Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1112-1-son)
06.12.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI RESPUBLIKA “MAHALLA” JAMGʻARMASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ BANKINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1112-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi va Xalq banki qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi, Xalq bankining 2002-yil 8-fevraldagi 11/501, 32, 16 va 8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1112, 2002-yil, 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 5-son) bilan tasdiqlangan “Ishlamayotgan onalarga bolani ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha har oylik nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-noyabr,
189-QQ-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-noyabr,
96-son
Respublika “Mahalla” jamgʻarmasi boshqaruvi raisi A. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-noyabr,
233-son
Xalq banki boshqaruvi raisi N. NAZAROV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-noyabr,
08-10/360-son
