Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (PQ-1430-son)
05.11.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati (Sh.H. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-noyabr,
PQ-1430-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son qarori bilan tasdiqlangan Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “baholovchilar” soʻzi “baholovchi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
