23-modda. Uchinchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish
Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-269-son) · Sana: 22.12.2010 · Amalda
Rieltorlik tashkiloti yoki rieltor va buyurtmachi bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga nisbatan huquqqa ega boʻlgan shaxslarning roziligisiz rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasini tuzishga haqli emas.
Agar rieltorlik xizmatlari koʻrsatish shartnomasini bajarish davomida yoki natijasida uchinchi shaxslarga mulkiy va (yoki) maʼnaviy ziyon yetkazilgan boʻlsa, rieltorlik tashkiloti yoki rieltor va buyurtmachi qonunchilikda belgilangan tartibda ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi hamda maʼnaviy ziyon uchun kompensatsiya toʻlaydi.
Bitim predmeti boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlari buzilgan shaxslar, shu jumladan voyaga yetmaganlarning manfaatlarini koʻzlab harakat qiluvchi qonuniy vakillari sudga murojaat etishga haqli.
