Ishlab chiqarishda nogironlar mehnatidan foydalanilganda ish joylarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (839-1-son)
29.10.2010
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 839-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1999-yil 5-noyabrda (roʻyxat raqami 839, 1999-yil 18-noyabr) tasdiqlangan Ishlab chiqarishda nogironlar mehnatidan foydalanuvchi ish joylarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-oktabr,
174-son
