2011-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida (2164-son)
16.12.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 16-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2164]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 219-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 7-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2011-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 165-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
*1—165-ilovalari berilmaydi.
2. Mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan davlat statistika hisobotlarining yillik shakllari — 2010-yil uchun hisobotdan boshlab, joriy hisobot shakllari — 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2009-yil 16-noyabrdagi 4-sonli “2010-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2055, 2009-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 549-modda) 2011-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Rais B. TOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 15-noyabr,
1mb-son
