7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-273-son) · Sana: 24.12.2010 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan koʻtarilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchamidan katta boʻlmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligidan past boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari koʻtarilganda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil oʻlchamga ega boʻlishi kerak”;
7) 8-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Koʻtarib qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda boʻlishi kerak”;
8) 9-moddaning ikkinchi qismidagi “Bayroq” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 10-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
10) 11 va 12-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
