Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida Sirdaryoning suvni muhofaza qilish zonasini va sohilboʻyi mintaqasini belgilash toʻgʻrisida (29-son)
09.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-sonli qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Sirdaryo daryosining suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hududlarida Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining mos ravishda 50 054 ga va 10 206,3 gektar umumiy yer maydonini tumanlar kesimida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilariga biriktirilishi 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
uch oylik muddat ichida suvni muhofaza qilish zonasida joylashgan ekologik potensial xavfli obyektlarni inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
2012-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan ekologik xavfli obyektlarni hamda sohilboʻyi mintaqa zonasidan barcha obyektlarni (suv xoʻjaligi obyektlaridan tashqari) olib tashlash reja-jadvallarini 2 va 3-ilovalarga muvofiq ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmon plantatsiyalarini yaratish uchun suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini ajratish imkoniyatlarini koʻrib chiqsin;
yangi qabristonlar tashkil etish uchun Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasidan tashqari yangi yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratsin;
Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasi yerlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi Nizom talablariga muvofiq foydalanishni taʼminlasin.
Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasida joylashgan qabristonlarda yangi dafnlar taqiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 9-fevral,
29-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-fevraldagi 29-son qaroriga 1-ILOVA
Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hududlarida Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining
UMUMIY YER MAYDONI
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-fevraldagi 29-son qaroriga 2-ILOVA
Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlardan oqib oʻtuvchi Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasida joylashgan olib tashlanadigan ekologik xavfli obyektlar
ROʻYXATI
Eslatma. * Olib tashlashga taalluqli emas.
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-fevraldagi 29-son qaroriga 3-ILOVA
Sirdaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining yer maydonida joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer uchastkalari
UMUMIY MAYDONI
* Sirdaryo daryosining sohilboʻyi mintaqa zonasidan olib tashlanmaydigan suv xoʻjaligi inshootlari egallagan qirgʻoq boʻyidagi yerlar.
