Italiya Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (266-son)
23.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida kelishilgan ahdlashuvlar toʻliq koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Tadbirlar rejasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari Tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni har chorakda Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-dekabr,
266-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-dekabrdagi 266-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Italiya Respublikasi oʻrtasida yaqin istiqboldagi hamkorlikni yanada rivojlantirish tadbirlari rejasi
