12-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida (160-II-son) · Sana: 14.12.2000 · Amalda
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining tarmoq boʻlinmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
