“Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-312-son)
27.03.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Koreya Respublikasi Hukumati Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi (EDCF)ning imtiyozli kreditini jalb etish hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida:
1. Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 30,0 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda, oʻn yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 30 yil muddatga 1(bir) foiz yillik stavka boʻyicha koreys vonidan kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi EDCF krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki EDCF kreditiga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.
kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, komissiyalar, foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Loyihani moliyalashtirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Koreya Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida EDCF kreditini berish toʻgʻrisidagi Bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasining Eksport-import banki oʻrtasida krediti bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banki bilan Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan foydalanish, xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish boʻyicha Agentlik bitimini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Eksport-import banki oʻrtasidagi kredit bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda mazkur kredit bitimi doirasida, oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida tuziladigan import shartnomalari boʻyicha xulosalar berilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha zarur hujjatlar va iqtisodiy asoslarni, jumladan uskunalar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatishga tender hujjatlarini kelishib olishga belgilangan tartibda taqdim etsin;
bir oy muddatda Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish va unga loyihani amalga oshirish, jumladan kredit mablagʻlaridan hukumatlararo bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish vazifalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek, maktablarga asbob-uskunalar oʻrnatishga va ulardan avaylab foydalanishga oʻz vaqtida tayyorlanishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga mazkur loyihaning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hissasini ulushli moliyalashtirish uchun 2007 — 2009-yillarda Xalq taʼlimi vazirligiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
11. Loyihani amalga oshirish davrida:
EDCF krediti mablagʻlari hisobidan tender asosida sotib olinadigan asbob-uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);
Koreya Respublikasi Hukumati krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banklari va boshqa xorijiy ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbalaridan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish-chiqish vizalarini loyiha amalga oshiriladigan davr mobaynida konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning vaqtincha roʻyxatda turishi davlat bojlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-mart,
PQ-312-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini moliyalashtirish
SXEMASI
ming AQSh dollari T/r Komponentlar nomi Umumiy miqdor Shu jumladan: EDCF krediti mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi ulushi I. Loyihaning umumiy qiymati 37 502,03 30 000,0 7 502,03* shu jumladan: 1. Kompyuter sinflarga ega boʻlish 23 715,56 23 335,56 380,0 2. Multimedia taʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini jihozlash 1 570,52 1 570,52 3. E-portalni ishlab chiqish 1 143,77 1 143,77 4. Ekspertlar faoliyati 924,39 924,39 5. Koreyada oʻqituvchilar, ishlab chiquvchilar va administratorlarni oʻqitish 798,75 798,75 6. Jihozlarni xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha maslahat xizmatlari 703,3 703,3 7. 2 yil mobaynida 1 518 ta maktablar oʻrtasida yagona kompyuter tarmoqlarini shakllantirish 1 040,25 1 040,25 8. Maxsus kompyuter jihozlarini sotib olish 1 758,4 1 758,4 9. Kompyuter sinflarni texnik tayyorlash 1 373,84 1 373,84 10. Oʻqituvchilarni kompyuter texnologiyalari orqali foydalanish va oʻqitish koʻnikmalariga tayyorlash va oʻqitish 2 100,0 2 100,0 11. Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xarajatlari 418,24 418,24 12. Multimedia taʼlim dasturlarini rivojlantirish markazining operatsion xarajatlari 431,30 431,3 13. Xizmat boʻyicha komissiya (olingan har bir miqdordan 0,1 foiz) 30,0 30,0 14. Koʻzda tutilmagan xarajatlar 1 493,71 1 493,71 II. Loyiha bilan qamrab olinadigan maktablar soni 1 518 ta maktab III. Yetkazib beriladigan kompyuterlarning umumiy soni 22 770 ta
Izoh: * Hisob-kitob qiymati 2007 — 2009-yillarda maktablarning manzilli roʻyxatini shakllantirish natijalariga koʻra belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash
JADVALI
Kredit summasi — 30,0 mln AQSh dollari ekvivalentida Kreditni qaytarish muddati — 30 yil Imtiyozli davr — 10 yil Foiz stavkasi — yillik 1,0 foiz Xizmat uchun komissiya — kredit boʻyicha tanlab olish miqdoridan 0,1foiz * ming AQSh dollari ekvivalentida Toʻlov sanasi Asosiy qarzni toʻlash summasi **Foizlarni toʻlash summasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa 20-fevral 2007-yil - 20-avgust 2007-yil - 22 315 22 315 20-fevral 2008-yil - 45 370 45 370 20-avgust 2008-yil - 74 795 74 795 20-fevral 2009-yil - 105 863 105 863 20-avgust 2009-yil - 126 452 126 452 20-fevral 2010-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2010-yil - 148 767 148 767 20-fevral 2011-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2011-yil - 148 767 148 767 20-fevral 2012-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2012-yil - 149 589 149 589 20-fevral 2013-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2013-yil - 148 767 148 767 20-fevral 2014-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2014-yil - 148 767 148 767 20-fevral 2015-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2015-yil - 148 767 148 767 20-fevral 2016-yil - 151 233 151 233 20-avgust 2016-yil 750 000 149 589 899 589 20-fevral 2017-yil 750 000 147 452 897 452 20-avgust 2017-yil 750 000 141 329 891 329 20-fevral 2018-yil 750 000 139 890 889 890 20-avgust 2018-yil 750 000 133 890 883 890 20-fevral 2019-yil 750 000 132 329 882 329 20-avgust 2019-yil 750 000 126 452 876 452 20-fevral 2020-yil 750 000 124 767 874 767 20-avgust 2020-yil 750 000 119 671 869 671 20-fevral 2021-yil 750 000 117 205 867 205 20-avgust 2021-yil 750 000 111 575 861 575 20-fevral 2022-yil 750 000 109 644 859 644 20-avgust 2022-yil 750 000 104 137 854 137 20-fevral 2023-yil 750 000 102 082 852 082 20-avgust 2023-yil 750 000 96 699 846 699 20-fevral 2024-yil 750 000 94 521 844 521 20-avgust 2024-yil 750 000 89 753 839 753 20-fevral 2025-yil 750 000 86 959 836 959 20-avgust 2025-yil 750 000 81 822 831 822 20-fevral 2026-yil 750 000 79 397 829 397 20-avgust 2026-yil 750 000 74 384 824 384 20-fevral 2027-yil 750 000 71 836 821 836 20-avgust 2027-yil 750 000 66 945 816 945 20-fevral 2028-yil 750 000 64 274 814 274 20-avgust 2028-yil 750 000 59 836 809 836 20-fevral 2029-yil 750 000 56 712 806 712 20-avgust 2029-yil 750 000 52 068 802 068 20-fevral 2030-yil 750 000 49 151 799 151 20-avgust 2030-yil 750 000 44 630 794 630 20-fevral 2031-yil 750 000 41 589 791 589 20-avgust 2031-yil 750 000 37 192 787 192 20-fevral 2032-yil 750 000 34 027 784 027 20-avgust 2032-yil 750 000 29 918 779 918 20-fevral 2033-yil 750 000 26 466 776 466 20-avgust 2033-yil 750 000 22 315 772 315 20-fevral 2034-yil 750 000 18 904 768 904 20-avgust 2034-yil 750 000 14 877 764 877 20-fevral 2035-yil 750 000 11 342 761 342 20-avgust 2035-yil 750 000 7 438 757 438 20-fevral 2036-yil 750 000 3 781 753 781 Jami: 30 000 000 5 403 698 35 403 698
Izoh: * Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish davrida kredit summasi hisobidan toʻlab beriladi.
** Foizlarni toʻlash summasi kreditni oʻzlashtirishning amaldagi sanalarga qarab aniqlanadi.
