Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida (471-3-son)
14.10.2010
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 471-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 1998-yil 1-iyulda 36, 98-93, NT-4-13/620-son bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma (1998-yil 10-avgust, roʻyxat raqami 471);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Fan va texnika davlat qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 3-fevralda EG/04-01-02/55, 99-111, NT-04-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 10-avgustda 471-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat mulki obyektlaridan foydalanganliklari uchun daromad (foyda) soligʻidan ozod qilish va daromad (foyda) soligʻi miqdorini aniqlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga 1-son oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar (2000-yil 23-fevral, roʻyxat raqami 471-1) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 4-son);
