilik kengashi tashkil etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi yordamida bir oy muddatda Markazning ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahar, Talabalar koʻchasi, 70-uyda joylashgan binoning Toshkent davlat texnika universiteti balansidan, shuningdek Toshkent shahridagi “Yoshlik” talabalar shaharchasining qayta tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi mol-mulki Markaz balansiga bepul berilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Markazni zarur ixtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. Belgilansinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari va hadyalari, xoʻjalik faoliyatidan va pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida “Ijtimoiy soha” uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida Markazni saqlash va uning faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ajratsin, 2019-yildan boshlab esa har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan “Maorif” sohasiga ajratiladigan xarajatlar parametrlarida nazarda tutsin.
1 ta yengil xizmat avtomobilini saqlashga limit belgilasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-yanvar,
11-son
