Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1746-1-son)
19.11.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1746-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 164-modda) va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2007-yil 17-oktabrdagi 93-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1746, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 495-modda) bilan tasdiqlangan “Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalari”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-noyabr,
94-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 4-noyabrdagi 94-son buyrugʻiga ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻining unikal raqami yigirma yetti razryaddan iborat boʻlib:
shulardan:
1 — 6 gacha razryadlar — tasdiqlangan mablagʻlarning manbalari va budjet darajasi Tasnifiga muvofiq mablagʻlarning manbalar kodi va budjet darajasi;
7 — 9 gacha razryadlar — tasdiqlangan valyutalar klassifikatoriga muvofiq valyuta kodi;
10 — 14 gacha razryadlar — tasdiqlangan hududlar Tasnifiga muvofiq hududiy tegishlilik kodi;
15 — 24 gacha razryadlar — Budjetdan mablagʻ oluvchilar boʻyicha budjet tasnifining tegishli koʻrsatkichlari kodlari, bunda:
15 — 21 gacha razryadlar — Xarajatlarning vazifa jihatdan tasnifining tegishli kodi;
22 — 24 gacha razryadlar — Tashkiliy tasnifning tegishli kodi;
25 — 27 gacha razryadlar — budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraq raqami kodi.
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning 3 razryaddan tashkil topgan shaxsiy hisobvaragʻining shaxsiy raqami avtomatik tarzda Davlat budjeti gʻazna ijrosi boʻyicha dasturiy majmuasi orqali beriladi va alohida har bir budjet boʻyicha tegishli gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan 001 dan 999 gacha raqamlardan foydalangan holda, budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnalida qayd qilinadi.
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish Jurnali gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bir vaqtning oʻzida qogʻoz va elektron tarzda yuritiladi.”.
2. 18-bandda “6 — 10” raqamlari “6, 7” raqamlari bilan almashtirilsin.
3. 1—3 va 5—7-ilovalar mazkur oʻzgartirishlarga 1—6-ilovalaridagi tahrirga muvofiq bayon qilinsin.
4. 8—10-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 1-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini roʻyxatga olish
JURNALI
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 2-ILOVA
Izoh:
1. Ushbu ariza shakli, shuningdek, yuqori turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan quyi budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy hisobvaraq ochish uchun toʻldiriladi;
2. * Tashkilotning (yuqori turuvchi yoki quyi budjetdan mablagʻ oluvchining) boʻysunish darajasining turi koʻrsatiladi.
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 3-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 4-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 5-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 5-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 6-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 6-ILOVA
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlinmalarida yuritish qoidalariga 7-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 437-modda)
