Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1279-2-son)
04.12.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1279-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 244-son “Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 382-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining 2003-yil 27-sentabrdagi 05-20-401, 14 va 01/23-55-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 1279, 2003-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
18-son
Iqtisodiyot vaziri R. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-dekabr,
107-son
