Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida Amudaryo daryosining suvini muhofaza qilish zonasini va sohilboʻyi mintaqasini belgilash toʻgʻrisida (27-son)
07.02.2007
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Amudaryo daryosining suv resurslarini ifloslanishdan muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarida Amudaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining mos ravishda 50 054 ga va 10 206,3 gektar umumiy yer maydonini tumanlar kesimida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilariga biriktirilishi 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
uch oylik muddat ichida suvni muhofaza qilish zonasida joylashgan ekologik potensial xavfli obyektlarni inventarizatsiyadan oʻtkazsin;
2012-yilgacha suvni muhofaza qilish zonasidan ekologik xavfli obyektlarni hamda sohilboʻyi mintaqa zonasidan barcha obyektlarni (suv xoʻjaligi va chegara obyektlaridan tashqari) olib tashlash reja-jadvallarini 2 va 3-ilovalarga muvofiq ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oʻrmon plantatsiyalarini yaratish uchun suvni muhofaza qilish zonasi yerlarini ajratish imkoniyatlarini koʻrib chiqsin;
Amudaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasi yerlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishda ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqidagi Nizom talablariga muvofiq foydalanishni taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-fevral,
27-son
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-fevraldagi 27-son qaroriga 1-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hududlarida Amudaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining
UMUMIY YER MAYDONI
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-fevraldagi 27-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan oqib oʻtuvchi Amudaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasida joylashgan olib tashlanadigan ekologik xavfli obyektlar
ROʻYXATI
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-fevraldagi 27-son qaroriga 3-ILOVA
Amudaryo daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va sohilboʻyi mintaqasining yer maydonida joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer uchastkalari
UMUMIY MAYDONI
* Amudaryo daryosining sohilboʻyi mintaqa zonasidan olib tashlanmaydigan suv xoʻjaligi inshootlari egallagan qirgʻoq boʻyidagi yerlar.
** Amudaryo daryosining sohilboʻyi mintaqa zonasidan olib tashlanmaydigan Chegara hududi (Pogranichnaya polosa) yerlari.
