13-modda. Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish
Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida (O‘RQ-276-son) · Sana: 27.12.2010 · Amalda
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash joyning gidrogeologik tavsiflari, relyefi xususiyatlari, tuprogʻi tarkibi, atrof tabiiy muhitga tushadigan ekologik yukning yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori chegarasi hisobga olingan holda shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarini barpo etish qoidalariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi hamda u dafn etish joyining nomuayyan uzoq muddat mavjud boʻlishini taʼminlashi kerak.
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Dafn etish joyini tashkil etish uchun yer uchastkasining oʻlchami muayyan aholi punktida yashovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanadi.
Dafn etish uchun beriladigan joyning oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
