Ispaniya Qirolligi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (265-son)
23.12.2006
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha yaqin istiqbolga moʻljallangan tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar va idoralarning yuqorida koʻrsatib oʻtilgan tadbirlar rejasini bajarish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari tadbirlar rejasida nazarda tutilgan bandlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar, ularning bajarilishi toʻgʻrisida Tashqi ishlar vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi apparatiga har chorakda axborot taqdim etsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-dekabr,
265-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-dekabrdagi 265-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha yaqin istiqbolga moʻljallangan tadbirlar rejasi
