Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (247-son)
08.11.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tuman, shahar ichki ishlar boʻlim (boshqarma)lari boshliqlari hamda shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiya xodimlari uchun ular xizmat oʻtayotgan hududlarda qulay yashash sharoitlari yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatida:
a) 16-band “organlarining” soʻzidan keyin “tuman, shahar ichki ishlar boʻlim (boshqarma) lari boshliqlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 17-band “organlarining” soʻzidan keyin “shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiya xodimlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 8-noyabr,
247-son
