“Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1502-1-son)
15.11.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1502-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 2-avgustdagi 70, 2005-46 va 61-son qarori (roʻyxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan tasdiqlangan “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-sentabr,
82-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-sentabr,
2010-40-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 30-sentabr,
101-son
