“3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-273-son) · Sana: 24.12.2010 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish chogʻida — u qasamyod qabul qilganidan soʻng;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi sessiyalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chogʻida;
3) Oʻzbekiston Respublikasida nishonlanadigan umummilliy bayramlarga bagʻishlangan tantanali yigʻilishlar va majlislarning ochilishi chogʻida;
4) davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — koʻrsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan soʻng, koʻrsatuv va eshittirishlar kechayu kunduz olib borilganida esa soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kechasida — soat 24 da;
5) respublika hayotidagi muhim tarixiy voqealarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va sanʼat arboblari sharafiga oʻrnatilgan haykallar, shuningdek monumentlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chogʻida;
6) davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini koʻtarish chogʻida;
7) rasmiy safar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chogʻida — tegishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib boʻlinganidan keyin;
8) harbiy marosimlarni oʻtkazish vaqtida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
9) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida — yangi oʻquv yili boshlanishi va oʻquv yili tugashi marosimlari chogʻida;
10) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida ijro etiladi”;
2) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
