Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 12-fevraldagi 77-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi pf-1988-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari oʻz kuchini yoʻqotganligi va oʻzgartirish kiritish haqida”gi farmoni asosida davlat soliq qoʻmitasi bosh bojxona boshqarmasining 1997-yil 20-iyundagi 110-sonli buyrugʻini bekor qilish haqida”gi buyrugʻini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (651-1-son)
18.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 651-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 14-15-son, 98-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 29-son, 335-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 1999-yil 12-fevraldagi 77-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari oʻz kuchini yoʻqotganligi va oʻzgartirish kiritish haqida”gi Farmoni asosida Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining 1997-yil 20-iyundagi 110-sonli buyrugʻini bekor qilish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 651, 1999-yil 26-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 3-son, 40-42-bet) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Rais S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-sentabr,
01-02/8-20-son
