Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida (162-son)
16.05.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Voyaga etmaganlar va yoshlar oʻrtasida tashkiliy-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarda ijobiy dunyoqarashni shakllantirish, ularning hayotga moslashuvini taʼminlash va Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini hamda Ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2002-2003-yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2 ilova berilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan yopiq turdagi taʼlim muassasalarining faoliyatini oʻrganib, ularni rivojlantirish boʻyicha ikki oy muddatda asoslangan takliflar kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov va Ichki ishlar vaziri Z. Almatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 16-may,
162-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 16-maydagi 162-son qaroriga 1-ILOVA
Militsiya tayanch punktlari infratuzilmasini va ijtimoiy koʻnikma markazlarining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 2002-2003-yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi
