Oliy taʼlim toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1222-1-son)
12.11.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1222-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 29-son, 332-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2003-yil 9-yanvardagi 9-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga (davlat roʻyxati 1222, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar toʻplami, 2003-y., 4-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Vazir B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
406-son
