Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1-son)
05.01.2011
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 1-ILOVA
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibini belgilaydi.
2. Aholini ish bilan taʼminlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlarini buzganlik deb ataladi) uchun, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tashkilotlar ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
3. “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi va “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari boʻyicha ekspertlari (keyingi oʻrinlarda inspektorlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat huquq inspektorlari (keyingi oʻrinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
5. Inspektorlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
aholini ish bilan taʼminlash, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga tashkilotlar tomonidan rioya etilishini (keyingi oʻrinlarda qonun hujjatlariga rioya etish deb ataladi) belgilangan tartibda tekshirish;
tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni olish;
qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlarning har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni koʻrish;
qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar (keyingi oʻrinlarda koʻrsatma deb ataladi) berish;
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilarning sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq toʻxtatib qoʻyish.
Inspektorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
7. Belgilangan tartibda oʻtkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma qonun buzilishi holatini aniqlagan inspektor, shuningdek tashkilot rahbari (uning vakili), guvohlar va jabrlanganlar (agar shundaylar boʻlsa) tomonidan imzolanadi.
Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda dalolatnomada bu haqda yozuv qayd etiladi. Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va uning mazmun-mohiyati boʻyicha mulohazalarini taqdim etish, shuningdek oʻzining imzolashni rad etishi sabablarini bayon qilish huquqiga ega.
III. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi va (yoki) hayotiga xavf soladigan tashkilotlar faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish tartibi
20. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib qoʻyiladi.
21. Agar tekshirish davomida mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning ishlab chiqarish omillari va (yoki) holatlari aniqlansa, koʻrsatib oʻtilgan holatlar inspektor tomonidan tekshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Tekshirish dalolatnomasi asosida, belgilangan tartibda inspektor tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tashkilot sodir etishi kerak boʻlgan tadbirlar va xatti-harakatlar koʻrsatilgan holda tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni 10 kundan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.
22. Koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda ijro etilishi lozim.
Tashkilot qarorning ijrosi toʻgʻrisida qarorda koʻrsatilgan muddatlarda ushbu Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha inspektorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
23. Qarorning ijro etilishi nazorat tartibida tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma bilan tasdiqlanadi yoxud qonun buzilishi bartaraf etilishi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi, ular tekshirish dalolatnomasiga qoʻshib qoʻyiladi.
24. Inspektorning qarori yuzasidan shikoyat qilinishi tashkilotni ushbu qarorni bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
25. Qonun buzilishi bartaraf etilgandan soʻng inspektor bir kun muddatda ushbu Nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tashkilotning (uning alohida boʻlinmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni qayta boshlashga yozma ruxsat beradi.
26. Tashkilot tomonidan qaror bajarilmagan yoki, agar qarorda koʻrsatilgan muddatda qonun buzilishi bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilmagan yoki nazorat tartibidagi tekshirishda qonun buzilishi bartaraf etilmaganligi aniqlangan taqdirda mehnat organi mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sogʻligʻi yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida boʻlinmalari) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
27. Qaror yuzasidan yuqori mehnat organiga yoki iqtisodiy sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
IV. Yakunlovchi qoidalar
28. Inspektorning qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning oʻz xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Izoh. Tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi tashkilotga beriladi, ikkinchi nusxasi mehnat boʻyicha (bosh) davlat texnik inspektorida qoladi.
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2a-ILOVA
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini toʻxtatib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2b-ILOVA
(2b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
