75-modda. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-278-son) · Sana: 04.01.2011 · Amalda
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tegishli yuridik shaxslarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlarining yerlari kiradi. Mazkur yerlarda ularning belgilangan maqsadiga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Moddiy madaniy meros obyektining oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan oʻziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda muhofaza zonalari, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalari, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalar belgilanadi.
Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarni ajratish va ulardan foydalanish, ularga tutash hududlarda muhofaza zonalarini, imoratlar qurishni va xoʻjalik faoliyatini tartibga solish zonalarini, muhofaza etiladigan tabiiy landshaft zonalarni belgilash va ularni muhofaza qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi”;
8) 79-moddaning birinchi qismidagi “alohida muhofaza etiladigan hududlarning yerlari” degan soʻzlar “tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 86-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“suvni muhofaza qilish zonalari, qirgʻoqboʻyi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari, kurort tabiiy hududlar zonalari, davlat biosfera rezervatlari zonalari, davlat qoʻriqxonalari, buyurtma qoʻriqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari, moddiy madaniy meros obyektlari, suv tashlamalari, yoʻllar, truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari atrofida muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda”;
10) 87-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish uchun yer uchastkalari berilganda”.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi 770-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
