5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (160-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
b) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
e) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining hujjatlari;
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
