16-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (160-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qoʻllanilish tajribasini oʻrganadi va hisobga oladi, huquqiy tartibga solishga boʻlgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi;
boshqa davlatlardagi qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladi.
Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.
