Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida (2163-son)
13.12.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 13-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2163]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 569-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.
2. Mazkur qaror 2011-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-dekabr,
103-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-dekabr,
2010-49-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 6-dekabrdagi 103, 2010-49-son qaroriga ILOVA
Alkogolli mahsulotlar* uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar
* Pivodan tashqari.
