Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida (1489-1-son)
21.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1489-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 562-modda) hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlariga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 24-maydagi № № 99 va 44 son, Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1489, 2005-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 27-son, 196-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-sentabr,
169-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-sentabr,
79-son
