Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditidan foydalangan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-318-son)
04.04.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditidan foydalangan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” investitsiya loyihasining samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Belgiya Qirolligi oʻrtasida 2003-yil 12-dekabrdagi Hukumatlararo bitimga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga multimedia jihozlarini oʻrnatish va ularni dasturlar bilan taʼminlashni nazarda tutgan holda “Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” investitsiya loyihasining (keyingi oʻrinlarda loyiha deb yuritiladi) birinchi bosqichini amalga oshirish uchun oʻn yillik imtiyozli davrni qoʻshib hisoblaganda, 30 yil muddatga uzish sharti bilan 4 mln.yevro miqdorida foizsiz kredit berilganligi;
loyihani amalga oshirishning ikkinchi bosqichida Belgiya Qirolligi Hukumati tomonidan yana 4 mln. yevro miqdorida foizsiz kredit berilishi;
Belgiya Qirolligi Vazirlar Kengashining qaroriga muvofiq, xarid qilinadigan uskunalarni yetkazib berish “Televik” (Belgiya) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi foizsiz kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditiga hisob-kitob xizmati koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
asosiy qarzni qaytarish va kreditni oʻzlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Loyiha birinchi bosqichining asosiy texnikaviy-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditini qaytarish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga loyihani oʻz vaqtida amalga oshirish, multimedia jihozlari va dasturiy vositalardan maqsadli hamda samarali foydalanish, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilar va oʻquv-yordamchi xodimlari tarkibi ichidan ularni qoʻllash boʻyicha mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish masʼuliyati yuklansin.
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda multimedia jihozlari va uning dasturiy vositalaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirkor kompleksini tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish boʻyicha uch tomonlama agentlik bitimini imzolasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobiga import qilinadigan uskunalarni deklaratsiya qilish, bojxona omborida saqlash, sertifikatlashtirish, yetkazib beriladigan multimedia jihozlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar toʻlash, shuningdek, ularni respublika hududi boʻylab tashish xarajatlarini qoplaydigan zarur mablagʻlarning Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga ajratilishini nazarda tutsin.
7. Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobiga olib kelinadigan uskunalar va ularga doir butlovchi hamda dasturiy taʼminlash vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy qatnashchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi;
loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislar, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining talabnomalariga koʻra, vizalar hamda vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyishni rasmiylashtirishda konsullik yigʻimlari va davlat bojlar toʻlashdan ozod etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 4-aprel,
PQ-318-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-apreldagi PQ-318-son qaroriga 1-ILOVA
“Kichik biznes uchun kadrlar tayyorlashda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyiha birinchi bosqichining asosiy texnikaviy-iqtisodiy parametrlari
ming yevro T/r Koʻrsatkichlar Jami Moliyalashtirish manbalari Belgiya Hukumatining krediti Oʻzbekiston Respublikasi budjet mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati — jami: 4076,2* 4000,0 76,2 shu jumladan: 1.1 Valyutadagi kredit xarajatlar — jami 4000,0 4000,0 shulardan: jihozlar, ehtiyot qismlar va dasturiy taʼminotni xarid qilish uchun 3583,52 3583,52 jihozlarni montaj qilish va mutaxassislarni oʻqitish uchun 398,52 398,52 koʻzda tutilmagan xarajatlar uchun 17,96 17,96 1.2 Milliy valyutadagi xarajatlar — jami 76,2 76,2 shulardan, moliyaviy xarajatlar 76,2 76,2 2. Loyihaning quvvati 14 ta akademik litseylar va 40 ta kasb-hunar kollejlarini jihozlar 3. Amalga oshirish muddati 2006-2007 yy. 4. Yaratilayotgan asosiy fondlarning qiymati 3583,52 5. Kreditni berish muddati 30 yil (10 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda )
* Kontraktlarning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 4-apreldagi PQ-318-son qaroriga 2-ILOVA
Belgiya Qirolligi Hukumatining foizsiz kreditni qaytarish
JADVALI
Kredit shartlari* Kredit miqdori — 4 mln. yevro Kreditni qaytarish muddati — 30 yil Imtiyozli davr — 10 yil Foiz stavkasi — yillik 0 % Toʻlov sanasi Asosiy qarzni toʻlash miqdori Foiz toʻlovi Jami toʻlov 31-dekabr 2006 - - - 31-dekabr 2007 - - - 31-dekabr 2008 - - - 31-dekabr 2009 - - - 31-dekabr 2010 - - - 31-dekabr 2011 - - - 31-dekabr 2012 - - - 31-dekabr 2013 - - - 31-dekabr 2014 - - - 31-dekabr 2015 - - - 31-dekabr 2016 200 - 200 31-dekabr 2017 200 - 200 31-dekabr 2018 200 - 200 31-dekabr 2019 200 - 200 31-dekabr 2020 200 - 200 31-dekabr 2021 200 - 200 31-dekabr 2022 200 - 200 31-dekabr 2023 200 - 200 31-dekabr 2024 200 - 200 31-dekabr 2025 200 - 200 31-dekabr 2026 200 - 200 31-dekabr 2027 200 - 200 31-dekabr 2028 200 - 200 31-dekabr 2029 200 - 200 31-dekabr 2030 200 - 200 31-dekabr 2031 200 - 200 31-dekabr 2032 200 - 200 31-dekabr 2033 200 - 200 31-dekabr 2034 200 200 31-dekabr 2035 200 200 4000 4000
* Asosiy qarzni uzishning yakuniy sanasi kredit mablagʻlarini oʻzlashtirishning haqiqiy sanalari boʻyicha aniqlashtiriladi.
