Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish maxsus ishchi guruhini tashkil etish toʻgʻrisida (89-son)
24.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining Toshkent viloyati chigirtkalarga qarshi kurashish xizmati tarkibida Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchi maxsus guruh tuzish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ushbu guruhning respublikada chigirtkalarga qarshi kurashish xizmatlari uchun ajratilgan umumiy shtatlar sonidan oshmagan holda 6 shtat birligidan iborat etib tuzilishi inobatga olinsin.
2. Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi maxsus guruhning ish faoliyatini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq texnika vositalarini sotib olishni taʼminlasin.
Ilovada koʻrsatilgan texnika vositalari belgilangan tartibda tender yoki tanlov oʻtkazish yoʻli bilan, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlagan holda sotib olinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida qayd etilgan maxsus guruh taʼminotini va texnika vositalari sotib olishni moliyalashtirishni Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi uchun 2005-yil budjetida nazarda tutilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobiga taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-mart,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-martdagi 89-sonli qaroriga ILOVA
Maxsus guruh faoliyatini amalga oshirish uchun sotib olinadigan texnika vositalari roʻyxati
