Toʻlov intizomini va oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-1363-son)
24.01.1996
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlarning toʻlov intizomiga rioya qilish uchun javobgarligini oshirish, oʻzaro qarzlarni qisqartirishni taʼminlash maqsadida:
2. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
respublika isteʼmolchilariga mahsulotlarni yetkazib berish hajmining kamida 15 foiziga oldindan haq toʻlangan holdagina yuklab joʻnatsinlar, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli banklarning kafolatlari mavjud boʻlganda, eksportga mahsulot yetkazib berish (xizmat koʻrsatish) yuzasidan kontraktlar tuzsinlar va ularni bajarsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarning kafolati olingani toʻgʻrisida vakolatli bankning tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga chiqarilishiga yoʻl qoʻymasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi 1996-yil 1-fevraldan boshlab buxgalteriya hisobi tizimiga korxona va tashkilotlar balanslarida toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni ajratib koʻrsatish joriy etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-yanvar,
PF-1363-son
