Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (PF-3194-son)
15.01.2003
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga oʻzgartirishlar kiritilsin:
1. “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
2-bandidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb oʻzgartirilsin;
ilovaning 3-bandidagi “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari olib tashlansin, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” soʻzlari esa “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” deb oʻzgartirilsin;
ilovaning 4-bandidagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida” va “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining” deb oʻzgartirilsin.
7. “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-fevraldagi PF–1930-son Farmoni 1 va 3-bandlaridagi, 5-bandining uchinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” soʻzlari tegishli ravishda “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida”, “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” deb oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 15-yanvar,
PF-3194-son
