4-modda. Rieltorlik tashkiloti
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan tijorat tashkilotidir.
Rieltorlik tashkiloti qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga (bundan buyon matnda malaka sertifikati deb yuritiladi) ega boʻlgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan rieltorlik tashkilotining rahbari boʻlishi kerak.
Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega emas.
Rieltorlik tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Rieltorlik tashkiloti oʻz faoliyatini oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish polisi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiradi.
